MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

RASHIDOVA NILUFAR NORMUROD QIZI

RASHIDOVA NILUFAR NORMUROD QIZI

Navoiy davlat pedagogika instituti fizika-texnologiya fakulteti talabasi

2001-yil 10-avgustda  Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida  tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. Respublika yosh olimlar kengashi a’zosi. 10 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalari uchun Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnomalar egasi.

Xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy nashrlarda aniq va tabiiy fanlarga oid mavzularda 25 dan ortiq ilmiy maqolasi mavjud. Bulardan, Scopus bazalaridagi jurnallarda 1 ta, Web of Science basazidagi jurnallarda 1 ta va Oliy attestasiya komissiyasi e’tirof etgan jurnallarga 10 ta  va Respublika va Xalqaro konferensiya jurnallarida 10 dan ortiq tezislarini chop ettirgan.

2021-yilda “O‘quvchilarning fizik va astronomik bilimlarini mantiqiy baholash” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasini chop ettirgan.

2021- yildan Barkamol avlod bolalar ijodiyot uyida STEAM to‘garagida o‘qituvchi bo‘lib kelmoqda.

 2021-yilda institutda o‘tkazilgan “Yil talabasi” ko‘rik tanlovining “Eng yaxshi targ‘ibotchi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2022-yilda ham “Yil talabasi” ko‘rik tanlovida “Eng yaxshi ijodkor” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2022-yilda Renessans ilmiy markazi va nashriyot uyi tomonidan o‘tkazilgan “Renessans davri: Ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” Xalqaro ilmiy, amaliy tanlovi va  konferensiyasida fanga doir maqolalari bilan qatnashib, diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlagan.

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli davlat stipendiasi sohibi bo‘ldi.

Hozirgi kunda Alisher Navoiy nomidagi 19-IDUM da o‘qituvchi vazifasini bajarib kelmoqda.

Maktabni a’lo darajali shahodatnoma bilan tamomlagan va institut bosqichidagi barcha fanlarni 5 (a’lo) bahoga o‘zlashtirmoqda.

Mahalla yoshlar yetakchisining Ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha jamoatchisi bo‘lish bilan bir qatorda, ta’lim yo‘nalishida “Ziyolilar” volontyorlik guruhi sardori ham hisoblanadi.

Mahalla yoshlari o‘rtasida “Zakovat mahalla klubi” ni shakllantirishda faol qatnashgan va ushbu klubning mahalla koordinatori sanaladi. Qolaversa, “Yosh fiziklar” to‘garagi rahbari va ushbu to‘garak orqali mahalladagi uyushmagan yoshlar, hamda ushbu fanga qiziqishi bo‘lgan imkoniyati cheklangan oila farzanlariga ta’lim beradi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” ning birinchi mavsumi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinida mahalla yoshlaridan shakllangan jamoa sardori sifatida qatnashib, Rashidova Nilufar Normurod qizining jamoasi sektor bosqichida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan yetarlicha tajribaga egaligi tufayli o‘nta elektron o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi, Sanoat namunalari bo‘limi tomonidan “EHM uchun dasturi” rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Institut hamda “Ishonch” mahalla fuqarolar yig‘inining elektron kutubxonasiga elektron shaklda taqdim etgan. Institut va fakultetda tashkil etiladigan turli tadbirlarda muntazam ishtirok etishi bilan bir qatorda, xalqaro konferensiya, forum, vebinar va seminarlarda ishtirok etib, qator sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlangan.