MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

IMOMOV MUSURMON PIRNAZAROVICH

IMOMOV MUSURMON PIRNAZAROVICH

Pedagogika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani

Imomov Musurmon Pirnazarovich  1985-yil 12-dekabrda Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

1993-2003 - yillarda Qashqadaryo viloyati yakkabog` tumanidagi 48-o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.

2004 yili Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi sifatida o’qishga qabul qilingan.

2008 yili Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti sifatida o’qishga qabul qilingan.

2008-2011 yillar Toshkent Shahar Sergeli tumani 305-maktab o’qituvchisi.

2011-2013 yillar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti aspirant.

2013-2015 yillar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Pedagogik texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2015-2022 yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi bo‘lim boshlig‘i.

2022-2023 yillar Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta`lim” kafedrasi mudiri.

 2021 yil 15-sentyabrda 13.00.05 - Kasb-hunar ta`limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo`yicha pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini muvafaqqiyatli himoya qilgan.

Ukraina Milliy pedagogika fanlari akademiyasi dotsenti Chudakova Vera Petrovna tomonidan tashkil etilgan 144 soatlik stajirovkani muvafaqqiyatli yakunlagan.

2023 yil 24 apreldan joriy yilning 8 mayiga qadar Finlandiya davlati ta`lim tizimining o`ziga xos jihatlari mavzusida Finlandiya davlatiga stajirovka kursini muvofaqqiyatli amalga oshirildi.

Finlandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyati sirlarini o`rganish maqsadida Makelanmaen Koulu maktabining boshlang`ich shinf 1-6 sinflarida tashkil etiladigan ta`lim jarayoni bilan tanishildi.

2023 yil 25 aprel kuni Finlandiya davlatining Yuvaskyla universitetining PhD, professori Juhani Rautopuro  bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Finlandiya davlatining Yuvaskyla shahrida joylashgan Yuvaskyla universiteti kutubxonasida “Open Science Centres Publishing Support Services” tashkilotini OSC Publishing Coordinatori Sini Tulkka va OSC Service Manageri Arto Ikonen bilan 2023 yil 26 aprel kuni uchrashuv bo`lib o`tdi.

2023 yil may oyidan to hozirgi kunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Pedagogika” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shu jumladan: O’quv qo’llanma, elektron darslik, uslubiy qo’llanmalar, fanlarga oid o’quv-uslubiy majmualar, uslubiy ko’rsatmalar muallifi hisoblanadi.