Dalimova Go‘zal Abdurashitovna 1986-yil 2-iyun kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Onasi Dalimova Barno Jalilxo‘jayevna , otasi Dalimov Abdurashit Dexkanboyevich. Dalimova Go‘zal 1993-2003-yillarda Qibray tumanining 16-umumta’lim maktabini imtiyozli yakunlab, 2003-yilda Chirchiq shahri tibbiyot kasb-hunar kollejiga o‘qishga kirgan. Kollejni imtiyozli tamomlagan. 2005-2012-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tahsil olgan.
2012-yildan 2014-yilgacha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiy endokrinologiya markazida ordinaturada tahsil olgan.
2014-2018-yillarda O‘z.Res. Toshkent viloyati IIB tibbiyot boshqarmasining poliklinikasida yetakchi endokrinolog lavozimida ishlagan va ish davomida sidqidildan o‘z burchini bajarganli sababli IIB tomonidan bir necha bor faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
2017-2018-yillarda O‘zb.Res IIV markaziy shifoxonada endokrinolog lavozimida ishlagan. 2018-yilda akad. Yo.X. Turakkulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiy endokrinologiya markaziga tayanch doktoranturaga o‘qishga kirgan va 2020-yil muddatidan ilgari nomzodlik dissertatsiyasini (PhD) yoqlagan. 2021-2022-yillarda ilmiy loyiha rahbari.
Dalimova Go‘zal 2016-yili Avstriya davlati Zalsburg shahrida “Qandli diabet“ kasalligiga bag‘ishlangan seminarda qatnashgan. 2020-yilda Innovatsiya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Yosh olima ayollar” tanlovida “Bepushtlikning profilaktikasi uchun o‘smirlarda balog‘atga yetishishni buzilishini erta tashxislash texnologiyasini ishlab chiqish” ilmiy loyihasi bilan qatnashib g‘olib bo‘lgan.
2022-yil Innovatsiya vazirligi tomonidan e’lon qilingan qisqa muddatli ilmiy stajirovka tanlovida muvaffaqiyatli qatnashib, 2023-yil 4-iyundan 6-avgustgacha Buyuk Britaniyaning Lester shahridagi Lester universiteti, London shahridagi Bartholomew’s Hospitelxamda Kembridj shahrining Cambridj University Hospitallarida ilmiy stajirovka o‘tab kelish uchun grantni yutib olgan. Shu kunga qadar Dalimova Go‘zalning bitta monografiyasi, 2 ta metodik qo‘llanmasi va 30 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgan.