MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

XOLMUROTOV MANSURBEK ZARIPBAYEVICH

XOLMUROTOV MANSURBEK ZARIPBAYEVICH

Qishliq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi mudiri, dotsent

Xolmurotov Mansurbek Zaripbayevich 1982-yil 1-sentabrda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. 1988-1997- yillari 2-umumta’lim maktabida, 1997-2000- yillari 15-son kasb-hunar maktabi, 2000-2004- yillari Toshkent davlat agrar universitetida o‘rmonchilik ishi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichi va 2004-2006-yillari Aholi yashah joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaftli qurilish mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichi, 2007-2009-yillari aspiranturada tahsil olgan. 2018-yilda “Handon pista plantatsiyalarini barpo etishda uning istiqbolli nav va shakllarini asoslash” mavzusida qishloq xо‘jaligi fanlari bо‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mehnat faoliyatini 2006-2015-yillari Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmonchilik kafedrasi assistenti sifatida boshlagan. 2015-2018-yillari Manzarali bog‘dorchilik kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2018-2020-yillarda dotsent, 2020-2021-yillari Manzarali bog‘dorchilik kafedrasi mudiri, 2021-yildan O‘rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati davomida О‘rmonlarning bioxilma xilligini saqlash, mahsuldorligini oshirish, aholi yashash joylarini kо‘kalamzorlashtirish muammolarini yechishga qaratilgan bir qancha ilmiy loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2017-2018-yillarda “Landshaft dizayni uchun manzarali butalar ona kolleksiyasini barpo etish”, 2020-2022-yillarda “Asal beruvchi daraxt, buta turlari va ularning plantatsiyalarini joylashtirish texnologiyasi”, 2022-2023- yillarda “О‘rmon fondining tog‘oldi maydonlarida xandon pistaning (Pistacia L.) xorijiy navlari plantatsiyalarini barpo etish agrotexnologiyasini ishlab chiqish”, 2023-2024-yillarda bajariladigan “Yangi yaratilgan pista navlarini rayonlashtirish” mavzusidagi loyihalarda ma’sul bajaruvchi bо‘lib ishlab kelmoqda.

Shuningdek, 2018-2020-yillar davomida Bioversity/UNEP-GEF “О‘zbekistonning qishloq xо‘jalik ishlab chiqarish tizimlarida ekosistemalarni boshqarish va qо‘llab-quvvatlash funksiyalarini yaxshilash uchun qishloq xо‘jalik ekinlari bioxilma-xilligini saqlash va undan barqaror foydalanish” loyihasida konsultant sifatida ishtirok etgan.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida M.Xolmurotov xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib 100 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. 2010-yilda Toshkent shahrida о‘tkazilgan “О‘rmon va mevali turlar bioxilma xilligini saqlash va barqaror foydalanish” mavzusidagi respublika yosh olimlar konferensiyasida “Eng yaxshi ma’ruza” nominatsiyasida birinchi о‘rinni olgan. 2013-yil Xitoyning Pekin shahrida Xalqaro bioxilma xillikni saqlash bо‘yicha о‘tkazilgan simpoziumda ma’ruza bilan ishtirok etgan.

2020-yil mart oyida Turkiyaning Karabuk universiteti bilan “Mevlana almashuv dasturi” (Mevlana exchange program) doirasida О‘rmonchilik yо‘nalishi bо‘yicha talabalar va professor-о‘qituvchilarni о‘zaro almashuv yuzasidan shartnoma imzolanishiga erishilgan.

2020-yilda Qozog‘iston milliy agrar universitetida onlayn tarzida о‘tkazilgan yozgi maktabda Agroturizm yо‘nalishi bо‘yicha ishtirok etib, ushbu yozgi maktab doirasida о‘tkazilgan Startap loyihalar tanlovida ishtirok etib 3-о‘rinni egallagan.

2022-2023-yillarda kuz-bahor mavsumidagi Respublika “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika ekspert guruhi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi ilmiy-texnik kengash a’zosi.