Raximov Dilshod Pulatovich 1984-yil 22-noyabrda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. 1991-1998-yillari Urganch shahridagi 8-o‘rta ta’lim maktabi va 1998-2002-yillarda fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 20-son litseyda, 2002-2003-yillarda 8-o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 2004-2008-yillarda Toshkent Kimyo-texnologiya instituti, Oziq-ovqat va don mahsulotlari texnologiyasi fakultetining “Yog‘ va moylar” texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat bosqichi va 2008-2010-yillari magistratura bosqichini tugallagan.
2009-2010-yillarda Toshkent tumanida “MEHNAT” Agrofirmasi zavodida bug‘-qozonxona mashinisti, 2010-2015-yillarda Urgach shahridagi AO “Urganch Yog‘-moy” korxonasi Gidrogenlash sehi navbatchi texnologi, 2015-2019-yillarda Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi
SP MCHJ “Milk Euro Food” kompaniyasi margarin zavodi texnologilavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019-2020-yillarda Toshkent Kimyo-texnologiya instituti, Oziq-ovqat mahsulotlari kafedrasi assistenti, 2020-2021-yillarda doktarantura mustaqil tadqiqotchisi bo‘lib tahsil olgan. 2020-2021-yillarda Oziq-ovqat mahsulotlari kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2021-2022-yillarda Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti, dekan muovini lavozimida, 2022-yildan Ofis registrator va akademik faoliyat boshqarmasi, Talabalar registratsiyasi va akademik mobillikni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida hamda Oziq-ovqat mahsulotlari kafedrasi dotsenti lavozimida o‘rindos hlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Raximov Dilshod Pulatovich o‘zining ilmiy faoliyati davomida bir qator ilmiy va xorijiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda.