MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

YAVKACHEVA ZULXUMOR ABDURASILOVNA

YAVKACHEVA ZULXUMOR ABDURASILOVNA

Toshkent davlat transport universtiteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Yavkacheva Zulxumor Аbdurasilovna Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi  22–o‘rta maktabni tugatib, 1986-yilda ToshDUning fizika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1991-yilda Universitetni muvaffaqiyatli tugatib, Universitet yo‘llanmasi bilan Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 27–o‘rta maktabda fizika fani o‘qituvchisi bo‘lib ish boshladi. 1993-yildan 1998-yilgacha Paxtachi tumani xalq taʼlimi bo‘limida Fizika fani uslubchisi, 21–o‘rta maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, maktab direktori lavozimlarida ishladi. 1998-yilda Pedagogika Fanlari Ilmiy tadqiqot institutiga, sirtqi aspiranturaga o‘qishga kirib, uni 2002-yil tugatdi. 1999-yildan ToshTYMI “Fizika“ kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlab keldi. 1999-2023-yillar mobaynida Yavkacheva Z.А. pedagog sifatida yetuk mutaxassis bo‘lib tanildi.

Z.А.Yavkacheva ish faoliyati davomida 2012-2023-yillar O‘quv - uslubiy majmua, “Fizika“ barcha texnik taʼlim yo‘nalishlari uchun tayyorlashda, laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko‘rsatmalarni tayyorlashda faol qatnashadi, shu bilan birga Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston davlatlarida, universitetimizda o‘tkaziladigan ilmiy–uslubiy konferentsiyalarda maqolalari va tezislari bilan qatnashib kelmoqda.

Interfaol usullardan talabalarning bilimi, malaka va ko‘nikmalarini, psixologik rivojlanish darajasini hisobga olgan holda maʼruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tish jarayonida interfaol usullardan foydalangan holda sinov darslarini olib bormoqda.

Olingan natijalar asosida maqolalari bilan ilmiy- uslubiy konferensiyalarga qatnashib, sertifikatlar bilan taqdirlandi. Z.А.Yavkacheva nafaqat ilmiy sohada, balki oilaviy – axloqiy jihatdan va ijtimoiy faoliyat sohasida ham namunali inson sifatida tanilgan.

O‘ziga topshirilgan ishni halol va maromiga yetkazib bajaradi. Intizomi va printsipialligi bilan jamoada obro‘ qozongan. Universitet va fakultetda bajariladigan jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda va shu bilan birga guruh murabbiyi, “Elektromexanika” fakulteti murabbiylar kengashi raisi sifatida talabalar orasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni olib bordi.Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida talabalar o‘rtasida kitobxonlik bo‘yicha fakultetlararo tadbir o‘tkazilib kelinmoqda.

Z.А. Yavkacheva raxbarligida 40 ortiq talabalar Ukraina, Rossiya, Jizzax, Samarqand, Toshkent oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib o‘tgan konferentsiyalarda o‘z maqolalari bilan faol qatnashib kelmoqdalar. 2012-2023-o‘quv yillarida guruh talabalari bilan Qariyalar Pansionatiga, Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga, 30- Mehribonlik uyiga, Olmazor tumanidagi 100- sonli ixtisoslashtirilgan maktab- internatda 1- iyun  “Xalqaro bolalar kuni” ga,    “Xotira va qadrlash kuni” “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlab, xayriya tadbirlari yillar davomida o‘tkazildi.

Z.А.Yavkacheva jamoat orasida to‘g‘riso‘z, maʼnaviy yetuk, o‘z hamkasblariga nisbatan do‘stona munosabatda. Kafedradagi jamoat ishlarida faol qatnashadi, kafedra kasaba uyushmasi, xotin – qizlar uyushmasi boshlig‘i sifatida ish yuritib boradi.

