MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ZARIPOVA DILFUZA BAXTIYOROVNA

ZARIPOVA DILFUZA BAXTIYOROVNA

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), Buxoro ichki ishlar akademik litseyi "Tillarni o'rganish" kafedrasi mudiri

Zaripova Dilfuza  Baxtiyorovna 1981-yil 10-oktabrda Buxoro tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1988-1998 yillarda Buxoro shahar 26- umumta’lim maktabini tugatgan. 1998-2002-yillarda Buxoro davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2003-2005-yillarda Buxoro davlat universitetini, Adabiyotshunoslik  mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani  tugatgan. Pedagogik staji 20 yil. Bosh toifali o‘qituvchi. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD). Hozirgi vaqtda Buxoro ichki ishlar akademik litseyi "Tillarni o'rganish" kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

U ona tili va adabiyot fanidan talabalarga mukammal bilim berib, shu fan bo‘yicha ko‘plab o‘quv-uslubiy va test to‘plamlari chop etdi. Shuningdek, o‘z fani bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar, slaydlar, plakatlar, kichik dasturlar tayyorlab darslarda keng qo‘llab kelmoqda.

2003-yilda “Yilning eng yaxshi kasb-hunar ta’limi o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 2-o‘rinni egalladi. Shu yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodligi  tanlovida faol ishtirok etdi. U bilim berayotgan guruh o‘quvchilari viloyat va respublika miqyosidagi olimpiadalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Hikmatova Nigina 2013- yilda o‘zbek tili fani bo‘yicha viloyat olimpiadasida 1-o‘rinni, Radjabova Marjona ona tili va adabiyot fanidan shahar olimpiadasida 3-o‘rinni, Ergasheva Zebi 2015-yilda ona tili va adabiyot fanidan shahar olimpiadasida 2-o‘rinni, Istamova Sohiba 2016-yilda ona tili va adabiyot fanidan shahar olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi.

Do‘stmurodova Shahrizoda (3-kurs) 2019-yilda o‘zbek tili fanidan viloyat olimpiadasida 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘l oldi  va 2020-yilda G‘aybullayeva Laylo ona tili va adabiyot fanidan  viloyat olimpiadasida 1-kurslar orasida 1-o‘rinni, 2022-2023-o‘quv yilida Rajabova Shahrizoda o‘zbek tili fanidan viloyat olimpiadasida  2-o‘rinni egalladi.

Zaripova Dilfuza Baxtiyorovna  2022-yilda   “Didaktik  asarlarning qiyosiy-tipologik tahlili” mavzusida tadqiqot olib borib, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.  D.B.Zaripova 2016-yilda filologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan respublika seminarida ishtirok etdi. Shu yilda o‘qituvchi tomonidan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” hamda “Ijodkorlik-fikriy tiniqlik belgisi” mavzuidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari yaratilib, respublika miqyosida ommalashtirildi. Shuningdek, ustozning “Ijodkorlik-fikriy tiniqlik belgisi”, “Suvrat va siyrat”, “Adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari”, “O‘qituvchi mahorati” kabi maqolalari matbuotda chop etilib, ular ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasini boyitishga hissa bo‘lib qo‘shildi.

Shu yillar davomida o‘z bilim saviyasi mahorati bilan o‘quvchilarning sevimli muallimiga aylandi.O‘quvchilaridan Nabieva Rushana 2012-yilda Respublika yoshlar tanlovida nasr yo‘nalishi bo‘yicha I o‘rinni egalladi. Salimova Gulchehra “Konstitutsiya-mening taqdirimda” mavzusidagi esselar tanlovida g‘olib bo‘ldi.

D.B.Zaripova O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tashkil etilgan respublika o‘quv-amaliy seminarida namunali “O‘quv-metodik material” namoyishi bo‘yicha I darajali diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, u 2016-yilda filologiya yo‘nalishi bo‘yicha Respublika metod birlashma a’zoligiga qabul qilindi.

U o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida doimiy ravishda ochiq darslar tashkil qiladi. Uning Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy dostoni tahlili“ mavzusidagi ochiq darsi respublika miqyosida ommalashtirildi. “Barqaror birikmalar tasnifi”, “Ahmad Yassaviy hikmatlari tahlili”, “Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani tahlili” mavzusidagi ochiq darslari mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Uning o‘z sohasini mukammal bilishi, tashabbuskorligi bilan yosh pedagoglarga uslubiy yordam ko‘rsatishi maqsadida 2015-yilda Buxoro viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida ona tili va adabiyot fani sho‘ba  rahbari etib tayinlandi.

2019-yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi Xorijiy  tillar yo‘nalishi 110-guruhda “Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari tahlili” mavzusini o‘zbek va ingliz tillarida ochiq dars o‘tkazdi. Bu ochiq darsi viloyat miqyosida ommaviy axborot vositalari orqali viloyat miqyosida ommalashtirildi.

D.B.Zaripova darslarda va to‘garak ishlarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘ururni shakllantirish borasida tinimsiz izlanmoqda.

Shu bilan birga Buxoro viloyati televideniyasi tomonidan uning pedagogik faoliyati “Mustaqillik mening taqdirimda” ko‘rsatuvi orqali yoritib berildi.

D.B.Zaripova umumiy o‘rta va o‘rta  maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quv dasturlarini takomillashtirishni tashkil etish to‘g‘risida tashkil etilgan ishchi guruh a’zosi. 2022-yil 25-oktabrda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan “Ilm-fan fidokori” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanloviga ilmiy maqolasi bilan qatnashdi va g‘olib sifatida “Ustozlar kengashi” MChJ  ilmiy tahririyati kengashi tomonidan “Ilm-fan fidokori” ko‘krak  nishoni, diplom, sertifikat bilan taqdirlandi. 2022-yil 9-noyabr kuni Buxoro viloyat televideniyasi ustozni “Assalom Buxoro” ko‘rsatuviga taklif etishdi.

D.B.Zaripovaning 100 dan ortiq o‘quvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha respublikamizning turli oliygohlarida tahsil olishmoqda. D.B. Zaripova tomonidan hozirgi kunga qadar  50 dan ortiq ta ilmiy  ish e’lon qilingan.