Aripova Nasiba Atxamovna, 1976 yil 30 dekabrda tug‘ilgan, o‘zbek. 1998 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi” fakultetini (kunduzgi) bitirgan, tarbiyachi-metodist, pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi, qo‘shimcha chet tili o‘qituvchisi mutaxassisligini egalladi. 1998-2001-yy. Toshkent arxitektura qurilish instituti «Falsafa va sotsiologiya» kafedrasi assistenti lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 2001-2008-yy. Toshkent arxitektura qurilish instituti “Falsafiy va ijtimoiy – siyosiy fanlar» kafedrasi katta o‘qituvchisi, o‘rindoshlik asosida “Muhandislik qurilishi infrastrukturasi” fakulteti ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimida ishlagan. 2009-2015 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti «Kasbiy pedagogika» kafedrasi katta o‘qituvchisi, o‘rindoshlik asosida “Bino va inshootlar qurilishi“ fakulteti ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimida ishlagan. 2015-2018yy.- Toshkent arxitektura qurilish instituti “Qurilish texnologiyasi va tashkiloti” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2018-2020 yy.- Toshkent arxitektura qurilish instituti “Jismoniy tarbiya va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, institut “Murabbiylar kengashi” raisi, jamoatchilik asosida BIQF xotin-qizlar kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yil 1- dekabrdan - Toshkent arxitektura qurilish instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tkazilgani. Umumiy ish staji: 25 yil, shundan ilmiy pedagogik ish staji 25 yil bo‘lib, shu jumladan mazkur oliy ta’lim muassasasidagi pedagogik ish staji 25 yil, hozirda Toshkent arxitektura qurilish universitetida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
N.A.Aripova universitetda pedagogik faoliyatida talabalarga “Kasbiy psixologiya”, “Boshqaruv psixologiyasi”,“Pedagogika. Psixologiya”, “Kasbiy ta’lim metodikasi”, “Tarbiyaviy ish metodikasi”, “Jismoniy tarbiya (Valeologiya)” fanlaridan mashg‘ulotlar o‘tib kelmoqda. U mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik va axborot ‑ kommunikatsiya texnologiyalaridan, multimediya ta’lim resurslaridan unumli foydalanadi. N.Aripova ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori ilmiy metodik saviyada olib boradi, jumladan, o‘zi o‘tadigan mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalar va interfaol uslublardan:“Zinama-zina”,”Charxpalak”, “Bumerang”, “Rezyume”, “Labirint”, ”FSMU”, ”KBI (kuzatish, bahslashish, ishontirish), “Skarabey”, “Yelpig‘ich”, “Keys stadi”, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, “Blits-so‘rov”, “Munosabat”, “AJIL”, “SCORE” kabi turli xil interfaol o‘qitish usullaridan keng foydalanadi. U mashg‘ulotlarni kerakli tarzda jihozlangan auditoriyalarda multimediya ta’lim resurslaridan keng va unumli foydalangan holda elektron prezentatsiyalar shaklida olib bormoqda.
N.A.Aripova har yillik namunaviy, ishchi fan dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib kelmoqda. N.A.Aripova tomonidan “Pedagogika”, “Kasbiy psixologiya”, “Valeologiya”, “Kasbiy ta’lim metodikasi” fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan.
Talabalar bilimini test va reyting sinovlari asosida o‘qitish va baholashni o‘quv jarayonida qo‘llashda faol qatnashadi va ayni paytda kafedra dotsenti sifatida faoliyat olib borib, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy ishlarni takomillashtirishga yordam berib kelmoqda.
Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Respublikani ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar, taqdimotlar qilib keladi.
U Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Bino va inshootlar qurilishi”, “Qurilishni boshqarish”, “Muhandislik qurilishi infrastrukturasi” fakultetlarida ko‘p yillar davomida ma’naviy - ma’rifiy, axloqiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, fakultet murabbiylar kengashi raisi, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi, institut Murabbiylar kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Universitet dotsenti sifatida fakultet va kafedraning ma’naviy–ma’rifiy tadbirlarida, o‘quv-tarbiyaviy ishlariga bevosita rahbarlik qilib, faol qatnashib kelmoqda. U Respublika miqyosida o‘tkazilgan targ‘ibot – tashviqot ishlarida, respublika OAV larida chiqishlari bilan, shuningdek, universitet va fakultetda o‘tkazilgan tadbirlarda muntazam ishtirok etmoqda. Fakultetida o‘tkazib boriladigan “Mustaqillik darslari”da Mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda taraqqiyot istiqbollari, bunyod etilgan inshootlar, barqaror tinchlik va iqtisodiy o‘sishning chet el xalqaro tashkilotlari tomonidan e’tirof etilishi bilan talabalarni tanishtirib boradi.
