MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MIRZAQANDOVA SOHIBJAMOL  XOLMO‘MIN QIZI

MIRZAQANDOVA SOHIBJAMOL XOLMO‘MIN QIZI

Navoiy davlat pedagogika instituti fizika-texnologiya fakulteti talabasi

2000-yil 16-noyabrda Navoiy shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. Respublika yosh olimlar kengashi a’zosi. 10 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalari uchun Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnomalar egasi.

Xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy nashrlarda aniq va tabiiy fanlarga oid mavzularda 30 dan ortiq ilmiy maqolasi mavjud. Bulardan, Scopus bazalaridagi jurnallarda 1 ta, Web of Science basazidagi jurnallarda 1 ta va Oliy attestasiya komissiyasi e'tirof etgan jurnallarga 10 ta  va Respublika va Xalqaro konferensiya jurnallarida 10 dan ortiq tezislarini chop ettirgan.

2020-yil Butun Rossiya ta’lim portalida o‘tkazilgan “Fizika faniga kirish” Xalqaro onlayn olimpiadasida II darajali diplom bilan taqdirlangan.

2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida astronomiya va astrofizika bo‘yicha II darajali diplom bilan taqdirlangan.

     2021-yilda Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan xalkaro ilmiy konferensiyada “Maktab o‘quvchilari uchun sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati” ga bag‘ishlangan ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etib, bir nechta diplomlar bilan taqdirlangan.

2021-yil Rossiyaning Penza shahrida o‘tkazilgan “Eng yaxshi ilmiy maqola” Xalqaro ilmiy-tadqiqot konkursida II darajali diplom bilan taqdirlangan.

2021-yilda "O‘quvchilarning fizik va astronomik bilimlarini mantiqiy baholash” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasini chop ettirgan.

2021-yilda Italiyaning Rim shahrida onlayn o‘tkazilgan koferensiyada “O‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish” maqolasi uchun sertifikatni qo‘lga kiritgan.

2022-yilda Registon ta’lim loyihasining bakalavrlar uchun ta'sis etilgan Registon stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lgan.

2022-yil Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tomonidan tashkil etilgan Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan “Yil talabasi” tanlovida “Eng yaxshi talaba” ko‘krak nishoni va I darajali diplom bilan takdirlangan.

2022-yilda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining shahar va viloyat bosqichida o‘z loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2022-yil B2 darajali chet tili sertifikatini qo‘lga kiritdi va fizika fanlarini ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi.

2022-yilda Renessans ilmiy markazi va nashriyot uyi tomonidan o‘tkazilgan “Renessans davri: Ilmiy tadqiqotlar yetakchisi”  Xalqaro ilmiy, amaliy tanlovi va Xalqaro konferensiyasida fanga doir maqolalari bilan katnashib, diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan takdirlagan.

Navoiy viloyati “Registon” o‘quv markazining “Fizika” to‘garagi rahbari. Bugunga qadar 50 dan ortiq o‘quvchilari oliy ta'lim muassasalari talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan. Maktabni a’lo darajali shahodatnoma bilan tamomlagan va institut bosqichidagi barcha fanlarni 5 (a’lo) bahoga o‘zlashtirmoqda.

Mahalla yoshlar yetakchisining Ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha jamoatchisi bo‘lish bilan bir qatorda, ta’lim yo‘nalishida “Ziyolilar” volontyorlik guruhi sardori ham hisoblanadi.

Mahalla yoshlari o‘rtasida “Zakovat mahalla klubi” ni shakllantirishda faol qatnashgan va ushbu klubning mahalla koordinatori sanaladi. Qolaversa, “Yosh fiziklar” to‘garagi rahbari va ushbu to‘garak orqali mahalladagi uyushmagan yoshlar, hamda ushbu fanga qiziqishi bo‘lgan imkoniyati cheklangan oila farzanlariga ta’lim beradi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” ning birinchi mavsumi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinida mahalla yoshlaridan shakllangan jamoa sardori sifatida qatnashib, Mirzaqandova Sohibjamol Xolmo‘min qizining jamoasi sektor bosqichida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan yetarlicha tajribaga egaligi tufayli o‘nta elektron o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi, Sanoat namunalari bo‘limi tomonidan “EHM uchun dasturi” rasmiy ro‘yhatdan o‘tkazilgan. Shuningdek, “Bolajonlar uchun fizika” nomli videolar to‘plamini institut hamda “Ishonch” mahalla fuqarolar yig‘inining elektron kutubxonasiga elektron shaklda taqdim etgan.