MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

BERDIYEVA IRODA XUDAYSHUKUROVNA

BERDIYEVA IRODA XUDAYSHUKUROVNA

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, tayanch doktarantura talabasi, boshlovchi

Berdiyeva Iroda Xudayshukurovna 1993-yil 7-yanvarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Toshkent shahar “Yangi hayot” tumani “Oriyat” MFYda doimiy rо‘yxatda turib, mahallaning faol va iqtidorli yoshlaridan biri hisoblanadi.

Uning faoliyatiga umumiy nazar soladigan bo‘lsak, Chiroqchi tumanidagi 160-umumiy o‘rta maxsus ta’lim maktabini tamomlab, 2009-2012-yillarda Sport va pedagogika kollejida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan.

2012-2015-yillar oralig‘ida tumanning “Qizlarjon klubi” yetakchisi sifatida faollik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, 2015-2019- yillarda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutinining Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” ta’lim yо‘nalishini tugatib, 2019-2021-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa (qо‘llash sohasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Iroda Berdiyeva mehnat faoliyatini 2018-yilda О‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Dunyo bо‘ylab” telekanalida muallif va boshlovchi sifatida boshlagan. Telekanalda turli mavzulardan kelib chiqib hujjatli film, bir qator kо‘rsatuv va lavhalar muallifidir. Shuningdek, “Turfa olam”, “Shifokorim tabiat”, “Shifotur”, “Agroturizm”, “Efirda biz” nomli kо‘rsatuvlar boshlovchisi bo‘lib faoliyat olib borgan. Jumladan, “ITWomenUz” loyihasi va uning doirasidagi barcha tadbirlarni keng kо‘lamda yoritib, ushbu lavhalarda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni qо‘llab-quvvatlash, yangi loyilarini hayotga keng tatbiq etishda berilayotgan kо‘mak kabi masalalarni ochib bergan. Shuningdek, u turizm sohasi yо‘nalishini ham keng yoritilishida amaliy yordam ko‘rsatgan.

2019-yilning 9-10-avgust kunlari poytaxtimizda bо‘lib о‘tgan BMTning Butunjahon turizm tashkiloti va О‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qо‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan biznes turizmi va MAYS turizm bо‘yicha mahorat darslarida faol ishtirok etish barobarida uning har bir jarayonini telekanal orqali yoritib bordi. Ushbu jarayonlar UNWTO tomonidan ham munosib e’tirof etilib, u tashkilotning maxsus sertifikati bilan taqdirlangan. Iroda Berdiyeva nufuzli xalqaro tadbirlardan maxsus kо‘rsatuvlar tayyorlashda jonbozlik kо‘rsatgan. Birgina, “Tashkent fashion week - 2019” xalqaro moda haftaligi va uning doirasidagi tadbirlardan 40 daqiqalik hujjatli film tarzidagi kо‘rsatuv tayyorlaganini ta’kidlash zarur. Unda muallif moda va dizayn sohasini juda yaxshi bilgani kо‘rsatuvning mukammal va qiziqarli, shu bilan birga liboslar kolleksiyasini yaxshi tahlil qila olganida namoyon bо‘lgan.

Iroda Berdiyeva telekanaldagi faoliyati davomida о‘zining intiluvchanligi, suxandonlikka muhabbati, hamkasblariga yuksak hurmati tufayli ijodiy jamoada tezda о‘rnini topgan hamda о‘zining namunali xulqi, yangilikka chanqoqligi, faolligi, tashkilotchilik qobiliyati bilan hamkasblariga namuna bо‘lib, ijodiy ishlarida muharririyatdagi tengdoshlariga nisbatan ishga mas’uliyat bilan yondashishi va berilgan vazifani sidqidildan bajarishga harakat qilish sifatlarini ham qadrlash mumkin.

