"Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyasi 2024-yil to'plami taqdimoti 2024-yil 21-dekabr kuni Turkiston san'at saroyida
"Science and innovation awards" tadbiri doirasida bo'lib o'tdi.
Tadbirga 900ga yaqin mehmonlar, jumladan akademiklar, olimlar, rektorlar, turli tashkilotlar rahbarlari va o'z sohasida muvaffaqiyatga erishib kelayotgan insonlar tashrif buyurdi.
Tadbir UzReportTV telekanalida jonli efirga uzatildi va ko'plab telekanallarda yoritildi.
Tadbirda taniqli san'atkorlar ijrosida kuy-qo'shiqlar tinglandi.
"Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyasi 2023-yil to'plami taqdimoti 2023-yil 23-dekabr kuni Turkiston san'at saroyida
"Olimlar bayrami 2023" tadbiri doirasida bo'lib o'tdi.
Tadbirga 900ga yaqin taniqli olimlar, turli tashkilotlar rahbarlari va o'z sohasida muvaffaqiyatga erishib kelayotgan insonlar tashrif buyurdi.
Tadbir UzReportTV telekanalida jonli efirga uzatildi va ko'plab OAVda yoritildi.
Shuningdek, tadbir doirasida "Yil olimi" va "Yilning eng yaxshi ilmiy muassasasi" nominatsiyalari bo'yicha taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi.
130 million pul mukofoti tanlov g'oliblariga topshirildi. Shuningdek, tadbirda taniqli san'atkorlar ijrosida kuy-qo'shiqlar tinglandi.
"Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyasi 2022-yil to'plami taqdimoti 2022-yil 20-dekabr kuni O'zbekiston Milliy akademik drama teatrida
"Olimlar bayrami" tadbiri doirasida bo'lib o'tdi.
Tadbirga 400 dan ortiq taniqli olimlar, turli tashkilotlar rahbarlari va o'z sohasida muvaffaqiyatga erishib kelayotgan insonlar tashrif buyurdi.
Tadbir 3 ta telekanalda va ko'plab internet nashrlarda yoritildi.