MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

RASULOV  ILHOM MAXMUDOVICH

RASULOV ILHOM MAXMUDOVICH

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori, dotsent

Rasulov Ilhom Maxmudovich 1959-yil 1-mayda, Jizzax viloyati, Forish tumani, Garasha qishlog‘ida tug‘ilgan. 1966-1976-yillarda 10-sinfni  tamomlab, 1977-1979- yillar harbiy xizmatda  bo‘lgan. 1979-1984-yillar SAMDU da o‘qigan. 1984-yil Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetini tamomlagan.  Ishni  1984-yil Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanidagi  6-o‘rta maktabda biologiya fanidan dars berishdan boshlagan.

1987-1994-yillar Toskent viloyati, Qibray tumanidagi “G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi”  ilmiy tadqiqot inistitutida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. 1994-2001- yillarda irrigatsiya inistitutining     “Tuproqshunoslik va dehqonchilik  kafedrasida”  katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2006-2015-yillarda yana    “G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 2016-2019-yillar Toshkent davlat agrar universiteti, Agrobiologiya fakultetining,  seleksiya va urug‘chilik kafedrasida, dotsent lavozimida ishlagan. 2022-2023-yillar O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot inistitutida “Dorivor o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘limi” mudiri bo‘lib ishlagan. Dorivor o‘simliklar bo‘yicha 15 ta ilmiy maqolalar chop etilgan. Jami 79 ta ilmiy maqolalar, 2ta darslik, 1ta monografiya , 5 ta o‘quv qo‘llanma chop etgan. 2001-yilda Fransiyada bug‘doyni yetishtirish texnalogiyasi bo‘yicha amaliyot o‘tib kelgan. Ko‘plab ilmiy konfrensiyalarda ishtirok etgan. Turli xil sertifikatlar bilan taqdirlangan. 2022-yil “Science and innovation” xalqaro ilmiy konferansiyasida olimlarning chop etgan maqolalari bo‘yicha ko‘krak nishoni bilan taqdirlash kunida qatnashgan.

Amarant dorivor o‘simligini Agrar universitetidan o‘quv amaliyotiga kelgan talabalarga o‘simlikning yetishtirish usullari, urug‘chiligi va inson salomatligi uchun qanday kasalliklarga davo ekanligini tushintirmoqda.

Amarant o‘simligining pishib yetilgan urug‘lari bo‘yicha fenologik kuzatuvlar olib borgan. Doktorant .S.F.Ulug‘ovaga dorivor mavrak yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bogan.

Institut xodimlari yordamida dorivor tirnoqgul o‘simligi gullarini terish va quritish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.Toshkent davlat agrar universiteti talabalariga dorivor o‘simliklarning kichik va katta kolleksiya ko‘chatzorida ekilgan limon o‘t, ko‘k bo‘tako‘z, tirnoqguarnika , angelika, valeriana, dorivor Godji o‘simliklarini yetishtirish, urug‘chiligini tashkil qilish yuzasida o‘quv amaliyoti olib borgan.

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti, Dorivor o‘simliklar selektsiyasi va urug‘chiligi bo‘limida talabalarga dorivor o‘simliklarni xillari bo‘yicha suhbat olib borgan.