Teleboshlovchilik bilan cheklanib qolmasdan libos dizaynerlik faoliyati bilan ham shug‘ullanib keladi. Zero, telemahsulot tayyorlash jarayonida boshlovchi va jurnalistlarning imiji о‘ta muhim jihatlardan hisoblanadi. Libos tanlash, unga qо‘shimcha elementlarni joylash kabi ishlarni uning о‘zi bajarishi efir sifatini ta’minlashda katta yordam bergan.

Berdiyeva yosh, iqtidorli va ingliz tilida mukammal sо‘zlashadigan mutaxassis sifatida 2020-2022-yillar oralig‘ida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Matbuot kotibi lavozimiga ishga qabul qilinib, oliygohning barcha yangiliklarini institut rasmiy sayti “ttyesi.uz”, “Facebook”, “Instagram” kabi ijtimoiy tarmoq sahifalari hamda “YouTube” kanalida video tarzida joylab, kuzatuvchilar e’tiborini tortgan. Shu bilan bir qatorda, “Tо‘qimachi”, “Guliston” jurnali, “Ma’rifat”, “Yangi О‘zbekiston”, “Ishonch” gazetalarida institutda kuzatilayotgan yangiliklar, amalga oshiralayotgan islohotlar va kelgusidagi ilmiy, ijodiy va amaliy ishlar haqida badiiy maqolalari chop etilgan. Mehnat faoliyatidagi eng katta samarali ishlaridan biri institutda o‘z tashabbusi bilan Press klub tashkil etganidir. Mazkur Press klubda yoshlarning iqtidorini yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talabalarni qiynayotgan muammo, taklif va istalarini rahbariyatga yetkazishda ko‘prik vazifasini bajarib kelgan.

2016-yilda “Yurt kelajagi” kо‘rik-tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2016-yilda “Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati faoliyatida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2017-yil “Dunyo talabalar nigohida” talaba-yoshlar festivalida “Yosh dizaynerlar” kо‘rik-tanlovining bosh tashkilotchisi sifatida ishtiroki uchun Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.

2017-yilda Respublika yoshlar tadbirkorligini qо‘llab-quvvatlash markazi tomonidan tashkil etilgan “Biznes klub”ning 3 oylik bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2017-yilda “INFOLIB – 2017” VI milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi tadbirda faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2017-yil О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi О‘zbekiston  Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida “О‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtiroki va yuksak saviyadagi ma’ruzasi uchun “Certificate of Recognition” bilan taqdirlangan.

2017-yil О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar ovozi” nomli tahliliy, ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2018-yil Shahrisabz shahrida о‘tkazilgan “ I  Xalqaro maqom san’ati” festivalida tashkilotchi sifatida ishtiroki uchun Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2018-yilda Rossiya Federatsiyasining Barnaul shahrida MDH tassarufidagi davlatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Добро твори не рады славы, а по велению души” xalqaro yosh badiiy o‘qish ijrochiligi ko‘rik-tanlovi laureati, oliy 1-o‘rin sohibasi sifatida diplom bilan taqdirlangan.

2018-yilda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Britaniya elchixonasi hamkorligida о‘tkazilgan “Art Managament module development” mavzusidagi seminardagi faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2018-yilda Farg‘ona viloyatida ilk marotaba о‘tkazilgan “MODEL III” xalqaro konferensiyasida delegat sifatida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2018-yilda Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilgan I respublika yosh ijodkorlar forumidagi faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2018-yilda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida о‘tkazilgan “Yuksak badiiy va intellektual yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasida “Eng yaxshi ma’ruzasi uchun” diplom bilan taqdirlangan.

2018-yil Toshkentda о‘tkazilgan Xalqaro Yoshlar sammitida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2018-yil Farg‘ona viloyatida о‘tkazilgan “Turizmni rivojlantirish”ga bag‘ishlangan Yoshlar sammitida “Eng yaxshi loyiha muallifi” sifatida sertifikat bilan taqdirlangan.

