MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

RAJABOV FARXAT FARMANOVICH

RAJABOV FARXAT FARMANOVICH

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedra dotsenti

Rajabov Farxat Farmanovich 1963-yilda Buxoro viloyatida tavallud topgan. Ma’lumoti – oliy. 1985-yilda Minsk radiotexnika institutini radio muhandis mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Rossiya Federasiyasining Dubna shahridagi (Moskva viloyati) Yadro tadqiqotlari birlashgan institutlarida stajirovka o‘tagan. Keyinchalik amaliy fizika institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan. Yangi tibbiy texnika yaratish muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib borgan. Natijada ChNPP “Supromed” korxonasi bilan hamkorlikda kompyuterlashtirilgan elektrokardiograf, 16 va 19 kanalli elektroensefalograf va exoensefalograf yaratilgan hamda amalga tadbiq etilgan.

So‘ngra mehnat faoliyatini Toshkent davlat texnika universitetida katta o‘qituvchi lavozimida davom ettirgan. Dastlab “Biotexnika, tibbiy apparatlar va tizimlar” fanidan mashg‘ulotlar olib borgan. Respublika ixtisolashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda tibbiyot sohasi uchun muhandislar tayyorlash kurslarini tashkil etishda faol ishtirok etgan.

Keyinchalik Toshkent davlat aviatsiya institutida katta o‘qituvchi lavozimida ish faoliyatini davom ettirib, ilmiy sohada ham bir qator yutuqlarga sazovor bo‘lgan, jumladan, 2000-yilda Fan va texnika qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda F.Rajabov tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minot “Yilning eng yaxshi dasturiy mahsuloti” nominasityasiga loyiq deb topilgan hamda muallif qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlangan.

2021-yil 15-aprelda falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Kengashida himoya qilgan va shu yilning 6-mayida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi (diplom 01 №004363).

Ayni paytda, Rajabov Farxat Farmanovich, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 50 ta ilmiy va ilmiy-uslubiy ish (jumladan, Scopus bazasiga kiruvchi 3 ta ilmiy maqola, ENM uchun yaratilgan 8 ta dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, 2 ta ixtiro va 3 ixtiroga talabnoma) muallifidir.

Rajabov Farxat Farmanovich O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 01.11.2021-30.10.2022 yillarda № I-AT-2021-493- loyihasida qatnashib kelmoqda.

U kompyuter arxitekturasi sohasida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, yangi zamonaviy pedogogik texnologiyalaridan unumli foydalangan holda o‘zi yaratgan qurilmalar, jumladan “Interaktiv doska” dasturiy majmuasini faol qo‘llagan holda darslarini qiziqarli va yuqori saviyada o‘tkazib, malakali kadrlarni tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

F.F.Rajabov tamonidan “0.52.01.00-Informatika va axborot teynologliyalari” yo‘nalishi bo‘yicha yozilgan “Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish” o‘quv adabiyoti “Fan” nashriyoti tamonidan chop etilgan. Bu uning o‘z sohasini chuqur egallaganligi, talabalarning bu fanga bo‘lgan qiziqishlari va intilishlarida namoyon bo‘lib kelmoqda.

Oilali, ikki farzandning otasi va ikki nafar nabiraning suyukli bobosi.