Egamberdiyeva Umida Akmal qizi 2003-yil 19-mayda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2020-yil Chilonzor tumanidagi 162-maktabni a`lo baholarga tamomlagach chet tillariga hamda, pedagogika sohasiga qiziqishi sababli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. Hozirgi kunda ushbu universitetning 4-bosqich talabasi sifatida oʻzining ilmiy faoliyatini olib bormoqda.
O‘qish davomida o‘zining bilimi, namunaviy xulqi, liderlik qobiliyati va notiqlik qobiliyati bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lgan va bir qancha respublika miqiyosidagi tanlov va konferensiyalarda ishtirok etib g‘olib bo‘lgan.
Egamberdiyeva Umida bir qancha respublika miqyosidagi tanlovlar g‘olibi hisoblanadi Xususan, 2022-yil “Eng yaxshi kitobxon” respublika ko‘rik tanlovida 1 va 2-bosqichlarda I va III o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 2022-yil “Yil talabasi” tanlovida “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. 2023-yil Egamberdiyeva Umida 3 ta ilmiy ishlar sohibi bo‘ldi. “Famous translators and their creativity” nomli dunyo tarixida yashab o‘tgan tarjimonlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ingliz tilidagi nazariy o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqgan. Ushbu yilda “Academic vocabulary in use Speaking and Writing” nomli ingliz tilida gapirish va yozish ko‘nikmalarida akademik so‘zlarni qo‘llash qobiliyatini oshirish uchun mo‘ljallangan mashqlar to‘plami ham nashrda chiqib, Turkiya “TUMED” Xalqaro bitiruvchilar uyushmasining “Uluslararası Mezunlar Kariyer Inşaası” loyihasida ishtirok etgan va xozirda xorijlik talabalar ilmiy ishlarini yaratishda foydalanib kelishmoqda. 2023-yil o‘zbek tarjimonlari hayot va ijod yo‘liga bag‘ishlangan “Scholars of translation studies” nomli ishi nashrdan chiqgan.
U.Egamberdiyeva o‘qish va ilmiy faoiyati bilan bir qatorda “Aziya Immunopreparat” MCHJ farmasevtik kompaniyasida sinxron tarjimon sifatida ish faoliyatini olib boradi.
AQSh, Xitoy, Fransiya, Hindiston, Rossiya mamlakatlari taniqli olimlari va mashxur xalqaro farmasevtik korxona vakillari bilan muzokalarda qatnashib, ikki tomon uchun sinxron tarjimon sifatida qatnashgan.
Izlanishlar natijasiga ko‘ra, uning, ingliz tilida 2 ta nazariy o‘quv qo‘llanmasi, 1ta mashqlar to‘plami 30 dan ortiq tarjimonlik va ingliz tili metodikasini o‘rganishga qaratilgan ilmiy maqolalari xorijiy davlatlarning nufuzli jurnallarida chop etilgan. Xalqaro va mahalliy ilmiy-amaliy konferensiyalarda 15 dan ziyod ma`ruzalar bilan ishtirok etgan.
2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tasarrufidagi “Izlanish va ijod” ilmiy to‘plamda o‘zining 3ta she`riy tarjimasi chop etilgan. O‘quv jarayonida mamlakatimizda turizm va tarjimonlik sohasidagi mavjud qator muammolarni o‘rganish, tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojlantirish borasidagi takliflari va loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarida faol ishtirok etgan.
Hozirda U.Egamberdiyeva inliz tili metodikasini rivojlantirish borasida va o‘zbek tarjima tarixini yanada chuqurroq o‘rganish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bakalavrni tamomlagach magistratura va doktarantura dissertatsiyalarini aynan shu yo‘nalishlarda yoqlash niyatida. Ilmiy ishlari samarasi o‘laroq, yuqori darajadagi umumiy-kasbiy madaniyatga, ijtimoiy faolikka, mustaqil fikrlashga, o‘z vazifalarini qiyinchiliksiz hal qila olish qobiliyatiga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislarni tarbiyalash uchun bugungi kunda pedagog o‘qituvchilarimiz zamonaviy, yangi va innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishlari ta`lim-tarbiyaning sifat va samaradorlik darajasini oshirishning asosiy omili ekanligini, buni esa davr talab etayotganligini tushunib yetishlari uchun hissa qo‘shish uning oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biri hisoblanadi.