2018-yil Innovatsion ta’lim markazida “Zamonaviy buxgalteriya hisobi” kursini a’lo darajada tamomlagani uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2019-yil Toshkent Hayvonot bog‘ida “4-oktabr - Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan о‘tkazilgan “Biz himoya qilamiz!” shiori ostidagi tadbirni yuqori saviyada tashkil etganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2019-yil О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan о‘tkazilgan “Balli qizlar” kо‘rik-tanlovida ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlangan.

2019-yil Toshkent shahar Xotin-qizlar qо‘mitasi tomonidan о‘tkazilgan “О‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichida о‘z innovatsion loyihasi bilan g‘olib bо‘lganligi hamda respublika bosqichidagi faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2019-yil О‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qо‘mitasi UNWTO Akademiyasi va Xalqaro Kongress va Konvensiyalar Assotsiatsiyasi ICCA tashkilotlari tomonidan birinchi marotaba о‘tkazilgan mahorat darsini ommaviy axborot vositalarida yoritganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2019-yil О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan о‘tkazilgan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika kо‘rik-tanlovida tashkilotchi sifatidagi ishtiroki uchun serifikat bilan taqdirlangan.

2019-yil О‘zbekiston dizaynerlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Tashkent fashion week - 2019” xalqaro moda haftaligi va uning doirasidagi tadbirlardan 40 daqiqalik hujjatli film tarzidagi kо‘rsatuv tayyorlab, ommaviy axborot vositalarida yoritganligi uchun diplom bilan taqdirlangan.

2019-yil “Hunarmand” uyushmasi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan “Biz Qо‘qonga boramiz” shiori ostida о‘tkazilgan kо‘rgazmada faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlangan.

2019-yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun о‘tkazilgan kо‘rik-tanlovning Qashqadaryo viloyat bosqichidagi faol ishtiroki uchun Qashqadaryo viloyat Xotin-qizlar qо‘mitasining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.

2019-yil 26, 27, 28 dekabr kunlari “О‘zbekistonda Qozog‘iston yiliga” bag‘ishlangan “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlari dialogi” mavzusida о‘tkazilgan xalqaro seminar-treningda malaka oshirganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan tashkil etilgan “Ilmiy va innovatsion izlanishlar – magistrlar nigohida” mavzusidagi konferensiyada magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan maqolasi hamda tashkiliy ishlardagi faolligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yil “Zamonaviy ilm-fanlar rivojida talaba-yoshlar faoliyatining о‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasidagi faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijorisini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Ta’lim tizimida innovatsion islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida” mavzusidagi ilmiy-nazariy respublika onlayn konferensiyasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yil О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Yangi О‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida о‘tgan “Saylov - 2019” tadbirlarida faol ishtirok etganligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2020-yilning 24-aprel kuni Toshkent temir yо‘llari muhandislari institutida “Globallashuv sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish muammolari” mavzusida о‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasidagi faol ishtiroki uchun muallif sertifikati bilan taqdirlangan.

2020-yilning 29-may kuni О‘zbekiston Milliy universitetida “Yevroosiyo makonida ta’limning zamonaviy paradigmal muammolari” mavzusida о‘tkazilgan xalqaro onlayn konferensiyani tashkil etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

Iroda maktabda “Yosh ijodkorlar”, “Yosh kitobxonlar” nomli to‘garaklariga rahbarlik qilib, o‘quvchilarning ijodini rivojlantirish boradi keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. Jumladan, maktab ijodkor yoshlarining almanaxlarini tashkil qildi va ijodkor yoshlarning ijodini Amerika va Turkiya davlatlarida turli almanaxlarda chop etilishida yordam berib kelmoqda.

