MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ESHPULATOVA ZAYNAB BARATOVNA

ESHPULATOVA ZAYNAB BARATOVNA

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Buxgalteriya hisobi kafedrasi dotsent v.b.

Eshpulatova Zaynab Baratovna 1982 yil 21 iyunda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1988-1997 yillari-30 umumta’lim maktabi, 1997-2000 yillari Samarqand oziq-ovqat texnikumi «Buxgalteriya hisobi va audit» mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. 2001-2013 yillarda Samarqand tibbiyot institutida buxgalter lavozimida buxgalteriya sohasida o‘z ish faoliyatini yuritgan. 2013-2017 yillari Samarqand iqtisodiyot va servis institutining «Buxgalteriya hisobi va audit» (tarmoqlar va sohalar) mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat bosqichi va 2017-2019 yili magistratura bosqichida tahsil olgan.

2019-2020 yillari RedBridgShcool Britaniya maktabida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2020 yil 3 sentyabrdan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasida assistent lavozimida ish faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda «Buxgalteriya hisobi» kafedrasida dotsent v.b., PhD lavozimida ishlab kelmoqda. Har doim institutda tahsil olayotgan talabalar bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, zamon talab etadigan kadrlarni tayyorlashda o‘z bilim va ko‘nikmalarini ayamasdan ishlab kelayotgan yosh kadrlardan biri.

2020-2022 yillari «Korxonalarda daromadlar hisobini takomillashtirish» mavzusida Samarqand iqtisodiyot va servis institutining mustaqil tadqiqotchisi sifatida ilmiy ishini olib borgan. U 2022 iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Eshpulatova Zaynab Baratovna ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil bo‘lib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya to‘plamlarida 60 dan ziyod ilmiy maqolalari "Особенности бухгалтерского учета в других отраслях" nomli o‘quv-qullanma ustoz dotsent D.R.Rafeyev bilan hammualliflikda, "Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobining konseptual masalalari" nomli monografiya ustoz professor., i.f.d T.S.Tashnazarov bilan hammualliflikda, "Biznesda buxgalter (1-qism)", "Biznesda buxgalter (2-qism)" nomli o‘quv qo‘llanmani yakkamualliflikda,  “Бухгалтерский управленческий учет и его практическое применение” nomli Qozon Federal universitetining “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedra i.f.n.dotsent Vetoshkina Ye.Yu bilan hamkorlikda o‘quv qo‘llanmalarni, "Korxonalarda daromadlar hisobi va Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlarga muvofiq takomillashtirish masalalari" nomli monografiyani yakkamualliflikda chop ettirgan. Bundan tashqari "Daromadlar va foyda-moliyaviy hisobot elementi"  va "Xaridorlar bilan shartnomalar bo‘yicha tushumlar hisobi va xalqaro tajriba" mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar, "Бухгалтерский учет в сфере услуг" nomli, "Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida buxgalteriya hisobi" nomli va Tambov qo‘shma dastur asosida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun "Бухгалтерский учет" nomli masalalar to‘plamlarini rus va o‘zbek tilida ko‘plab uslubiy ishlarni chop ettirishga muvaffaq bo‘lgan.

Z.B.Eshpulatova 26.11.2021 y Buyuk Britaniya mamlakati Angliyadagi Institute of Professional Financial Managers tomonidan “THE DIPLOMA IN FUNDAMENTALS OF THE IFRS” diplomi sohibi.

2023 yili 27 martda “Globallashuv davridagi muammolar va ularga innovatsion yechimlar” nomli ko‘p tarmoqli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Innovatsion targ‘ibotchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanloviga taqdim etgan ilmiy ishlari ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi. Tanlovda Z.B.Eshpulatova “Innovatsion targ‘ibotchi” esdalik ko‘krak nishoni, ID raqamli guvohnomasi, sertifikat, diplom hamda maqolalar jamlangan to‘plam (elektron  holatda) tantanali ravishda taqdim etildi.

Z.B.Eshpulatova ko‘plab ma’naviy tadbirlarda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Z.B.Eshpulatova bugungi kunda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi dotsent v.b., PhD lavozimida ishlab kelmoqda va buxgalteriya sohasiga doir xalqaro tajribalarni o‘rganib, 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga  o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyati davomida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar asosida milliy hisob tizimini metodologiyasini  takomillash-tirish masalalarida tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda. Oilali, ikki nafar farzandlarning mehribon onasi.