MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

AHMADJONOVA MASHHURA AKRAMJON QIZI

AHMADJONOVA MASHHURA AKRAMJON QIZI

Namangan davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi sirtqi ta'limida 3-bosqich talabasi.

1999-yil 25-oktyabrda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. Millati  o‘zbek. Uychi tumanidagi 36-sonli maktabda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi.

Adabiyotning she’riyat yo‘nalishida ijod qiladi. Yetakchilik, notiqlik, tashabbuskorlik qobilyatiga ega. Uning ijodiga mansub she’rlari Respublika, viloyat, tuman matbuotlarida e’lon qilingan.

“Eng faol kitobxon” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Namangan viloyati “Yozuvchilar uyushmasi” tomonidan o‘tkazilgan “Paramon anjumani” da faol ishtirok etib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumanida o‘tkazilgan “Birinchi Respublika yosh ijodkorlar forumi”da faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.

2020-yil “O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi respublika 18-ko‘p tarmoqli konfrensiyada sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yil Toshkentda o‘tkazilgan “Bahor diydori” tanlovida “UMIRBOQIY MEROS” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2020-yil Respublika “Lider qizlar” festivalida Alisher Sa’dullaev tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

2020-yil 28-iyunda “Ezgu amal” onlayn formda sertifikat bilan taqdirlandi.

2020-yil “International girls summit-2020” xalqaro sammitda sertifikat bilan taqdirlandi.

2020-yil “Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanishi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyada sertifikat bilan taqdirlandi.  2020-yil Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga saralash ko‘rik tanlovining Uychi tuman bosqichida adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Diplom bilan taqdirlandi.

2021-yil O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyat bo‘limi tomonidan Respublika lider qizlar festivali doirasida o‘tkazilgan “LIDER GIRLS NAMANGAN-2021” festivalida sertifikat bilan taqdirlandi.

2021-yil Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limi tomonidan “Ajdodlar jasorati” mavzusidagi o‘tkazilgan tanlovda 1-darajali diplom hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

2021-yil 10-11-12-iyun kunlari Respublika miqyosida o‘tkazilgan “STRATEGY FORUM” da faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2021-yil 16-25-avgust kunlari Respublika miqyosida o‘tkazilgan “STRATEGY” forumining V mavsumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Respublika bo‘yicha 2021-yil 11-13-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Target Future Conference” onlayn konferensiyasida tengdoshlar orasida faol ishtiroki uchun sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdrilandi.

2021-yil Qozog‘iston Respublikasining “Jahon iste’dodlari jamiyati” a’zoligiga qabul qilindi.

2021-yil “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika tanlovining Uychi tuman bosqichida adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Diplom bilan taqdirlandi.

2021-yil 27-29-noyabr kunlari Respublika miqyosida o‘tkazilgan “MERGER YOUTH FORM” Respublika online forumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2021-yil “3-RENESSANS YOSHLARI” Respublika online konferensiyasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2021-yil “Ability Youth Forum 2021” Respublika online forumiida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2021-yil 5-dekabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan “Ezgulikda birlashaylik” Respublika ofline konferensiyasida faol ishtiroki uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2021-yil o‘tkazilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika tanlovining viloyat bosqichida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14 martdagi 100-sonli Qaroriga binoan ta’sis etilgan “Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Tumanda yoshlar o‘rtasida bir qator chellenge va fleshmoblar o‘tkazmoqda. Mashhura o‘zining tashabbusi bilan tumanda bir qator tadbir va tanlovlarni tashkil etgan. Jumladan: 18-noyabr O‘zbekiston  Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan “Yuksalar qo‘limizda-O‘zbekiston bayrog‘i” shiori ostida foto va rasmlar tanlovi, 2021-yil kirishi munosabati bilan “Yangi yilda yangi marralar” shiori ostida ijodiy tanlov,   30-iyul “Odam savdosiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar odam savdosiga qarshimiz” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi, Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi ijodiy ishlar tanlovlarini tashkillashtirib kelmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining majlisida berilgan topshiriqlari hamda 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5040-sonli qaroriga muvofiq maktablarda joriy etilgan Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimida tumandagi 36-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida faoliyat yuritib, “Yosh qalamkashlar” to‘garagiga rahbarlik qilib kelmoqda. Ushbu to‘garak a’zolari bo‘lgan bir qator shogirdlari ham tuman, viloyat tanlovlarida faol ishtirok etib, g‘olib bo‘lmoqdalar. Jumladan shogirdi Pokiza Axmadjonova 2021-yil “Kamalak yulduzlari” Respublika ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi lauriyati bo‘ldi. Shuningdek Respublikada o‘tkazilgan yil ijodkori tanlovida “Yilning eng yosh ijodkori” sifatida g‘olib bo‘ldi. To‘garakning yana bir a’zosi Ma’rufjon Maxammadaliev “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida san’at yo‘nalishida, Yusupova Shohista esa tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha “Olov tilsiz yov” tanlovida g‘olib bo‘lishdi.

2021-yil 15-dekabr kuni “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusidagi treningni muvaffaqiyatli yakunligi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2022-yil 31-yanvar, 1-2-fevral kunlari Parvoz yoshlar forumining 3-mavsumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2022-yil London konfrensiyada faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2022-yil “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovining tuman bosqichida ishtirok etib, nazm yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni egallagani uchun 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

2022-yil MDX davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh olim-2022” tanlovida ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib Qozog‘iston Respublikasida 1-darajali diplom hamda ko‘krak nishon bilan taqdirlandi.

2022-yil Rassiyaning “Renome” nashri tomonidan “XXI vek. Molodej novogo Uzbekistana” nomli kitob uchun sertifikatni qabul qildi.

2022-yil “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika tanlovining Namangan viloyat bosqichida faol ishtirok etgani uchun sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” Respublika tanlovining tuman bosqichida faol ishtirok etib 1-o‘rinni egallagani uchun 1-darajali diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Viloyat yosh ijodkorlarining “Poromon -2022” anjumanida faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi rahbari tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2022-yil “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” Respublika tanlovining viloyat bosqichida faol ishtiroki uchun sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2022-yil Mahalla yoshlari o‘rtasida besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Mushoira tanlovining Namangan viloyat bosqichida faol ishtiroki uchun sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli foydalanadi. Feysbook tarmog‘ida o‘z kuzatuvchilariga ega. Daryo.uz, Ziyonet.uz, Kun.uz, Ayol.uz, Xabar.uz kabi saytlardan keng foydalanadi.

Mashhura “Kamalak” bolalar tashkilotida Uychi tuman koordinatori vazifasida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Sardorlar bilan ko‘plab loyihalarni amalga oshirishadi. O‘zi tayyorlagan sardorlar “Eng namunali hududiy sardorlar kengashi” respublika ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichida faol ishtirok etishdi. 36-maktabdagi o‘quvchilari “Kamalak bilimdonlari” Respublika tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida 4-o‘rinni egallashdi.

Hozirda yoshlar ittifoki Namangan viloyat kengashining faol a’zosi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi faoli, Xalq demokratik partiyasi Uychi tumani kengashi “Istiqbol yoshlar qanoti” koordinatori.

Mashhura Axmadjanova hozirda Respublika Yosh olimlar Kengashi a’zosi hisoblanadi.