MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

TADJIBAYEV SALIMJON SABIRJANOVICH

TADJIBAYEV SALIMJON SABIRJANOVICH

Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti dotsenti v.b.

Tadjibayev Salimjon Sabirjanovich 1968-yil  28-fevralda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1975-1983-yillarda Andijon viloyati Oltinko‘1 tumanidagi 11-o‘rta maktabni, 1983-1987-yillari Andijon pedagogika bilim yurti rasm-chizmachilik bo‘limi, 1990-1995-yillarda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti Badiiy-grafika fakultetini tamomlagan. Мutaxassisligi tasviriy san’at va chizmachilik o‘qituvchisi.

Umumiy pedagogik staji-36yil.

Tadjibayev Salimjon Sabirjanovich pedagogik faoliyatini 1987-yilda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 10-o‘rta maktabda boshlagan.

1990-1996-yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 11-o‘rta maktabda o‘qituvchi, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 1996-1999-yillarada Respublika “Iste’dod” Markazi uslubchisi, 1999-2013-yillarda  Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 11-o‘rta maktabda o‘qituvchi vazifalarida ishladi.

2013-2019-yillarda Andijon viloyati pedagog  xodimlarni malakasini oshirish instituti “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasida katta o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Andijon davlat universiteti Maktabgacha ta’lim fakultetida katta o‘qituvchi, 2022-yil sentyabr oyidan buyon Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakultetida dastlab katta o‘qituvchi, hozirgi vaqtda esa dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Tadjibayev Salimjon Sabirjanovich pedagogik faoliyati jarayonida bir qancha yutuqlarga erishgan. Jumladan:

1996-yilda Buxoro shahrida o‘tkazilgan Respublika “Pedagogik o‘qishlari” ishtirokchisi;

“Yil o‘qituvchisi-96”  tanlovi Andijon viloyati bosqichi mutlaq g‘olibi;

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2006” Respublika tanlovi ishtirokchisi;

2017-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institut huzuridagi malaka oshirish tarmoq markazi tinglovchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Qish jilosi” nomli ijodiy tanlovda amaliy san’at yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan.

2021-yilda o‘tkazilgan “Andijon davlat universitetining eng yaxshi pedagogi” tanlovida 2-o‘rinni egallagan.

1996-yilda “Xalq ta’limi fidoiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Tadjibayev Salimjon Sabirjanovich bitta o‘quv qo‘llanma, bitta elektron o‘quv

qo‘llanma, o‘ttizdan ziyod Xalqaro va mahalliy jurnallarda ilmiy maqola hamda qirqdan ziyod Xalqarova Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan.

2021-yil dekabr oyida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh gumanitar-pedagogika instituti talabalari uchun “Online” dars mashg‘ulotlari, 2022-yil mart oyida Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tuman Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uslubchilariga amaliy-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida bir nechta “Mahorat darslari” tashkil etdi.

Ayni vaqtda  13.00.08-Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha  “Bo‘lg‘usi MTT tarbiyachilarining tasviriy faoliyatga oid kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.