MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

NIZAMOVA SHOIRA ISAMIDDINOVNA

NIZAMOVA SHOIRA ISAMIDDINOVNA

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ta’lim menejmenti” kafedrasi dotsenti

Nizamova Shoira Isamiddinovna  1972-yil 8-aprelda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan. 1979-yil G‘allaorol tumanidagi Oybek nomidagi 29-o‘rta maktabning 1-sinfiga qabul qilinib, 1989-yilda tugatgan. 1989-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining “Tabiiy fanlar” fakultetiga kirib, 1994-yilda tugatgan.

1994-2000-yillarda G‘allaorol tumanidagi 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishladi.

2000-2006-yillarda Sirdaryo viloyati  Guliston shahri 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishladi.

2006-2009-yillarda Guliston davlat universitetida Tabiiy fanlar fakultetida ish faoliyatini davom ettirdi. 2009-2012-yillarda Guliston san’at kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 2012-2019-yillarda Sirdaryo viloyat xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mehnat faoliyatini davom ettirdi.

2019-yil yanvardan  A.Avloniy nomli xalq ta’lim tizimi rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Ta’lim dasturlari” bo‘limida metodist lavozimida ish faoliyatini davom ettirdi. 2019-yil sentyabr oyidan A.Avloniy nomli  Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini  qayta  tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Malaka oshirish tizimida eng yaxshi onlayn dars muallifidir.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inpeksiyasining Milliy markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish ishchi guruhi a’zosi. Shu yillarda Sh.Nizamova  A.Avloniy nomli Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini  qayta  tayyorlash va malakasini oshirish institutining mustaqil izlanuvchisi hisoblanadi.

Sh.Nizamova 2021-yil fevraldan buyon Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ta’lim menejmenti” kafedrasida pedagogik faoliyatni davom ettirmoqda.

Sh.I.Nizamova ilmiy faoliyatini 2012-yilda boshlaydi. 2021-yilda A.Avloniy nomli Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini  qayta  tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy Kengashda pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun “Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining iqtisodiy kompetentligi rivojlantirish mexanizmi” mavzusida dissertasiyani himoya qildi.

Sh.Nizamova ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun 2017-yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan   Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak  nishoni bilan taqdirlangan.

Sh.Nizamova tomonidan xalq ta’limi rahbarlari uchun 2020-yilda “Maktab direktorining iqtisodiy kompetentligi” nomli uslubiy qo‘llanma nashr etilgan. 2023-yilda “Ta’lim sifatini oshirishda  maktab direktorining iqtisodiy kompetentligi” nomli monografiya nashr etildi.

Sh.Nizamova  20 dan ziyod  ilmiy maqola va 80 ortiq tezislar muallifi hisoblanadi