"Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyasi 2024-yil to'plami taqdimoti 2024-yil 21-dekabr kuni Turkiston san'at saroyida
"Science and innovation awards" tadbiri doirasida bo'lib o'tdi.
Tadbirga 900ga yaqin mehmonlar, jumladan akademiklar, olimlar, rektorlar, turli tashkilotlar rahbarlari va o'z sohasida muvaffaqiyatga erishib kelayotgan insonlar tashrif buyurdi.
Tadbir UzReportTV telekanalida jonli efirga uzatildi va ko'plab telekanallarda yoritildi.
Tadbirda taniqli san'atkorlar ijrosida kuy-qo'shiqlar tinglandi.