MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

VARDIYASHVILI  AFDANDIL ASQAROVICH

VARDIYASHVILI AFDANDIL ASQAROVICH

Texnika fanlari nomzodi, Qarshi davlat universiteti Fizika fakulteti Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedrasi mudiri

Vardiyashvili Afandil Asqarovich 1999-yilda S.A.Azimov nomidagi O‘zRFA “Fizika-Quyosh” IIB fizika-texnika institutida 05.14.05-Issiqlik texnikasi nazariy asoslari va 05.14.08 -“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosida energiya qurilmalari” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi va 2009-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2009-yil Qarshi davlat universiteti, “Issiqlik fizikasi va energetikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, universitet rektorining 2011-yil 11-oktabrdagi 505 X-sonli buyrug‘iga asosan “Issiqlik fizikasi va energetikasi” kafedrasi dotsenti lavozimiga tayinlangan.

2012-yil “Issiqlik fizikasi va energetikasi” kafedrasi mudiri, 2014-2020-yillar Kasbiy ta’lim kafedrasi mudiri, 2021-yildan Fizika fakulteti Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmokda.

A.Vardiyashvilining Rossiya, Germaniya, Kursk, Chita, Qirg‘iziston, Toshkent, Samarqand, Namangan, Farg‘ona shaharlarida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zining ilmiy maqolalari va ma’ruzalari bilan qatnashgan.

Hozirgi kunga qadar 1 ta darslik, bir necha uslubiy qo‘llanmalar, 90 ga yaqin ilmiy, o‘quv-uslubiy, ommabop ishlar va ikkita monografiya nashr etilganini, uning rahbarligida 2 ta (PhD) dissertatsiya  05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) darajasini olganligini, 15 ta magistrlik dissertatsiyasi va 40 dan ziyod bakalavrlik bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilgan.

2012-2018-yillarga mo‘lajallangan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida bajarilgan DITD-13-031, ITD-4-15, A-4-47 loyihalarga rahbarlik qilgan. 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan ITD-4-15 -Noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanib ishlaydigan kombinatsiyalashgan quyosh qurilmasi “Issiqxona-suv chuchutgich-meva sabzavot omborxona” loyihasiga rahbarlik qilgan.

“Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusidagi 2014-2017-2019-2022 yillar 28-29 aprel kunlari Qarshi davlat universiteti “Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasida o‘tkaziladigan Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik konferensiyasini tashkil etgan.

2011-yil 23-dekabr № FAP 00683 “O‘simlik mahsulotlarini saqlash va yetishtirish uchun tejamkor uyg‘unlashgan qurilma” mavzusida foydali modelga patent olgan.

Kafedra dotsenti  A.A.Vardiyashvili 2022-yil 17-21-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro innovatsion g‘oyalar xaftaliligi “InnoWeek.Uz-2022”  da ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etdi.

2016-2020-yillarga mo‘jallangan Yevropa ittifoqining “Erasmus+” “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasiga rahbarlik qilgan. Loyiha dasturi doirasida Bolgariya, Shvetsiya, Germaniya va Italiya  davlatlarida  tashkil etilgan seminar va malaka oshirish kurslarida faol qatnashgan.

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” laboratoriyasini Germaniya va Ispaniya davlatlarda ishlab chiqarilgan 40 ming yevrolik 10 turdagi laboratoriya jixozlar bilan tashkil etgan.

2022-yil  may oyida BIMM da, TDTU xuzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazida 2019-yil 85 ball va 2019-yil Berlin texnik universitetida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarni muvofaqqiyatli tugatgan.

2020-yil Oloviddinov Saidkabir Muxammad Yaxiye o‘g‘li Mukobil energiya manbalaridan foydalanishning ilmiy asoslari fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida sovrindori bo‘lganlini aytib o‘tdi.

Vardiyashvili A.A. Mukobil energetika tizimdagi fanlarni murakkab tomonlarini talabalar va magistrlarga o‘rgatishda ko‘mak berib kelmoqda, universitetdagi barcha jamoat ishlarida faol qatnashadi, jamoamiz orasida hurmatga ega, ma’suliyatli, to‘g‘ri so‘z, talabchan, o‘rtoqlariga nisbatan mehribon va g‘amxo‘r xodim sifatida obro‘-e’tiborga ega.