MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MURODOVA DURDONA RAIMJON QIZI

MURODOVA DURDONA RAIMJON QIZI

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) Farg‘ona davlat universiteti “San’atshunoslik” fakulteti “Vokal va cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi

Murodova Durdona Raimjon qizi 1994-yil 28-may kuni Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

1999-2008-yillarda Farg‘ona shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maxsus yo‘nalishidagi maktabni tamomlagan. 2008-2011-yillarda Farg‘ona san’at kollejini “Xalq cholg‘ulari” bo‘limi “Dutor” sinfida tahsil olgan.

2011-2015-yillarda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi “Xalq cholg‘ulari ijrochiligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2019-2021- yillarda Farg‘ona davlat universitetining “Musiqa ta’limi va san’at” mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olgan.

Murodova Durdona Raimjon qizi 2011-yil  Samarqandda o‘tkazilgan respublika “Yosh ijrochilar” ko‘rik tanlovi 1-o‘rinni egallagan.

Tanlovlarda erishilgan yutuqlar:

2011-yil – “Yosh iqtidor” respublika tanlovi 2- o‘rin;

2013-yil–Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan “Baykal” xalqaro ko‘rik tanlovi 1-o‘rin;

2015-yil–Respublika “Sozlar navosi” tanlovi 2-o‘rin;

Murodova Durdona Raimjon qizi 2013-2015- yillarda – Toshkent shahar 22-BMSM da o‘qituvchi;

2021-yildan Farg‘ona davla tuniversitetida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

2015-2020-yillarda Farg‘ona  ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchi;  

2019-2021-yillar davomida Farg‘ona davlat universitetida magistrlik akademik darajasini olgan. Murodova Durdona Raimjon qizi musiqa sohasining pedagogik jabhalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

2023-yil Murodova Durdona Raimjon qizi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor, Shermuhammadov Baxodirjon Shermuhammadovich rahbarligida “Fanlararo aloqadorlik asosida bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertasiyasi ishi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Murodova Durdona Raimjon qizi tomonidan shu kunga qadar 1 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 1 ta ommabop risola, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, dissertasiya mavzusi bo‘yicha jami 17 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasining doktorlik dissertasiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 8 ta maqola, jumladan, 4 ta respublika va 4 ta xorijiy jurnallarda nashr etilgan. Qolgan 9 tasi Respublika va xorijiy anjumanlar tezislari sirasiga kiradi.

Jumladan: Dutor va uning ijrochligi haqida, 3rd international Multidisciplinary scientific conference on ingenious global thoughts, Malaysia may 31st 2021, “The concept of traditional performance and its phiosopcihal essence”, Electronical journal of actual problems of modern science education and training. Urganch davlat universiteti, Nowember 11. 2021, Musiqiy tafakkur tushunchasi va uning mazmun-mohiyati, International scientific-online conference on innovation in the modern education system Washington 2021, Bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish pedagogik xususiyatlari, “Buxoro davlat universiteti fan va ta’lim”, 2022 - № 12/2, – B. 215-219 (13.00.00 № 12), Ijtimoiy muhitda badiiy estetik bilim ko‘nikmalarni rivojlantirish, Xalqaro ilmiy amaliy anjuman materiallari. - Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona. –B. 84-88.

Hozirda Farg‘ona davlat universiteti,  San’atshunoslik fakulteti Musiqiy ta’lim va madaniyat kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.  Ikkita darslik,  ikkita o‘quv qo‘llanma,  bitta monografiya,  uslubiy qo‘llanma hamda 30 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifidir.

Murodova Durdona Raimjon qizi oilali, bir nafar farzandning onasi.