Z.А.Yavkacheva mehnat faoliyati davomida erishgan yutuqlari:

1. 1993-1994-yillar Samarqand viloyati Paxtachi tumanida “Yil o‘qituvchisi “ ko‘rik tanlovida qatnashib, tumanda 2–faxrli o‘rinni egalladi. Paxtachi tumani xalq taʼlimi bo‘limida fizika fani uslubchisi bo‘lib ishladi. Institut va universitet “Faxriy Yorliq” lari bilan taqdirlandi;

2. 2004-yil. 28-30 aprel. May oyida chet el o‘quv yurtlarida va markazlarida malaka oshirish uchun “Isteʼdod” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan konkursda qatnashdi;

3. 2015-yil. “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi“ tanlovining Tabiiy fanlar taʼlim sohasi “Mutaxasisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida institut bosqichida I o‘rin sohibi Z.А.Yavkacheva faxriy yorliq bilan taqdirlandi;

4. 2017-yil ToshTYMI talabalarining “Zavqli, isteʼdodli yoshlar” festivalining “Fizika fanining eng yaxshi tyutori” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olibi sifatida “Diplom” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi;

5. 2019-yil. “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II- Respublika tanlovida o‘z innovatsion loyihasi bilan faol ishtirok etganligi uchun “Faxriy Yorliq” bilan taqdirlandi;

6. 2019-yil IP-Centre, Certificate. AGENCY ON THE INTELLECTUAL PROPERTY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN “IP-CENTRE “STATE UNITARY ENTERPRISE CENTER ON RETRAINING AND ADVANCED TRAINING IN THE SPHERE OF INTELLECTUAL PROPERTY. IP-Centre, Certificate, O deponirovaniya obʼektov avtorskogo prava;

7. 2021-yil “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi“ tanlovining Tabiiy fanlar taʼlim sohasi “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida Toshkent davlat transport universiteti bosqichida I  o‘rin sohibi Z.А.Yavkacheva faxriy yorliq, pul mukofoti bilan taqdirlandi va respublika bosqichiga yo‘llanma oldi;

8. 2021 year International Book Edition of the countries of the Commonwealth of Independent States “Best in EDUCATION” 2021. Qozog‘iston davlatida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining “Eng yaxshi pedagog – 2021” xalqaro ko‘rik tanlovida qatnashib, 2 darajali “Diplom” va “Ko‘krak medali” bilan taqdirlandi.

9. 2022-yil СЕРТИФИКАТ: Некоммерческая профессиональная ассоциация “ Наука в Евразии” резидент Дубайского научного парка Г.Дубай Успешно прошла семь обучающих модулей по написанию , оформлению и публикации научных статей в рецензируемых изданиях , индексируемых в ведущих базах данных в объеме 14 академических часов;

10. 2022-yil SERTIFIKАT: “Kreativ Pedagog” onlayn kursi aʼlo darajada o‘zlashtirildi;

11. 2023-yil ”Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazining qaroriga asosan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan xalqaro tanlovda qatnashib, “Intellektual izlanuvchi” esdalik nishoni va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat   pedagogika universiteti, “Аmaliy psixologiya” yo‘nalish 4-kurs (sirtqi) 2-chi Oliy taʼlim muassasasidа tahsil oladi.

Fizika fanidan o‘quv-uslubiy majmua, elektron o‘quv modul, barcha texnik taʼlim yo‘nalishlari uchun “Fizika” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlariga doir rus va o‘zbek tillarida 6 ta uslubiy ko‘rsatma, 10 ta mualliflik guvohnomalari, 7 ta uslubiy qo‘llanma 1 ta test savollari materiallari to‘plami tayyorlashda va chop etishda hammuallif sifatida, laboratoriya mashg‘ulotlaridan ishlarni modernizatsiyalashda ham faol qatnashdi. Zamonaviy pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim – tarbiya jarayonida samarali qo‘llash natijasida tayyorlagan maqolalari bilan Xalqaro jurnallarda, konferensiyalarda, Respublika miqyosida 200 dan ortiq maqolalari va tezislari bilan qatnashib, ilmiy – uslubiy konferensiya materiallari to‘plamida maqolalari chop etilgan. Hozirgi vaqtda “Fizika fanini o‘qitishda ekologik mazmundagi laboratoriya ishlarini bajarish metodikasi“ mavzusida doktorlik ishi bilan shug‘ullanmoqda.