Sharapova Saboxat Djabbarovna 1968-yil 29-yanvarda Buxoro viloyati Kogon shahrida tavallud topgan. Oilali 2 nafar farzandi bor. Hozirgi kunda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida istiqomat qiladi.
Guliston davlat universitetida ilk faoliyatini – universitet psixologi lavozimidan boshlagan Sabohat Sharapova shu kungacha talabalarga psixologiya fanlaridan saboq berish bilan birga, viloyatda taniqli psixolog sifatida aholiga beminnat xizmat ko’rsatib kelmoqda.
Olima 2020-yilda “Yoshlarda mafkuraviy immunitet shakllanganligining ijtimoiy –psixologik jihatlari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib 19.00.05. Ijtimoiy-psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini qo‘lga kiritdi.
Saboxat Sharapovaning 50 dan ortiq ilmiy maqolalari, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy asoslangan monografiyalari mavjud bo‘lib,u ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo’shib kelmoqda.
Sharapova Saboxat Djabbarovna 2020-2022-yillar davomida Guliston davlat universitetida Ilmiy bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borib, universitet ilmiy salohiyatining oshishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi.
Hozirgi kunda Sharapova Saboxat 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Talabalarda ijtimoiy makon va axborot tahdidlarisharoitida virtual madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy psixologik jihatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.