Jumamuratov Bexzod Akramjonovich 1994-yil 21-sentyabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jayli tumani keneges apj da tavallud topgan. 2001-yilda 23-sonli o’rta maktabning 1-sinfiga qabul qilindi. 2007-yilda 22-sonli o‘rta maktabga o‘tib, ushbu maktabning 9-sinfini imtiyozli shaxodadnoma asosida tamomlagan. So’ngra Xo’jayli tumani pedagogika va psixologiya kollejining “Boshlang’ich ta’lim” mutaxassisligi bo’yicha o’qishga kirib, 2012-yilda ushbu kollejni imtiyozli diplom bilan tamomlab, “Elektr texnika, elektr mexanika va elektr texnologiyalari” yo’nalishi bo’yicha tahsil olish maqsadida hujjatlarini Toshkent davlat texnika universiteti (ToshDTU) energetika fakultetiga topshirdi.
Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tib, mazkur universitetning 1-kursiga qabul qilindi va 2016-yilda ushbu yo’nalishni muvofaqiyatli tamomlagan. 2017-yilda esa ToshDTUning “Elektr texnik majmualar va tizimlar (sanoat)” mutaxassisligi bo’yicha magistratura bo’limiga o’qishga qabul qilindi.
2019-yilda magistratura bo’limini tamomlab, Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining elektr energetika kafedrasining taklifiga binoan kafedra assistenti lavozimiga ishga qabul qilingan.
Pedagoglik faoliyati mobaynida “Elektr texnologiyalar asoslari”, “Elektr injinering”, “Standartlashtirish asoslari”, “Elektr texnik materiallar”,”Elektr yuritma asoslari”, “Elektromexanik sistema va komplekslarini boshqarish” fanlaridan amaliy hamda laboratoriya mashg’ulotlari olib borgan.
Bexzod o’quv ishlari bilan bir qatorda uslubiy ishlar va ilmiy ishlar bilan shug’ullanib, 10 dan ortiq ilmiy ishlar nashr ettirgan. Jumladan, 3 ta o’quv metodik qo’llanma, OAK tarkibiga kiruvchi jurnallarda 2 ta maqola, hamda EHM dasturi uchun guvohnoma olgan. Shuningdek kafedra Elektr energetika, Elektr texnika,elektr mexanika va elektr texnologiyalari yo’nalishlari 1–kurs talabariga murabbiylik faoliyatini ham olib borgan.
2022-yil 4-yanvardan Toshkent davlat texnika universitetiga maqsadli tayanch doktorantura bo’limiga qabul qilingan hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent D.Eshmuradov rahbarligida “Kompozit materiallarning radioshaffofligini nazorat qilish usuli va vositasini yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqotchilik asosida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.