MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SAYFUDINOVA JAMILA BADRIDDINOVNA

SAYFUDINOVA JAMILA BADRIDDINOVNA

Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi

Sayfudinova Jamila Badriddinovna 1957-yil 29-iyunda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1981-yilda Samarqand davlat universitetining tarix fakultetini tarix va jamiyatshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1981-yildan hozirgi kunga qadar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

1999-2005-yillar davomida o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o‘rganish markazi rahbari, vazifalarida katta tashkilotchilik, izlanuvchanlik fazilatlarini namoyon etib, o‘z ishining chuqur bilimdoni sifatida zimmasidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib, universitet jamoasi o‘rtasida faollik ko‘rsatib kelmoqda.

2005-yilda O‘zLiDeP siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasidagi qisqa o‘quv kurslarida O‘zLiDePning Samarqand viloyatidagi faoli sifatida ishtirok etgan.

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati sifatida davlat mahalliy vakillik organidagi 10 yillik faoliyati davomida ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi sifatida tuman aholisi farovonligi yo‘lida amaliy ishlarni amalga oshirgan.

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol targ‘ibotchi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (O‘zLiDeP viloyat Kengashida ekspertlar guruhi a’zosi), davlat vakillik organlari saylovlari targ‘ibotida faol.

 

J.Sayfudinova 2021-yil 24-oktyabr Prezident saylovida O‘zLiDeP viloyat Kengashining faol targ‘ibotchisi sifatida fuqarolarimiz siyosiy ongi va madaniyatini yanada oshirishda katta targ‘ibotchilik faoliyatini amalga oshirgan. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti” kitobining targ‘ibotida keng jamoatchilikning hurmatiga sazovor bo‘lgan.

xotin-qizlarga oid davlat siyosati, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda muhim ijtimoiy-siyosiy (Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitida “Maxsus reportaj”) masalalarga oid chiqishlari, intervyulari respublika va viloyat teleradiokampaniyalarida keng yoritilgan. Viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirishda ularga motivatsiya berish, o‘qitish va moliviy ko‘mak berish masalalarida ham faol va hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan, O‘zbekiston Vazirlar Mahkkamasining “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 8-avgust 2022-yil 437-sonli qarori va Samarqand viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasining 17-avgust 2022-yil 8-sonli buyrug‘iga asosan “Oqila ayollar” harakati viloyat tuzilmasi yetakchisi sifatida saylandi.

Uning rahbarligida “Dilbar qizlar”, “Qizlarjon”, “Zulfiyaxonim izdoshlari” klublari hamda besh muhim tashabbus doirasida xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashda samarali ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, ijtimoiy ehtiyojmand qizlarning yashash va o‘qish sharoitlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Viloyat hokimligining topshirig‘iga binoan viloyat tumanlaridagi Imom xatiblarning o‘quvlarida diniy ekstremizm va turli ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash mavzulari yuzasidan ma’ruzalar qilib kelmoqda.

Hamkor tashkilotlar “Yuksalish” umummilliy harakati, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Mahalla va nuroniylar viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 28-yanvar 2022 yil PF-60 sonli Farmoni, “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadalllashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 7-mart 2022-yil PF-87-sonli farmonlarining mazmun-mohiyatini tushuntirib belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda keng qamrovli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jamila Sayfudinova nafaqat partiya yetakchisi qolaversa faol jamoatchi, olima, zukko murabbiy, talabchan ustoz, viloyatimiz mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mutaxassislari va aholi o‘rtasida o‘ziga xos obro‘ va hurmatga ega jonkuyar inson sifatida tanilgan.

Jamila Sayfudinova ona vatanimiz tarixining o‘rganilmagan sahifalarini tadqiq etishda birinchilar qatorida “O‘zbekiston chorvachilida xalq veterinariyasi xizmati tarixi”ni manbalar asosida o‘rgandi.  Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan arxeologik topilmalardan tortib, bitiklar va yigirma mingdan ortiq qo‘lyozmalardagi ma’lumotlar orasida azaldan chorvador bo‘lgan xalqimizning veterinariya xizmati xususidagi  bebaho manbalarni  ilmiy tadqiq etib, respublika va xorijiy ilmiy nashlarda maqolalar e’lon qildi. Tarixiy manbalarni xolisona, ilmiy jihatdan o‘rganish, tadqiq etish bilan tadqiqotchi  veterinariya sohasi kadrlarini o‘z kasb-koriga sadoqat, mas’uliyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga ham salmoqli hissa qo‘shdi.

Mehnat staji 42 yil. Mazkur vazifada 1999-yildan ishlamoqda. Namunali oila bekasi, 4 nafar komil farzandlar onasi.

Jamila Sayfudinova butun umrini fan, ta’lim-tarbiya va davlatimiz siyosati, ma’naviyat targʼibotiga bag‘ishlagan  fidoyi faol jamoatchi ayol sifatida hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda. “Eng yaxshi pedagog2022” 1-darajali diplom va ko‘krak  nishoni sohibasi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 15 yilligi, 20 yilligi, 25 yilligi hamda 30 yillik ko‘krak  nishonlari va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak  nishoni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda viloyat hokimining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.