Shuningdek, “Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti Ilmiy Kengashida tasdiqlangan “Guruh murabbiylarining ma’naviy va ma’rifiy ishlari rejasi” asosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashgan. U akademik guruhlarga yillar davomida murabbiylik qilib keldi. Muloqot darslarida talabalarni ta’lim-tarbiya va ma’naviy va ma’rifiy sohaga oid qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining mazmuni bilan tanishtirib va ularni Vatanimiz ravnaqi uchun ahamiyatini yoritib bordi.
U o‘z faoliyati davomida har o‘quv yilida akademik guruhlarga murabbiylik qilib keladi. Talabalar bilan muntazam ravishda talabalar turar joylarida, ijarada yashovchi talabalar bilan ishlashda ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib, shaxsiy muloqotlarda faol qatnashadi va ularning o‘quv-tarbiyaviy ishlariga e’tibor beradi. O‘zi murabbiylik qilayotgan guruh talabalarini muzey, teatr, kino va xalqaro ko‘rgazmalarga reja asosida muntazam ekskursiyalarga olib bordi.
U talabalar bilan turli tadbirlar uyushtirish, ularni institutda o‘tkaziladigan jamoat ishlariga qiziqtirib borish, kasbga yo‘naltirish, sport musobaqalarida faol qatnashtirish, talabalarning ma’naviy qiyofasini yuksaltirish bo‘yicha doimo ish olib boradi.
N.A.Aripova Kasbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan qator talabalarga bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilgan.
Dotsent N.A.Aripova 2020 yil 1 yanvardan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan № U-180/20170923121 raqamli loyiha asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish yuzasidan “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish" mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun vaqtincha mehnat jamoasida kichik ilmiy xodim sifatida ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, 2010 yilda Tumanda milliy istiqlol g‘oya targ‘iboti va ma’naviy - ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va “Barkamol ishlar samaradorligini oshirish va “BARKAMOL AVLOD YILI” DAVLAT DASTURIning ijrosini ta’minlashda hamda tumanni ma’naviy - ma’rifiy rivojlanishida qo‘shgan hissasi uchun Shayxontohur tuman hokimi tomonidan Diplom bilan taqdirlandi. 2014 yil Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” tanlovi g‘olibi, ma’naviy, axloqiy, tarbiyaviy ishlardagi faolligi, yoshlarimizning komil inson qilib tarbiyalashdagi samarali mehnatlari uchun institut rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. 2016 yil Toshkent arxitektura qurilish instituti “Tarbiya reytingi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egallagan eng faol guruh va guruh murabbiysi maqtov yorlig‘i bilan taqdirlangan.
2017 yil O‘zbekiston “ADOLAT” sotsial – demokratik partiyasi Kengashi raisi tomonidan tashakkurnoma, 2017 yil “Institut ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlari, jamoadagi faolligi” uchun Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. 2018 yil “Eng yaxshi guruh murabbiysi” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorining “INSTITUT FAXRI” belgisi bilan mukofotlangan.
2018 yil “Institut ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlari, jamoadagi faolligi hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan institut rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. 2019 yil Toshkent arxitektura-qurilish instituti tomonidan “Institut xotin – qizlar o‘rtasida sportning “SHASHKA” turi bo‘yicha musobaqada Faxrli I o‘rinni egallagani uchun “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan. 2020 yil “Institut ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlari, jamoadagi faolligi” uchun institut rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
2021 yil “Institut ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlari, iqtidorli talabalarni tayyorlash va ularning yuqori marralarga erishishdagi xizmatlari uchun” Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan, jumladan, uning rahbarligida Kasbiy ta’lim bo‘yicha Talabalar Respublika fan olimpiadasida Nurinbekova Yulduz G‘ayratbek qizi olimpiada g‘olibi bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining II-darajali diplomi bilan taqdirlandi. Kasbiy ta’lim bo‘yicha Talabalar Respublika fan olimpiadasida Tulbayev Baxtiyor Bozorovich olimpiada g‘olibi bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining III-darajali diplomi bilan taqdirlandi. Respublika fan olimpiadasida Nasreddinov Ulug‘bek Tursunqulovich olimpiada g‘olibi bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining III - darajali diplomi bilan taqdirlandi. Uning rahbarligida shuningdek, institut miqyosida "Psixologiya" fani bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Turdiyeva Shahnoza Olimjon qizi faxrli II- o‘rinni egallagan va institut rektori faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan “Kasbiy ta’lim uslubiyati” fani bo‘yicha o‘tkazilgan talabalar Respublika fan olimpiadasining institut bosqichida Abdullayeva Marjona Abdusattor qizi faxrli II- o‘rinni egallagan va institut rektori faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2017 yilda Qozog‘iston davlatida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati sport musobaqasida faxrli I-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritgan Saidaxmedov Saidmuxtor Saidvaliyevichga maslahatchi psixolog sifatida trening mashg‘ulotlarini olib borgan.
