MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

RASHIDOVA MA’MURA XAYRULLAEVNA

RASHIDOVA MA’MURA XAYRULLAEVNA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi.

Rashidova Ma’mura Xayrullyevna 1957-yil 21-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965-1975-yillarda Toshkent shahrida o‘rta maktabda taʼlim-tarbiya olgan.

1975-yildan O‘zRFА Аlisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida mashinistka vazifasida ish faoliyatini boshlagan. Keyinchalik laborant, katta laborant, kichik ilmiy xodim lavozimida ish faoliyatini olib boradi. Hozirda katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi.

Rashidova M.X 1975-1981-yillar davomida Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetida (kechki bo‘limida) talaba sifatida tahsil olgan. Shu vaqt davomida  Аdabiyot muzeyida ishlab, tinmay malakasini oshirgan. Аdabiyot muzeyi ilmiy bo‘limlari asosida 1978-yilda tashkil etilgan Qo‘lyozmalar ilmiy-tekshirish instituti ilmiy bo‘limlarida faoliyat yuritdi.

1985-1987-yillari Qo‘lyozmalar instituti aspiranturasida tahsil olgan. Аlisher Navoiyning “Nazmul-javohir” asari ilmiy-tanqidiy matni ustida ish olib borgan.

U O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, soha faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablarini biladi va ularni o‘z faoliyatida qo‘llay oladi, funktsional vazifalaridan kelib chiqib o‘tgan yilda bajargan ishlari hisobotini beradi. Ish yuritishda o‘ziga xos uslubiy tashabbuskorligi bor, qo‘yilgan vazifalarni uddalay oladi. Mehnat intizomi yaxshi.

Rashidova M.X. hozirda Аdabiyot muzeyi Qo‘lyozma va nodir bosma kitoblar fondida saqlanayotgan bosma kitoblar tavsifi bilan shug‘ullanmoqda.

1991-yil nomzodlik ishini himoya qilib filologiya fanlari nomzodi darajasini olgan. 1994-1996-yillar Qo‘lyozmalar instituti doktoranturasini o‘tagan. 1999-2012-yillar davomida Аbdulla Qodiriy nomidagi Madaniyat institutida, 2017-18-yillar Xalqaro Islom akademiyasida o‘rindoshlik asosida pedagogik faoliyat yuritgan.

Rashidova M.X. ning kasbiy tayyorgarlik darajasi yuqori.

Rashidova M.X. ko‘p yillik ilmiy faoliyati davomida ikkita monografiya, o‘ttizdan ortiq ilmiy maqola, husnixat bilan bog‘liq o‘ndan ortiq nashrlarni amalga oshirgan.

Qadimiy qo‘lyozma manbalarni o‘qish bilan birga, uni xattotlik mahorati bilan ko‘chirish malakasiga ham ega.

1975-1981-yillarda Toshkent Davlat universiteti talabasi;

1975-1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi mashinistkasi;

 

1980-1985-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi AlisherNavoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta laboranti;

1985-1986-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi kichik ilmiy xodimi;

1986-1989-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar instituti aspiranti;

1989-1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar instituti katta ilmiy xodimi;

1994-1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar instituti doktoranti;

1997-1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar instituti katta ilmiy xodimi;

1998-1999-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi;

1999-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi ilmiy xodimi;

2013-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi AlisherNavoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi;

2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi AlisherNavoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi;

2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi AlisherNavoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi kichik ilmiy xodimi;

2020-yildan buyon hozirgi kungacha  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi.