Mullaboyeva Nargiza Sharopaliyevna 1979-yil 5-mayda Buxoro viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan.
1996-yilda Namangan viloyati Chust tumanidagi 23-o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatgan. 2006-2012-yillarda Namangan davlat universitetini Pedagogika va psixologiya yo‘nalishini tamomlagan. Ma’lumoti oliy. Oilada to‘ng‘ich farzand, kelajakdagi orzusi xalqini ziyoli bo‘lishiga hissa qo‘shish..
Mehnat faoliyatini 2012-yildan Namangan ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida amaliyotchi psixolog, 2013-yilda o‘qituvchi lavozimlarida boshlagan.
2014-yildan hozirgacha Namangan Muhanduslik- texnologiya institutida katta o‘qituvchi lavozimida, 2021-yildan esa dotsent lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.
N.Sh.Mullaboyeva Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishini 2012-yildan boshlagan edi.
Ilmiy – tadqiqot ishi mavzusi “O‘smirlarda yolg‘izlik hissi shakllanishining psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi” deb nomlanadi.
Ilmiy – tadqiqot ishi doirasida 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, maqolalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda, Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda chop etilgan. Bir necha xorijiy davlatlarda bo‘lgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan.
Ilmiy – tadqiqot ishi doirasida “Yolg‘izlik hissi psixokorreksiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma (maktab psixologlari uchun), “Yolg‘izlik psixologiyasi” nomli monografiyalar chop ettirgan.
2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Eng yaxshi ilmiy-ijodiy ishlanma” tanlovida Respublikada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, I darajali diplom va qimmtbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. Mazkur tanlovda ilmiy-tadqiqot ishi doirasida tayyorlangan “Yolg‘izlik hissi psixokorreksiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini Respublikamizning viloyatlarida 600 dan ortiq o‘smirlarda psixologik so‘rovnomalar va psixologik treninglar o‘tkazib olingan natijalari bo‘yicha tavsiyalari asosida tayyorlanganligini taqdimot asosida ko‘rsatib bergan. Bundan tashqari pedagoglik faoliyati doirasida o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Ilmiy – tadqiqot ishini 2020-yil 13-yanvarda muvoffaqiyatli himoya qilgan.
N.Sh.Mullaboyeva 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Olima” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovida “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan.
Bugungi kunda N.SH.Mullaboyeva rahbarligida 3 nafar PhD darajasini olish uchun shogirdlari tomonidan dissertatsiya ishlari tayyorlanmoqda. N.Sh.Mullaboyeva erkin tadqiqotchi sifatida “O‘smirlar va o‘spirinlarda yolg‘izlik hissining determinantlari” mavzusida doktorlik ishini yozyapti.
Hozirda N.Sh.Mullaboyeva rahbarligida bir guruh jamoadoshlari bilan:
“Zamonaviy “Bolalar sport maydonchasi”da sport psixologiyasi metodikasini qoʻllab rivojlanishdan ortda qolayotgan 5-6 yoshdagi bolalarda jismoniy va psixologik rivojlanishni yuksaltirish mexanizmini ishlab chiqish” mavzusida O‘zbekiston – Vengruya qo‘shma amaliy loyihasi doirasida ish olib borishmoqda.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad birinchidan, O‘zbekiston va Yevropa davlatlari ilmiy hamkorligiga hissa qo‘shish, ikkinchidan, rivojlanishda ortda qolgan bolalarni ijtimoiylashuv jarayoniga olib kirish, bolalar sport maydonchalarini sport inventarlari bilan jihozlab foydalanishga topshirish ustida hamkorlik ishlari olib borilyapti. Kelgusida hamkorlik doirasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun yana bir necha amaliy, fundamental va innovatsion loyihalar ustida ish olib borilishi rejalashtirilmoqda.
2022-yil 1-oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan ko‘hna va navqiron Samarqandda tashkil etilgan bayram dasturida faol ishtirokchi sifatida qatnashdi.