Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va uning amaliy samaralarini targ‘ib qiladi.
Pedagogik faoliyati jarayonida o‘zining tirishqoqligi, topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashishi, izlanuvchanligi, kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirish borasidagi tinimsiz mehnati bilan markaz jamoasi o‘rtasida o‘z o‘rni va mavqeiga ega.
Yuqori malakali pedagog, fidoyi va jonkuyar inson sifatida hamkasblari va tinglovchilar o‘rtasida hurmat qozongan.
Sa’diyev Soli Tolibovich 1972- yil 21-iyunda Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani Vang‘ozi qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1979-89-yillarda 12-sonli Abu Ali ibn Sino nomli maktabni bitirib, 1989-94-yillarda Buxoro Davlat universiteti Badiy grafika fakulteti, Tasviriy san’at, chizmachilik va badiiy mehnat ta’lim yo‘nalishini tugatgan.
1994-yilda Qiziltepa tumani 11-sonli Y.Oxunboboyev nomli maktabda ish faoliyatini chizmachilik, rasm fani va badiiy mehnat ta’limi o‘qituvchisi sifatida boshlab, obru-e’tibor topib, 2008-yilgacha ishlab 1-toifali o‘qituvchi darajasigacha bordi.
2008-2010-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ish faoliyatini boshlagan.
2013-2021-o‘quv yillarigacha “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” o‘qituvchisi, 2021-yildan boshlab “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan.
2022 – yil apreldan “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi v.b dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
2015-yil NDPI va Zarafshon shahridagi Texnika kolleji bilan hamkorlikdagi “O‘quv amaliyoti” va “Maxsus fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayon samaradorligi” mavzusidagi o‘tkazilgan seminarda qatnashib ma’ruza qilgan
2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiya huzuridagi Navoiy Badiiy ijodkorlar uyushmasida o‘tkazilgan, Respublika “Tasviriy va amaliy san’at haftaligi” da hakamlik qilgan.
O‘zbekiston badiiy akademiyasi rahbariyatining 2017-yil 23-martdagi № 20-10/371-topshirig‘iga muvofiq, Xalqaro aloqalar boshqarmasi, INDONEZIYA Respublikasining, O‘ZBEKISTON Respublikasidagi elchixonaning tashqi ishlar vazirligi, Indoneziya elchixonasi 12-19-may kunlari yurtimizda, Batik san’ati bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, e’tirof etilgan.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalarining 13 nafari tomonidan Indaneziyaliklarning milliy kiyimlari namoyishi o‘tkazgan..
2017-yil 18-22-aprel kunlari O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Navoiy viloyat hokimligi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Navoiy viloyat bo‘limi, Nav DPI, Viloyat O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, Viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan, 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosobati bilan, “Tasviriy va amaliy san’at festivali”da, ilmiy rahbarligi ostida talabalari, kumush medal va sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.
Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan 07.02.2018 yil PQ-3514-sonli qaroriga binoan, “Ichki turizimni jadal rivojlantirish” bo‘yicha, kafedrada talaba va o‘qituvchilari tomonidan sayohatlar uyushtirib kelinmoqda.
2020-yil Ilmiy rahbarligi ostida, Sobirova Nodira O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Buxoro Muhandislik texnologiya institutida “Qalamtasvir, Rangtasvir va Haykaltaroshlik” fanidan o‘tkazilgan onlayn, Respublika fan Olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
2022- yil 18-22- aprel kunlari “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” ga bag‘ishlangan, Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ni o‘tkazilgan. San’at sohasining yetuk mutaxasislari va viloyatning ko‘plab iste’dodli yoshlarini o‘zida jamlaydigan ushbu festivalda, NavDPI sharafini San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari Sh.N.Choriyev va F.B.Aslanov boshchiligidagi dastgohli rang tasvir yo‘nalishining faol ijodkor talabalari munosib himoya qilishadi. Aynan shu tadbirda Ilmiy rahbarligim ostidagi talabalari, diplom va sertifikatni qo‘lga kiritdi.
2014-yil O.D.Raximov, A.Abdullayevlar bilan hammualiflikda, Chizmachilik fanidan, o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining standart shrift namunasi” chop etilgan.
2015-yil “Tasviriy san’atdan boshlang‘ich tavsiyalar” nomli Sh.U.Bobonazarov bilan hamualliflikdagi O‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan.
2015-yil Sh.Bobonazarov, M.Nurmatovlar bilan hamualliflikda “RANG TASVIR” fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan.
2016-yil Sh U.Bobonazarov bilan hamualliflikdagi, Tasviriy san’at fanidan amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha, o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan.
2021-yil “QALAM TASVIR” fanidan, ustoz p.f.n proff.S.F.Abdullayev bilan hammualiflikda, guvohnoma raqami 356-105, o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan.
2022-yil 21-apreldagi № ISBN-C-35890-sonli “XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATI” tanlov fanidan, o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-sonli farmonida ko‘zda tutilgan vazifalar, jumladan, “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi” ijrosini ta’minlash maqsadida, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan, “O‘zbekistonning taniqli olimlari” entsiklopediyasi 1-tomi taqdimoti, “Mening muvaffaqiyat yo‘lim” biografik entsiklopediyasi taqdimoti, “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnalining yil yakuni bo‘yicha eng faol olimlarni taqdirlash marosimi bo‘yicha “Ilm-fan targ‘ibotchisi” va “Ilmiy-innovatsion tadqiqotlar yetakchisi” esdalik ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan 2022-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etdi.