MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

BOZOROVA AZIZA MURODULLO QIZI

BOZOROVA AZIZA MURODULLO QIZI

Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va texnologiya fakulteti Fizika va astronomiya (matematika) ta’lim yo‘nalishi talabasi

2004-yil  5-sentabrda  Karmana tumanida  tug‘ilgan. Millati  o‘zbek. Maktabni a’lo baholarga tamomlagan Aziza, universitetga qabul qilindi. O‘qish davomida turli xil tanlovlar va jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Institutda  iqtidorli talabalar  qatorida Scientific Academy  ilm-fan markazining 2023-yil  15-fevral  kungi  3-sonli  buyrug‘iga  asosan  Mustaqil Davlatlar  Hamdo‘stligi  miqyosida  tashkil  etilgan  “Ta’lim  sohasidagi  xizmatlari  uchun” esdalik  ko‘krak  nishoni  bilan  taqdirlangan.

Xalqaro  va  Respublika  miqyosidagi  nufuzli  ilmiy  nashrlarda  aniq  va  tabiiy  fanlarga   oid  mavzularda   20 dan  ortiq  ilmiy  maqolasi  mavjud. Ushbu maqolalarida aniq va tabiiy fanlarlardagi bugungi hayotimizdagi dolzarbligi haqida muhim ma’lumotlar berib o‘tgan.  

STEAM  ta’lim tizimini   ommalashtirish  rivojlantirish  maqsadida  turli  maqolalar  tezislar  chop etgan.

Tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo‘lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda.

STEAM ta’limi yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan. Aziza chop etgan maqolalarida ushbu beshta sohani yagona ta’lim tizimiga birlashtira olgan.

20.02.2023 yilda  Elektron hisoblash  mashinalari  uchun  yaratilgan  dasturning  rasmiy  ro‘yxatdan  o‘tkazilganligi   to‘g‘risidagi  guvohnoma egasi  shuningdek, 07.01.2023 yilda O‘quvchilarning  mantiqiy  fikrlash  qobiliyatlarini  xalqaro  tadqiqot  dasturlari PISA, PIRLS, TIMMS orqali  baholash  dasturiy  platformasi mavzusidagi  guvohnoma va boshqa 5 tadan ortiq  guvohnomalar  egasi. U o‘zining tirishqoqligi va talabchanligi bilan talabalar o‘rtasida o‘ziga xos mavqega ega.

U o‘zining tirishqoqligi, harakatchanligi va tashabbuskorligi bilan jamoat orasida o‘z  hurmatiga ega.