Ismatullayeva Xolida Zakrullayevna 1946-yil 7-mayda Rossiyaning Аrmavir shahrida xizmatchilar oilasida tug‘ilgan.
Ismatullayeva Xolida Zakrullayevna 1954-yili Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumanidagi 93-maktabga birinchi sinfga qabul qilindi va 1966-yil maktabni tamomlab, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti Texnologik fakultetning “To‘qimachilik materialshunosligi” yo‘nalishiga kirib “muhandis-tadqiqodchi” ixtisosligi bo‘yicha 1971-yil yakunlab, “Ipakchilik” kafedrasiga ishga qoldirildi va laborant lavozimida bir yil davomida ishlab keldi.
1972-yil Moskva to‘qimachilik institutini “To‘qimachilik materialshunoslik” kafedrasiga ilmiy stajirovkaga jo‘natildi va 1974-yil tamomladi. Shu yili Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutini “To‘qimachilik materialshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturaga qabul qilindi, 05-19-01 shifri buyicha 1977-yil muddatdan oldin texnika fanlari nomzodi unvonini oldi. Dissertatsiya mavzusi: “Исследование эксплуатационных свойств ковров выработанных из обратов производства” 05-19-01 shifri bo‘yicha bajarildi. Tajribalar Tojikistondagi Leninobod shahridagi Kayrakkum gilam kombinatida o‘tkazildi va ishlab chiqarilgan mahsulot turlari Rossiyadagi Ulyanovsk shahrida o‘tkaziladigan Badiiy kengashda tasdiqlandi va tavsiya qilingan gilamlar ishlab chiqarishi boshlandi.
Mehnat faoliyati 1977-yildan boshlab Tashkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutini “To‘qimachilik materialshunoslik” kafedrasiga ishga qabul qilishdan boshlandi va 2000-yilgacha dotsent lavozimida ishlab keldi.
1978-yili O‘zbekiston Respublikasini yengil sanoati Vazirligi taklifi bilan Xiva gilam kombinatini ishlab chiqarilgan mahsulot turlarini sifatini tekshirishda ishtirok etildi. 1977-2000-yillar davomida ilmiy grantlarda faol qatnashdi bu: Navoiy kimyo kombinati, qurilish mollari Ohangaron zavodi, Olmaliq gilam fabrikasi. Ilmiy ishlar bilan Moskvaning Jun instituti, Mытищи ilmiy tekshirish instituti, Belarusiyani Vitebsk to‘qimachilik instituti, Kaunas politexnika instituti va boshqalarda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etdi. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun Tojikistonning Dushanbe shahridagi ip kombinati, Marg‘ilon, Аndijon, Ivanovo, Moskva shaharlarga talabalar olib bordi.
2001-yil Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyatni taklifi bilan ishga qabul qilindi va “Professional taʼlim metodika” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab keldi.. 2019-2021-yillar davomida, professor vazifasini bajaruvchi lavozimida ishladi.
Ismatullayeva Xolida Zakrullayeva “Materialshinoslik”, Metrologiya va standartlash, Kostyum tarixi, Kostyum dizayni, Ishlab chiqarish texnologiyasi, Pedagogik loyihalash, Sanoat ishlab chiqarish texnologiyasi, Hayot faoliyati xavsizligi, Xalq hunarmandchiligi, Servis xizmati va boshqa fanlardan o‘zbek va rus tillarda maʼruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.
Ismatullayeva bakalavr va magistrlarni BMI va magistrli dissertatsiyalariga rahbarlik kilib kelmoqda. Fakultetni “Mehnat taʼlimi” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlarga sistematik ravishda maʼruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi, va Davlat attestatsiya komissiyasida ishtirok etadi. Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoati institutini 2022-yil 824-sonli buyrug‘i asosida Yakuniy Davlat attestatsiya kommisiyasida 5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatini menejementi” mutaxassisligi bo‘yicha, kommisiya raisi sifatida ishtirok etdi
Ismatullaeva tomonidan xorijiy jurnallarda, konferensiyalarda, respublika jurnallarda 100 dan oshiq maqolalar chop etdi .
Ismatullayeva muallifligida 2 ta darslik, 2 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma mavjud.
10 dan oshiq metodik qo‘llanmalar talabalar va magistrlar bilan, ular o‘zbek va rus tillarda nashr etildi va talabalar foydalanmoqdalar. Qoraqalpoq tilida “Materialshunoslik” fanidan nashr etilgan darslik, Аjiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika universiteti talabalari uchun foydalanishga topshirilgan. Ismatullayeva Xolida Zakrullayevna Oliy taʼlim vazirligi, Yakkasaroy tumani hokimligi, Respublika O‘zbekiston ta’lim, va fan xodimlari kasaba uyushmasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutini va Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika universiteti tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.