MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

TURSUNNAZAROVA ELVIRA TAXIROVNA

TURSUNNAZAROVA ELVIRA TAXIROVNA

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi, O'zbekiston davlat jaxon tillari universiteti “Tarjimonlik” fakulteti "Ingliz tili amaliy tarjimasi" kafedrasi v.b. dotsenti

Tursunnazarova Elvira Taxirovna 1990-yil  10-aprelda Navoiy shahrida tug`ilgan. 1996-2007-yillari – Navoiy shahar Abu Rayhon Beruniy nomidagi 2-umumta`lim maktabida tahsil olgan. 2007-2011 yillari Navoiy davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo`yicha bakalavriat bosqichi va 2011-2013 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan.

Hozirda Tursunnazarova Elvira Taxirovna ingliz tili sohasining pedagogik hamda ilmiy jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.   TKT, TESOL, LINGUASKILLS, APTIS kabi sohaga oid xorijiy til bilish darajasini belgilovchi qator sertifikatlar sohibasi E.T.Tursunnazarova kasbiy faoliyatini  2008-2009 yillarda – Navoiy shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida boshlagan.

Elvira Taxirovna 2015-2017 yillarda – Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasida o‘qituvchi, 2018-2022 yillarda – Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasida katta o‘qituvchi, 2022 yil - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2023-yil “Ingliz tilini o‘rganish jarayonida nomutaxassis o‘qituvchilarning motivatsiyasini shakllantirishda mnemonika usullaridan foydalanish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil bo‘lib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya to‘plamlarida 100 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilganidadir.

E.T.Tursunnazarova Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quv seminarlarning faol ishtirokchisidir. Jumladan, yosh olima bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida,     2018-yilda “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish” loyihasi doirasidagi “Chet tilini o‘qitish” moduli asosida seminar-treningda ishtirok etdi. 2019-yilda AQSH Pitssburg davlat universiteti professorlari tominidan tashkil qilingan “Trenerlikka tayyorlov” kursida malaka oshirib maxsus sertifikatga ega bo’ldi. 2020-yilda AQSH departamenti hamda UzSPIC tomonidan tashkil qilingan davlat maktablarida EFL o‘qituvchilarini ingliz tilidan yozish ko‘nikmalarini shakllantirish va baholashni takomillashtirish masalalariga oid loyihada qatnashib maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdi. 2021-yil Kemerovo shahridagi Kuzbass mintaqaviy kasb-hunar ta’limini rivojlantirish institutida “Jamoada ishlashni boshqarish. Samarali moderatsiya va fasilitatsiya texnologiyalaridan foydalanish” dasturi doirasida seminar-treningda hamda “Raqamli iqtisodiyot uchun ta’lim va xodim” mavzusidagi davra suhbatida o‘z chiqishlar bilan ishtirok etdi. 2022-yilda NAPEI va UNESCO APU kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Oliy ta’limda landshaft o‘zgarishini qamrab olish: yaxlit va barqaror o‘sish strategiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro vebinarda, qolaversa, faoliyati davomida Texnologiya Georgiya instituti, Tomsk davlat universiteti, Sidney davlat universiteti, Arizona davlat universiteti, Washington davlat universiteti   kabi xorijiy ta’lim muassasalarida sohaga oid o‘quv kurslarda muvaffaqiyatli ishtirok etib maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

E.T.Tursunnazarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasida davlat xizmatchilari uchun tashkil etilgan maxsus o‘quv kursida  malaka oshirganligi tahsinga loyiq.

E.T.Tursunnazarova ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyat bilan bir qatorda malakali pedagog sifatida faol ijod qilib, turli xil Xalqaro va Respublika tanlovlarda erishgan katta muvaffaqiyatlari uchun Navoiy viloyat hokimligi, Respublika yoshlar ishlari agentligi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, Innovatsion rivojlanish agentligi kabi nufuzli tashkilotlar sertifikati, faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

E.Tursunnazarova ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan, 2016-yildan buyon fan sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadqiqot.uz saytida tashkil qilingan ko‘p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya materillari to‘plamida pedagogika va psixologiya sohalaridagi innovatsion yo‘nalishidagi ilmiy tezislarni tahlillashda tahririyat a‘zosi sifatida amaliy faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

E.T.Tursunnazarova 2021 yilda ZiyoForum Respublika ilm-fan va ta‘limni rivojlantirish fondi tomonidan tashkil etilgan “ZIYOLILAR: yosh tadqiqotchilar almanaxi” loyihasida ishtirok etgan.

O‘zMTDP a’zosi E.T.Tursunnazarova 2018-yilda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Donolik va tashabbuskorlik – siyosiy yetakchilik mezoni” shiori ostidagi “XXI asr ayoli” ko‘rik tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi, 2021-yil Xitoy Savdo vazirligi homiyligida va Chjesyan provinsyasi Erkin savdoni rivojlantirish kengashi tomonidan tashkil etilgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun inson resurslarini rivojlantirish” bo‘yicha xalqaro seminar ishtirokchisi.

Tursunnazarova Elvira Taxirovna ko‘p qirrali ijodkor pedagog, siyosiy bilimga ega hamda tadbirkor ayol sifatida ham yutuqlarga erishgani tahsinga loyiq.