SAMANDAROVA NOZIMA ILHOMJON QIZI
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi
Samandarova Nozima Ilhomjon qizi 2002-yil 19-avgustda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. Millati о‘zbek. Ma’lumoti tugallanmagan oliy.
2008-2020-yillarda Bekobod shahar 9-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabining о‘quvchisi.
Samandarova Nozima Ilhomjon qizi 2017-yildan boshlab hozirga qadar quyidagi jamoat ishlarida faoliyat yuritib kelgan:
- 2017-2018-yillarda О‘zbekiston yoshlar ittifoqi 9-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabi Kengashi bosh sardori;
- 2019-2020-yillarda О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bekobod shahar Kengashi bosh sardori;
- 2020-2021-yillarda ASIA CONSULT kompaniyasi bosh menedjeri;
- 2021-2022-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan.
- Hozirgi kunda Nozima Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Nozima o‘zining faoliyati mobaynida turli xil tanlovlarda ishtirok etib, bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan:
- 2018-yil oktabr oyida “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” ga Bekobod shahar bo‘yicha nomzodlarni saralash bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida eng namunali ishtirokchi sifatida taqdirlangan.
- O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun” shiori ostida o‘tkazilgan Respublika anjumanida o‘quv treninglardagi munosib ishtiroki uchun “Sertifikat’’ bilan taqdirlangan.
- 2022-yilda Nozima Samandarovaning ‘‘Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik g‘oyalari’’ nomli metodik qo‘llanmasi nashrdan chiqqan.
- U Abdulla Avloniy ijodi bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etib, Avloniyning ibratli hikoyalarini tengdoshlariga sahna asarlari orqali to‘g‘ri so‘zli, mehnatsevarlik, ilm izlash kabi qadriyatlarni singdirishda peshqadamlik qilib keldi. Universitetimiz tomonidan ta’sis etilgan “Abdulla Avloniy nomidagi maxsus stipendiyasi” nomzodi bo‘ldi.
- Abdulla Avloniy sharafiga tashkil etilgan maqolalar tanlovida faol ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunga qadar Nozima Samandarovaning Germaniya, Zenlandiya, Turkiya, Chexiya, Rossiya kabi xorij davlatlarda ilmiy maqolalari chop etilgan. Bulardan: Germaniyada ‘‘Humanity and Sciensce Congress-2022’’ jurnalida ‘‘Abdulla Avloniy – kuchli dramaturg”, Turkiyada ‘‘International Congress on Multidisciplinary Studies in Education and Applied Sciences’’ jurnalida ‘‘Abdulla Avloniy Ma’rifatparvarlik Adabiyoti darg‘asi”, Chexiyada ‘‘GALAXY International Interdisciplinary Research Jurnal’’ (GIIRJ) jurnalida ‘‘Life and work of Abdulla Avloniy’’, Yangi Zenlandiyada ‘‘The Bible`s Viewpoint and Their Creativity’’ jurnalida ‘‘This article discusses the life-styles of our country`s great poets A.Avloniy and Marg‘on Jumabayev and their contributions to our literature and their books on raising the younger generation’’ nomli maqolalari dunyo yuzini ko‘rgan.
- XX asr “Ta’lim va mutaxassislik” Xalqaro ko‘rgazmasida munosib ishtirok etib, Sertifikat bilan taqdirlangan.
- 2022-yilda ‘‘Kelajak ilmli qizlar hamjamiyati’’ ta’lim almashinuvi dasturini mufavvaqiyatli tamomlab sertifikat bilan taqdirlangan.
- 2022-2023-yillarda fakultetda o‘tkazilgan “Yil talabasi” ko‘rik tanlovining “Yilning eng yaxshi ijodkor talabasi” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
- 2023-yilda Nozima Samandarovaning ‘‘Boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodi janrlarini o‘rganishda innovatsion usullardan foydalanish’’ nomli metodik qo‘llanmasi nashrdan chiqqan.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Buxoro Davlat Pedagogika Institutida “Boshlang‘ich ta’limda xalqaro tajribalar: Yangi avlod darsliklari, milliy dastur va raqamli texnologiyalar integratsiyasi” xalqaro ilmiy-amaliy konfirensiyada ishtiroki uchun Sertifikat bilan taqdirlangan.
- “Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotida iqtisodiy fanlarni o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konfirensiyada ishtiroki uchun Sertifikat bilan taqdirlangan.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Termiz Davlat Pedagogika Institutida Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim: Innovatsiyalar, muammolar va rivojlanish istiqbollari mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda eng sara maqolasi bilan ishtiroki uchun Sertifikat bilan taqdirlangan.
- “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnalining 2023-yil 5-sonida chop etilgan “COMMUNICATIVE METHODS OF COMMUNICATION WITH STUDENTS” nomli ilmiy maqolaga mualliflik qilgani uchun Nozima Samandarovaga Guvohnoma topshirilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Ta’lim Vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalarni Rivojlantirish Vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti “TARBIYA FANI: YOSHLAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tezislar tо‘plamida ishtiroki uchun Sertifikat bilan taqdirlangan.