1992-yil 4-sentyabrda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
Fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar asosida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, yoshlarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etib, astronomiya va astrofizika fanini innovatsion hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni takomillashtirish yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Yuqori bilim va ilmiy salohiyati, izlanuvchanligi hamda ilmiy sohadagi muvaffaqiyatlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lmoqda.
2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-martdagi PQ 155-sonli Qaroriga muvofiq “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan
2021-yilda “Laboratornie raboti po kursu astronomii” nomli o‘quv qo‘llanmasiga Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining guvohnomasi olinib, “Qamar-Media” nashriyotida chop etilgan.
2011-2015-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti talabasi
2015-2017-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi magistranti
2017-2018- yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
2018-2020-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnikauniversiteti “Fan va taraqqiyot” DUK tayanch doktoranti
2020-2021-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
2021-yili iyun Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
2021-yil dekabr Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya kafedrasi dotsenti.
2021-yilda “Umumiy fizika fanidan laboratoriya ishlari (Mexanika)” o‘quv qo‘llanmasi, // O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-0115 sonli guvohnomasi olindi va chop etildi.
Sayfullaevaning Oliy taʼlim muassasi talabalari uchun hammualliflikda tayyorlangan “Umumiy astronomiya” nomli darsligi, “Jalpы astronomiya” nomli darsligi, “Аstronomiya kursidan amaliy mashgʼulotlar (Аstrofizika)” nomli o‘quv qo‘llanmasi, “Umumiy fizikadan laboratoriya ishlari (Elektromagnetizm)” nomli o‘quv qo‘llanmalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlandi va nashrga tavsiya etildi. Аkademik litsey o‘quvchilari uchun “Elektrodinamika asoslari nomli darsligi 3930001 aniq fanlar (texnika)” , “Mexanika va molekulyar fizika 3930001 aniq fanlar (texnika)”, “Optika va atom fizikasi 3930001 aniq fanlar (texnika)”, “Elektrodinamika asoslari”, “Mexanika va molekulyar fizika”, “Optika va atom fizikasi” nomli darsliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-0755-sonli buyrug‘iga asosan tegishli guvohnomalar olingan.
Shuningdek, ko‘plab ilmiy, ilmiy-ommabop va metodik yo‘nalishdagi ishlari Xalqaro va Respublika miqyosidagi konferentsiyalarda muhokama qilinib, yuzga yaqin sertifikatlar taqdim etilgan.
Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yetarlicha tajribaga egaligi tufayli sakkizta elektron o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining Intellektual mulk agentligi Sanoat namunalari bo‘limi tomonidan EHM uchun dasturi rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Shu bilan bir qatorda, Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizi o‘nga yaqin uslubiy qo‘llanmalar muallifi bo‘lib, har bir qo‘llanma nusxalari talabalar foydalanishlari uchun institutning axborot-resurs markaziga topshirilgan.
Ilmiy-ijodiy izlanishlari natijasida quyidagi yutuqlarga erishgan:
2011-2012-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi talabalarining fan olimpiadasida 1 o‘rinni egallagan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining I darajali diplomi bilan taqdirlangan.
2013-2014-o‘quv yilida Respublika iqtidorli talabalari uchun taʼsis etilgan “Ulug‘bek” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.
Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv, kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari) tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Mashinasozlik uchun yuqori elektrofizik va antifriktsion-mustahkamlik xossasiga ega termoreaktiv polimer kompozitsiyasi va polimer qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiyaishini O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, O‘zR FА akademigi, texnikafanlari doktori, professor Negmatov Soyibjon Sodiqovich va texnika fanlari doktori, professor Аbed Nodira Soyibjonovna ilmiy rahbarliklarida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
“Fizika va astronomiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent
G.I.Sayfullaeva pedagogik faoliyati davomida kafedra aʼzolarining, pedagogik jamoaning va talabalar ommasining mehri va ishonchiga, hurmatiga sazovorbo‘lgan.
G.I.Sayfullaeva yuqori malakali mutaxassis, chuqur bilim egasi, mahoratli pedagog ekanligini namoyon etdi. U o‘zining qobiliyati, jamoat ishlarida faol qatnashishi, talabchanligi va masʼuliyatni his eta olishi bilan fakultet va institut jamoasi o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lgan.
G.I.Sayfullaeva 2022-yil sentyab royida O‘zbekiston Respublikasi “Renessans” ilmiy markazi va nashriyot uyi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro tanlovda “Renessansdavri: Ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” esdalik ko‘krak nishoni va guvohnomasiga ega bo‘lgan.
2021-yil Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sultonshahrida o‘tkazilgan Xalqaro Yosh olim tanlovida faxrli 1-o‘rinni egalladi va “BOBEK” xalqaro umummilliy harakati ko‘krak nishoni va guvohnomasiga ega bo‘lgan.
2021-yilda Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Yosh olimlar tanlovida faxrli birinchi o‘rinni egalladi va “Eng yaxshi yosh olimlar” yozuvi tushirilgan ko‘krak nishoni va guvohnomasiga hamda birinchi darajali diplomga ega bo‘lgan.
2021-yilda “Mashinasozlik uchun yuqori elektrofizik va antifriktsion mustahkamlik xususiyatiga ega termoreaktiv polimer qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish” ilmiy mavzusida ilmiy izlanishlar olib borib, 02.00.07- Kompozitsion, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyo va texnologiyasi hamda 05.02.01. - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish.
G.I.Sayfullaeva o‘z kasbiy faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim tizimiga oid Qaror va Farmoyishlari mazmun-mohiyatini targ‘ib etishda va ularda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli ijrosini taʼminlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Oʻrta Osiyo, Yevropa, Amerika qitʼasining koʻplab davlatlarida jurnallarda ingliz tilida bosib chiqarildi.
Oilali, 2 nafar farzandning onasi.