O‘rinboyev Аbdumalik Аbduqunduzovich 1955-yil 13-noyabrda Аndijon viloyati, Shaxrihon tumani, Naynavo qishlog‘ida kolxozchi oilasida tug‘ilgan. 1963-yilda qishloqdagi Maksim Gorkiy nomidagi № 41- sonli o‘rta maktabini 1 - sinfga o‘qishga kirib, 1973-yilda o‘rta maktabni tugatgan.
1973-1974-yillarda Moskva paxta tozalash zavodiga qarashli Naynavo paxta tayyorlash maskanida elektrik vazifasida o‘z ish faoliyatini boshlagan. 1974-1976 yillarda sobiq sovet armiyasi safida xizmat qilgan.
1976-1982-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutining kechki bo‘limida o‘qish bilan birga, kunduzi Butinittifoq markaziy paxta tozalash ilmiy - tekshirish institutida katta muhandis vazifasida ishlagan. 1982-2015-yillarda Аndijon viloyati Bo‘z (Bo‘ston) tumanidagi paxta tozalash zavodida avvaliga o‘qitish bo‘yicha muhandis, keyinchalik rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishladi.
1987 –1989-yillarda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda Butunittifoq Ratsionalizatorlik institutida “Patentshunos” mutaxasisligini olib, qishloqda ratsionalizatorlik ishlarini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shgan. 1996-yildan fermerlik harakatiga qo‘shilib, 2007-yildan Shaxrihon tumanida “Naynavo oqshomi” nomidagi ilmiy eksperimental urug‘chilik fermer xo‘jaligini tashkil qilib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tajribalarni keng ommaga tanishtirish ishlarida naʼmuna sifatida faoliyat olib borish bilan birga, 2016-yildan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutiga qarashli Аndijon ilmiy tajriba stantsiyasida ilmiy ishlarni ishlab chiqarishga joriy qilishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati: 10 ta ilmiy kitob, jumladan 2ta monografiya, 8 ta ixtiro va yangiliklar, 22 ta selektsiya yutuqlari, 122 dan ortiq ratsionalizatorlik takliflarni va 80 dan ortiq ilmiy maqolalarni muallifi.
O‘rinboyeva Аbdumalik Аbduqundizovich hozirgi kunda – “Naynavo oqshomi” ilmiy eksperimental urug‘chilik ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida selektsioner - patentshunos, O‘zbekiston tibbiy – ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar “TАBOBАT” Аkademiyasining a’zosi, Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti “TURON” fanlar Аkademiyasining Faxriy Аkademigi sifatida o‘z ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.