Toʻgʻonboyeva Xadichabonu Tursunali qizi 2002-yil 18-noyabrda Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2008-2013-yillarda Farg‘ona viloyati Furqat tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2013-2019-yillar Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 65-IDUMI da tahsil oladi.
2020-yildan buyon Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Fizika-matematika fakulteti talabasi.
Iqtidorli yoshlarni birlashtirib kelayotgan “Hilol” nomli ijodiy to‘plamning II va III sonlaridan o‘z muallifligiga tegishli ijodiy ishlari bilan o‘rin egallagan. O‘zbekiston 2022-2023-yillar “Turkcenin Dunyadaki O‘zbek Sasi” III son turkiya antologiyasidan O‘zbekiston buyuk yozuvchisi Said Ahmad hayotiga bag‘ishlangan “Said Ahmad ijodiy kundaligi” nomli maqolasi bilan o‘rin egallagan. Turkiya, Ozarbayjon 2022-yil;
50 dan ortiq davlatning shoirlari, yozuvchilari va iqtidorli yoshlarini birlashtirgan“ World in Uzbekistan” festivalida ishtirok etib, festival doirasida tashkil etilgan xalqaro antologiyadan o‘z ijodiy ishi bilan o‘rin egallagan. Ko‘plab iste’dodlarni o‘z bag‘riga joylagan ushbu kitob ingliz tilida Amerikaning Amazon.com sayti orqali dunyoning 26 davlatiga sotuvga qo‘yilgan.
2022-yil “Laughter full of laughters” nomli she’riy to‘plami ingliz tilida Amerikada 1000 nusxada chop etilib, Amazon.com sayti orqali dunyoning 26 davlatiga sotuvga qo‘yilgan. 2022-yil “The breath of life” nomli hikoyalar to‘plami ingliz tilida Amerikada 1000 nusxada chop etilib Amazon.com sayti orqali dunyoning 26 davlatiga sotuvga qo‘yilgan. Izoh: Ko‘plab davlatlarga sotuvga qo‘yilgan kitoblarim Google internet tarmog‘i orqali Amazon.com saytida Khadichabonu Togonboeva nomi bilan topa olish va O‘zbekistonga buyurtma qilish imkoniyatlariga ega.
“Talented Voices of Uzbekistan” nomli xalqaro antologiya uchun o‘z ijodiy ishlaridan yuborgan 600 ga yaqin ijodkorlar ichida saralab olingan 130 nafar omadli yoshlarimiz qatoridan o‘rin egallagan. Ushbu kitob Amerikaning Amazon nashriyotida chop etilib, dunyoning 26 davlatiga sotuvga qo‘yilgan; 2022-yil “Leader Girls Leads The World” antalogiyasi O‘zbekistonning eng muvaffaqiyatli lider qizlari haqida ko‘plab davlatlarga ma’lumot beruvchi biografiyalar to‘plami hisoblanadi. Bu kitobda ko‘plab yutuqlarga erishgan, jamoatchilik orasida o‘z o‘rnini topib kelayotgan intiluvchan qizlarimiz joy olishgan. Xadichabonu To‘g‘onboyeva ham ushbu kitobdan munosib o‘rin egallagan.
Indoneziyaning “Asih Sasami” xalqaro tashkiloti a’zosi. 2022-yil Misrning “Creative Forum for culture, Arts and Peace” xalqaro tashkioloti a’zosi. 2022-yil Hindistonning “IQRA Foundation” xalqaro tashkiloti a’zosi. 2022-yil Argentinaning “Juntos par las Leters” xalqaro tashkiloti a’zosi. 2022-yil Osiyolik 30 dan ortiq mamlakatdan lider yoshlar ishtirok etgan “One Million Leaders Asia” sammiti ishtirokchisi. 2022-yil “Global Youth Parliament” Thailand-2022 xalqaro yoshlar sammitida ishtirok etish uchun taklif etilgan rasmiy ishtirokchi. 2022-yil O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan “Shine” qizlar akademiyasining I va II mavsum bitiruvchisi. (Akademiya “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 30 dan ortiq davlatlarning O‘zbekistondagi yosh elchisi, 50 dan ortiq davlatlarda e’tirof etilgan, bir qancha mukofotlar sovrindori Shohida Yusupova tomonidan tashkil etilgan.) 2022-yil Mental arifmetika bo‘yicha treninglik kursini tamomlagan. 2022-yil SMM (Social media marketing) mutaxasisi. 2022-yil “Yil talabasi” universitet bosqichi g‘olibasi. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha egallagan.
2022-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti qoshidagi “Pedagog” gazetasida ham o‘z ijodiy ishlari bilan faol qatnashib keladi. 2021-2022-yil Yurtimizda iqtidorli yoshlar uchun tashkil etilayotgan bir qancha konferensiyalar faol ishtirokchisi. Jumladan, “Young businessmen and Economists Forum”, “Upward Growth Forum”, “Respublika Volontyor Yoshlari”, “SOLIDARITY FORUM FOR AFGHANISTAN AND UZBEKISTAN YOUTH”, “REFORMIST YOUTH”, “Bir Nuqtada Birlashamiz”, “GLOBAL EDUCATION CONFERENCE”, “Global Leaders Week”, “Lider Zakovatchi”, “Parvoz” yoshlar forumining bir nechta mavsumlari faollaridan hisoblanadi. 2020-2022-yillar Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda bir nechta maqolalari chop etilgan. Bundan tashqari, Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalaridan ham ko‘plab zamonaviy yetuk yoshlar qatorida keng foydalanib keladi. Qolaversa, o‘z shaxsiy kanalida ham obunachilari uchun maqul keladigan she’r va hikoyalarini taqdim etib kelmoqda. 2022-yil Xadichabonu To‘g‘onboyeva Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining 2022-2023-yil Respublika bosqichi ishtirokchisi.