Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi ta’minlanishiga, “Kadarlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan uzluksiz ta’limni amaliyotga joriy qilishga, qurilish, geodeziya va kadastr sohalarida yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan iqtidorli va tashabbuskor pedagog murabbiydir.
Munavvar Yuldasheva 1950-yil 13-avgustda Samarqand shahrida tavallud topgan. 1972-yili Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Arxitektura” fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatib, o‘sha yilning o‘zida Ta’lim vazirligi taasarrufidagi “Uzmejkolxozproekt” loyiha institutiga ishga yuborildi. Institutdagi 7 yillik mehnat faoliyati davomida arxitektordan yetakchi arxitektorgacha bo‘lgan lavozimlarda ishladi. Loyiha institutida ishlagan davrida u tomonidan 11 ta obyekt loyihalashtirilgan va qurilgan.
M.K.Yuldasheva pedagogik faoliyatini 1979-yildan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Arxitekturaviy loyihalash” fakultetida boshladi. 1979-2019 yillar mobaynida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasida assistant, o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat olib bordi. 2019-yildan esa “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasida dosentlik lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.
Dotsentlik lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.
Dotsent Yuldasheva Munavar Kadirovna ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 50 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumaladan 1 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta o‘quv metodik qo‘llanma tayyorlagan. 2018 yilda “Proektirovanie jilix I obshestvennix zdaniy” nomli o‘quv metodik qo‘llanma, 2019 yilda “Arxitekturnoe proektirovanie”, “Kinokonsertnie zali”, 2021 yil “Inter’er I oborudovanie”, “Inter’er obshestvennix zdaniy”, 2022-yil “Landshaftnaya arxitektura mnogoprofil’nix parkov I skverov Uzbekistana” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi. 2023-yilda “Rekonstruksiya I restavratsiya arxitekturnix pamyatnikov (na primere istoricheskix gorodov Uzbekistana)” darslik chop etildi.
Dotsent Yuldasheva Munavar Kadirovna kafedradagi keyingi 5 yilllik faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqola va boshqa nufuzli xalqaro bazalardagi ilmiy jurnallar hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida chop etildi.
Uning arxitektura ta’limi va fanini rivojlantirish, uning yangi qirralarini ochish sohasidagi xizmatlari xalqaro miqyosda ham e’tiborga sazovor bo‘lgan. Jumladan, M.Yuldashevaning ilmiy ishlari mamlakatimiz va chet ellarda-Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarning nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilgan.
2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyuldagi Farmoniga binoan tavsiya etilgan “O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi” esdalik nishoni bilan takdirlandi, shuningdek O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining “Yosh avlod tarbiyasi” faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.
Ma’lumki, mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini kuchaytirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Natijada bugungi kunda ayollar jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tobora yetakchi o‘rinlarni egallab, ta’lim, madaniyat va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
M.K.Yuldasheva Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetining “Arxitektura” fakultetida 15 yil davomida fakultet xotin-qizlar kengash raisi bo‘lib ishladi. Shuningdek, u universitetning “Olima ayollar” uyushmasi a’zosi va shu uyushmada “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” I Respublika ko‘rik tanlovining Samarqand viloyati bosqichida o‘z innovasion loyihasi bilan g‘olib bo‘lganligi tahsinga sazovordir.
M.K.Yuldasheva Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetining “Arxitektura” fakultetida 15 yil davomida fakultet xotin-qizlar kengash raisi bo‘libishladi. Shuningdek, u universitetning “Olima ayollar” uyushmasi a’zosi va shu uyushmada “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” I-Respublika ko‘rik tanlovining Samarqand viloyati bosqichida o‘z innovasion loyihasi bilan g‘olib bo‘lganligi tahsinga sazovordir.