Toshpulatova Shaxlo Ochilovna 1979-yil 9-martda Navoiy viloyati Karmana tumani Durman qishlog‘ida tug‘ilgan.
1986-1996 yillarda 3-o‘rta ta’lim maktabini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1996-2001-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Fizika-mematika fakultetining Fizika va informatika yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2002-2004- yillarda Samarqand davlat Universitetining Lazer fizikasi mutaxasisligi bo‘yicha magistraturani ham imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2004-2010 yillar davomida Navoiy davlat pedagogika institutining “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasida o‘qituvchi, 2010-2020-yillarda katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
2019-yilning 20-aprelida 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini O‘zR TFA akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor Ibraimov Xolboy Ibragimovich ilmiy rahbarligi muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2019-yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 265/1- sonli bayonnomasiga asosan Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.
2021-yil 30-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 302/1-sonli bayonnomasiga asosan 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.
2022-yil 31-mayda “Bo‘lajak fizika o‘qituvchisining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari” nomli monografiyasi Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy Kengashining 10-son qaroriga asosan chop etishga ruxsat etilgan. Buxoro davlat Universiteti Psixologiya kafedrasi huzuridagi “OT-F1-002- Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy – immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental - tadqiqot loyihani amalga oshirishda ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-yil 5-maydan Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasining SAI-066 raqamli guvohnomasiga asosan “Science and Innovation” nomli Xalqaro jurnalda tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2014-2022-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutida Fizika-Matematika fakulteti 3-kurs talabalari orasida “Metodlar birlashganda usullar jangga kirar” nomli o‘quv-metodik an’anaviy fan oyligi va ko‘rgazmali seminar muallifi ham hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan 3-sonli majlis bayonining 38-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Bir mahallaga – bitta ziyoli ma’naviy homiy” tamoyili asosida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Furqat” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan bo‘lib, faoliyati davomida mahalladagi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, ta’limiy va tarbiyaviy sohalarda o‘z ko‘magini berib kelmoqda. Ushbu mahallada yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga jalb etish borasida samarali faoliyat olib borayotganligi uchun mahalla raisi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2022-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi rahbari huzurida 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 sonli “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida va “Universitet-maktab-mahalla-oila” modelini yo‘lga qo‘yish maqsadida Konemex tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Karmana tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borgan. Shaxlo Ochilovna 18 yillik pedagogik faoliyati davomida 1000 dan ortiq shogirdlar 30dan ortiq iqtidorli talabalar bilan samarali faoliyat olib borgan. Bevosita uning rahbarligida “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabasi 4-kurs talabasi Aslonova Elnora va 2-kurs talabasi Azamov Muhammad 2021-yilda Respublika fan olimpiadasida “Fizika” fanidan faxrli o‘rinlarni egallagan va Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining II va III darajali diplomi bilan taqdirlangan.
Bulardan tashqari, o‘zining tashabbuskorligi, intiluvchanligi, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faolligi, kompyuter texnologiyalaridan yuqori darajada foydalana olish ko‘nikmasiga ega ekanligi, yurtimiz tarixini mukammal bilganligi hamda bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblangan chet tillarini (rus va ingliz tillari) puxta egallaganligi muhim ahamiyatga ega.
Turon fanlar akademiyasi perzidumining 2022-yil 20-fevral 2/02-22 bayonnomasi va 246-FA guvohnomasiga asosan Faxriy akademik ilmiy unvoni va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Tabiatan iqtidorli, mohir pedagog va iste’dodli fan fidoyisi 2022-yil “Yil ayoli”milliy tanlovi “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha viloyat bosqichida 1-o‘rinni Respublika bosqichida 3-o‘rinni egallagan.
Shaxlo Ochilovna ma’naviy jihatdan yetuk inson sifatida bilib, institut jamoasi, qolaversa viloyat jamoasi orasida o‘ziga xos obro‘ va e’tiborga molik pedagog, targ‘ibotchi, tadqiqotchi va olima sifatida hurmatga sazovor inson. 2023-yil 6-yanvardan Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktorant sifatida o‘qishga qabul qilindi. Hozirgi kunda 13.00.02 – Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha Kompetensiyaviy yondoshuv asosida bo‘lajak fizika o‘qituvchisining mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mavzusida DSc ilmiy darajasini olish uchun ham ilmiy tadqiqot ustida izlanmoqda.