Iroda Berdiyeva Madaniyat yо‘nalishining suxandonlik sohasida ijod qiladi. Yoshlar о‘rtasida о‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ssenariy muallifi va boshlovchi sifatida faol qatnashib, tengdoshlariga о‘rnak bо‘lmoqda. Bu yo‘lda esa uning kamtarona mehnatlari inobatga olinib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi Qonuniga binoan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha taqdirlangan. Iroda Berdiyeva Madaniyat yо‘nalishining suxandonlik sohasida ijod qiladi. Yoshlar о‘rtasida о‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ssenariy muallifi va boshlovchi sifatida faol qatnashib, tengdoshlariga о‘rnak bо‘lmoqda. Bu yo‘lda esa uning kamtarona mehnatlari inobatga olinib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi Qonuniga binoan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha taqdirlangan. 2019-2021 yillarda u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Falsafa (qo‘llash sohasi) mutaxassisligida “Media kommunikatsiyalarning yoshlar tafakkur uslubiga ta’siri” mavsuzida magistrlik dissertatsiyasi bо‘yicha ilmiy ish olib borgan. Ilmiy faoliyati davomida ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi rivoji, insonlarga ta’siri, salbiy va ijobiy tomonlarini о‘rganib, a’lo darajada himoya qilgan.

Ilmiy ish mavzusi yuzasidan kо‘plab maqola va tezislari respublika nashrlari: jurnal, gazeta va tо‘plamlarda chop etilgan. Dissertatsiya ishida birinchi navbatda, ijtimoiy makonda odamlarning о‘zaro muloqot qilish tarixini о‘rganib, odamlarning shaxslararo, davlatlararo munosabatlaridagi dialogiga baho berilgan. Hozirgi davrda bir qator ijtimoiy madaniy texnologiyalar jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Xususan, internet tarmog‘i, ommaviy axborot vositalari, televideniya va radioni misol qilib kо‘rsatish mumkin. Dissertatsiya mavzusida ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning bevosita muloqot qilishida bilim, texnologiya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga e’tibor qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, Iroda Berdiyeva о‘zining ilmiy-tadqiqot ishida birinchi, mediakommunikatsiyalarning tarixiga, ikkinchi, uning metodologik jihatlariga, uchinchi esa ijtimoiy hayotdagi amaliy ahamiyatiga e’tiborini qaratgan. Shu uch jihat ilmiy ish mavzusida о‘z uyg‘unligi topgan.

Bugungi kunda, eng katta xavf bu - mediaijtimoiy tarmoqlar orqali  turli xildagi tafakkurga zо‘ravonlik о‘tkazish hisoblanadi. Hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri yoshlar tafakkurini himoyalash metodologiyasi, mexanizmlarini ishlab chiqishdir. Dissertatsiya ishida Iroda Berdiyeva О‘zbekiston yoshlariga qanchadan qancha katta imkoniyatlar yaratilgani, ulardan oqilona va samarali foydalanish, bо‘sh vaqtni mazmunli о‘tkazish, hamisha oldinga intilish, bugungi kundagi yod g‘oyalarga aldanmaslik, yoshlar tafakkurini ezgulik va kuchli bilim ila qurollantirish kerakligini ochib bergan.

2023-yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yangi Toshkent” shahri loyihasiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib, faollar bilan muloqot o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda Iroda Berdiyeva ham ishtirok etib, o‘z taklif va istaklarini bildirgan. Davlat rahbari tomonidan takliflar qo‘llab-quvvatlanib, Prezident hisobidan tayanch doktaranturaga qabul qilindi hamda “Yangi Toshkent” shahridan unga zamonaviy tikuv korxonasi ochib beriladigan bo‘ldi.

Mana shunday bildirilgan yuksak ishonch va katta mas’uliyatni his qilgan qahramonimiz “Yoshlar tarbiyasida mediasavodxonlik madaniyatini takomillashtirish omillari” mavzusida PhD ilmiy darajasini olish istagida harakat qilmoqda.

Uning hayotdagi shiori: “Muvaffaqiyatning eng muhim omili - bu faqat o‘zingiz!”, “Havas qil - havas qilgudek bo‘lsan!”.