Gaipova Shaxnozaxon Saidazim qizi 1992-yil 6-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1999-2007 yillari 63- sonli umumta’lim maktabi, 2007-2011 yillar – P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejida, 2013-2017 yillar – Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat bosqichi va 2017-2019 yillar Oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan.
Sh.S.Gaipova ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi ortgani sabab va bor bilim hamda malakalari asosida 2020-yil Toshkent kimyo-texnologiya institutiga 02.00.17 – “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga qabul qilingan va ilmiy faoliyatga birinchi qadamni bosgan. Doktorant sifatida u o‘z ilmiy faoliyati va bilimga chanqoqligi sabab chuqur izlanishlar olib borgan va olgan bilim va ko‘nikmalari asosida 2022-yil doktorantlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining stipendiyasi sohibasiga aylangan. U 2022-yilning 23-dekabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda ““Funksional qo‘shimchalar bilan boyitilgan parhezli mayonez retsepturasini ishlab chiqish”” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining tegishli qarori asosida ilmiy darajaga erishgan.
2021- yildan beri Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Gaipova Shaxnozaxon Saidazim qizi oziq-ovqat sohasining pedagogik va ilmiy tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sh.S.Gaipovaning ilmiy tadqiqot faoliyati serhosil bo‘lib bugungi kunga qadar 2 ta patent, 5 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya, 20 dan ziyod mahalliy va xorijiy jurnallarida maqola va 30 dan ziyod Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida o‘zining tezislarini nashr qildirgan. Sh.Gaipova Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir. Bundan tashqari Sh.Gaipova tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
Sh.S.Gaipova 2022-yilning 23 iyul- 6 avgust mobaynida Turkiyaning “Aydin” universitetida «Delightful Istanbul 2022 – Food Technology, Cereal and Vegetable Oil Applications» kursida malaka oshirib, sertifikat bilan taqdirlanib kelgan. 2022-yil 25 oktyabrdan 3 noyabrgacha “Moskva davlat oziq-ovqat mahsulotlari universiteti” da “Методы и средства работы с цифровыми образовательными ресурсами” qo‘shimcha malakaviy dastur bo‘yicha o‘quv kurslarini 2021 yil Innovatsion rivojlanish Vazirligi tomonidan Yosh olimlar uchun tashkillashtirilgan “English for Science” kursini muvaffaqiyatli tugatgan.
Sh.S.Gaipova 2021-yilning mart oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magi doirasida respublikamizning tadqiqotchi olimlari uchun bepul “English for Science” o‘quv dasturining 3-mavsum tanlovining namunali bitiruvchisi bo‘lgan.
Sh.S.Gaipova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi yoshlar akademiyasi a’zosi.
Sh.S.Gaipova 2023-yilning may oyida Jahon Bankining MUNIS loyihasi ko‘magi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan “International approaches and best practices of using data in scientific research” dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan va maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
2023-yilning 1 iyul- 15 iyul sanalari mobaynida Turkiyaning “Yildiz Technical University” da «Advances of Food Science and Technology» kursida malaka oshirib, sertifikat bilan taqdirlanib kelgan.
Sh.S. Gaipova bir necha ommaviy axborot vositalari va jurnallarda yoshlarda ilmga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida o‘zining ilmiy faoliyatiga doir shuningdek nomzod stipendiyalarga erishish yo‘llari mavzusida ma’ruzalar qilib kelmoqda.
Bugungi kunda Sh.S.Gaipova xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqa o‘rnatishda faol qatnashib kelmoqda.