Abdurahimova Dilnavoz Boqijon qizi 2003-yil 18-mayda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tavallud topgan. Dastlab, tumandagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabda keyin esa, 2-ixtisoslashtirilgan maktab- internatida tahsil olgan. Maktab-internatda bir qancha tanlovlarda qatnashib viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan. O‘qish davomida barchaga o‘rnak bo‘lib kelgan.
Dilnavoz Abdurahimova “Kitobxonlik oyligi” doirasida o‘tkazilgan olimpiadaning mutlaq g‘olibi. Maktab-internatni oltin medal bilan tamomlagan. 2020-yil Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishiga qabul qilingan. 2021-yildan hozirgi vaqtgacha “Iqtidorli yoshlar” kengashi a’zosi hisoblanadi.
2020-yil oʻquv yilida ona tili va adabiyotidan oʻtkazilgan olimpiada viloyat bosqichi gʻolibi. Qator tanlovlar, xususan, viloyat miqyosida o‘tkazilgan tanlovda “Eng ta’sirli g‘azal” nominatsiyasini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2020-yili boʻlib oʻtgan “Men oʻqigan kitob” tanlovining viloyat bosqichi gʻolibi hamda “Yosh kitobxon” musobaqasida viloyat bosqichida faxrli oʻrinni qo‘lga kiritib, viloyat hokimining e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
2022-yil Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan insholar tanlovida “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” deb nomlangan inshosi bilan ishtirok etib 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2019-2022-yillar davomida First International MODEL III, International “NEW LIFE MODEL UNITED NATIONS”, International UNION X, “INTERNATIONAL UNION V” III session, “Bukhara International Youth Conference”, “Aral Sea Youth Online Conference” xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib, sertfikatlarni qo‘lga kiritgan. U koʻplab she’riyat tanlovlarida ishtirok etgan, xususan, “Navoiy nazmi dillarda” tanlovining mutlaq gʻolibi boʻldi. Shuningdek, “Biz sevgan adib”, “International forum solidarity forum for Afghanistan and Uzbekistan youth”, “UPWARD GROWTH FORUM” da, “Xotira aziz-jasorat mangu” she’rlar tanlovida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab Respublika iqtidorli talaba-yoshlar klubi Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston-Vatanim manim” tanlovida, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Fargʻona viloyati kengashi Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi hamda Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Fargʻona shahridagi filiali bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Xotira aziz - jasorat mangu” insholar tanlovida, “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” deb nomlangan insholar “Eng yaxshi insho” nominatsiyasi boʻyicha 1-o‘rinni egallagan.
Bundan tashqari, 2022-yil bo‘lib o‘tgan “Gerbim-faxrim” intellektual olimpiadasining “Eng faol bilimdon” nominatsiyasiga sazovor bo‘lib, Respublika bosqichi g‘olibasi. Universitet rektorining e’tirofiga bir necha marta sazovor bo‘lgan. Uning koʻplab maqolalari ingliz va rus tillarida Amerika, Rossiya kabi jahonning qator mamlakatlarining konferensiya va jurnallarida e’lon qilingan.
Uning filologiya sohasidagi faoliyati tilshunoslik yo‘nalishi bilan bog‘liq. Bundan koʻzlangan maqsad zamonaviy tilshunoslik muammolarini yechishdan iborat.