MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

PIRAXUNOVA FARIDA NURMAMATOVNA

PIRAXUNOVA FARIDA NURMAMATOVNA

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent, Rossiya Tabiatshunoslik Akademiyasi professori

Piraxunova Farida Nurmamatovna 1970-yil 31-avgustda Toshkent shahri, Olmazor tumani (sobiq Sobir Rahimov tumani)da tug‘ilgan. 1987 yilda Toshkent shahar Forobiy nomidagi 249-sonli o'rta maktabni  a'lo baholarga tamomlagan. 1987-1991 yillarda Toshkent davlat agrar universitetining “Agrokimyo va tuproqshunoslik” fakulteti talabasi bo‘lgan. 1992-1995 yillarda Toshkent davlat agrar universitetining aspiranturasini tamomlagan va 2000 yilda 03.00.27 Tuproq biologiyasi ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2001-2005 yillarda Uchtepa (sobiq Akmal Ikromov) tumanidagi Toshkent agrotijorat kolleji direktorining ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2004-yilda “Osiyo Taraqqiyot Banki” krediti loyihasi asosida Avstraliyaning Melburn shahrida  o‘rta maxsus ta’limini rivojlantirish   bo’yicha    malaka oshirgan.

F.Piraxunova 2005 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tabiiy fanlar” fakultetida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini  lavozimida faoliyat ko’rsatish bilan birga “Botanika, ekologiya va hujayra biologiyasi” kafedrasida bakalavr va magistrlarga dars bergan. Ko’plab bakalavr va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan.Faoliyati davomida F. Piraxunova 2007-2011-yillarga mo’ljallangan OT-F4-023 –“Yangi va istiqbolli g‘o‘za navlarini meva a’zolarining meva hosil bo‘lishiningfiziologik va biokimyoviy asoslarini o‘rganish” mavzusidagi  fundamental loyihaga rahbarlik qilgan.

2014 yildan F. Piraxunova     universitetning o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. O‘quv jarayoniga 886 ta fan bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlar, 869 ta bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari  bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarning yaratilishida katta hissa qo‘shgan. Shu bilan birga, “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi”  Yakkasaroy tumani  “Ayollar qanoti” xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais  o‘rinbosari lavozimida  ham faoliyat ko’rsatgan.

Piraxunova Farida Nurmamatovna 2016-yil sentabr oyidan M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti dekani etib tayinlangan. Qisqa vaqt ichida 10 ta kafedra, 600 nafar talaba va 100 dan ortiq magistrlarga rahbarlik qilgan. Fakultetda ta’lim, faninig rivojlantirishi va integratsiyalashuvi bo‘yicha yetakchi professor-o‘qituvchilarning tajribalariga tayangan holda, fakultetda o’qitiladigan fanlar kesimida  xalqaro o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tarjima qilish ishlarini yo’lga qo’ygan. Fakultetda ko’plab xalqaro universitet olimlari bilan uchrashuvlar, seminarlar va koferensiyalar tashkil etgan.

2018-yil sentabr oyidan Toshkent farmatsevtika instituti, “Tibbiyot-biologik fanlar” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat ko’rsatib, “Ekologiya” va “Dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi” fanlaridan darslik va  uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. Shu davrda,  u Rossiya Tabiatshunoslik akademiyasining "Реестр новых направлений" tanlovida ishtirok etdib "European scientific and industrial consortium-Socrates" medali, "Аwarded for active research work and significant contribution to the development of science” diplomi bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, “Международная ассоциация ученых, преподавателей и специалистов РАЕ” tanlovida  “За новаторскую работу в области высшего образования” faxriy yorliq va “Европейское качество” medali bilan mukofotlanib, Rossiya Tabiatshunoslik Akademiyasining professori unvoniga ega bo‘ldi.

Farida Nurmamatovna 2019-yil may oyida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlarining dolzarbligi uchun Rossiya Tabiatshunoslik  akademiyasi Prezdiumi tomonidan  «Основатель нового научного направления» darajasini olib, DOCTOR OF SCIENCE unvonini egallashga muyassar bo’lgan. Shu yili Rossiya akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “СТУДЕНЧЕСКИЙ НАУЧНЫЙ ФОРУМ 2019” XI-xalqaro talabalar ilmiy konferensiyasida F.N. Piraxunova 6 nafar talabalarga rahbarlik qilib nufuzli  DIPLOM va SERTIFIKAT lar bilan taqdirlangan.

2019 yildan boshlab Rossiya Tabiatshunoslik akademiyasining “ИЗВЕСТНЫЕ УЧЕНЫЕ РАЕ” rasmiy saytining ensiklopediyasiga kiritilgan.

2020-yil 9-noyabrda «Международный ассоциации ученых, преподавателей и специалистов» ilmiy loyihasida qatnashib “ЗАСЛУЖЕННЫЙ РАБОТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ” faxriy yorlig‘iga ega bo’ldi.  2020-yil 26-may kuni Rossiya Tabiatshunoslik akademiyasi Prezdiumi tomonidan “ПЕРВЫЙ СРЕДИ РАВНЫХ” ordeni,  2022 yil 13 aprelda esa “ЗА НОВАТОРСКУЮ РАБОТУ В ОБЛАСТИ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ” oltin medali bilan taqdirlandi.

2023 yili Toshkentda o’tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy MDH ko'rik tanlovining "National publication" ilmiy matbuot markazi, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari, Yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Kengashi, Kiuf xalqaro Koreya universiteti va boshqa tashkilotlari hamkorligida «ENG YAXSHI ILMIY MAQOLA» tanlovi g’olibi medali sohibi bo’ldi.

2023 yil 29-30 may kunlari “INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE”(ISFT) instituti qoshida “BARQAROR TARAQQIYOT MAQSADLARIGA ERISHISHDA UNIVERSITETLARNING ROLI“ xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkilotchisi sifatida ma’ruza qildi. Hozirgi kunda Piraxunova Farida Nurmamatovna “INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE” instituti Gumanitar fanlar fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.