N.Aripova oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimidagi attestatsiya jarayonida faol ishtirok etib kelmoqda: Toshkent arxitektura qurilish instituti dotsent M.Yu.Mahkamova tomonidan tayyorlangan “Pedagogika” fanidan yozilgan darslikka taqriz, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti pedagogika universiteti dotsent N.S.Fayzullayevaning tomonidan tayyorlangan 5A111001 - bo‘yicha magistratura mutaxassisligi uchun “Ta’lim va uni o‘rganish nazariyasi”,“Ta’lim iqtisodiyoti”,“Ta’lim jarayonlarini loyihalashtirish va baholash nazariyalari va metodlari” o‘quv dasturiga muntazam taqrizchi sifatida ishtirok etadi.
Chop etilgan ilmiy-uslubiy ishlari soni – 150 ga yaqin bo‘lib, shundan 5 tasi darslik, 1 tasi o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta uslubiy metodik ko‘rsatma, skopus jurnallarida, impakfaktor jurnallarida, OAK jurnallarida, xalqaro jurnallarda, respublika miqyosidagi jurnallardagi maqolalardir.
Hozirgi kunda mustaqil izlanuvchi (PhD) N.A.Aripova “Kredit-modul tizimida talabalarni mustaqil ta’lim olish faoliyatiga tayyorlash” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi ustida ishlab kelmoqda.
N.A.Aripova 1998 yildan buyon oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonini tashkillashtirish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yaratishda faol qatnashib, mukammal o‘zlashtirgan.
Kafedra dotsenti sifatida o‘zining pedagogik faoliyatini to‘xtovsiz davom ettirib kelmoqda: dars jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, bakalavriat bosqichlari iqtidorli talabalari va yosh izlanuvchilarni oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalar doirasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilishga alohida e’tibor bermoqda.
U har o‘quv yilida ochiq darslarni tashkil etib keladi. Ochiq ma’ruzalarga ekspertlar tomonidan ijobiy baho berilgan.
Oliy ta’lim tizimida ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro innovatsion hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash va yanada takomillashtirish borasida institutning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot jarayonlarining va potensial ish beruvchilar bilan (sanoatning tegishli sohalariga yosh yuqori malakali kadrlar yetishtirib berish) o‘zaro hamkorligiga alohida yordam berib kelmoqda hamda ushbu sohani yanada takomillashtirishda tinimsiz izlanishlar olib bormoqda.
N.A.Aripova tashabbuskor, o‘z xizmat vazifasiga nisbatan mas’uliyatli, xodimlarga va talabalarga nisbatan talabchan, mohir pedagog, hamda yaxshi mutaxassis hisoblanadi. Jamoat ishlarining barcha turlarida faol ishtirok etadi, o‘ziga topshirilgan har bir ishga jiddiy mas’uliyat va tashabbuskorlik bilan yondashadi. Jamoada va talabalar o‘rtasida hurmatga sazovor olim-pedagog.
N.A.Aripova pedagogik faoliyatida muntazam ravishda o‘zining pedagogik mahoratini oshirib borgan.
2001 yil 2 maydan 30 maygacha TAQI Malaka oshirish fakultetida 136 soatli “Falsafa va sotsiologiya” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan.
2001 yil 24 dekabrdan 24 yanvargacha Oliy va o‘rta maxsus maktab muammolari institutida 144 soatli “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interaktiv usullari” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan.
2007 yil 9 apreldan 11 maygacha TDTU qoshidagi Oliy injenerlik pedagogika institutida 144 soatli “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan.
2008 yil 10 martdan 15 martgacha Oliy va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limini rivojlantirish Markazida 36 soatli “Oliy ta’limni tashkil etishning dolzarb masalalari” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan.
2010 yil Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etilgan “Dunyoning mafkuraviy manzarasi-2010” mavzusidagi 26 soatlik elektron o‘quv kursini bitirgan.
2011 yil Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida 144 soatli “Axborot texnologiyalari” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan.
2013 yil 28 oktyabrdan 01 noyabrgacha Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam O‘quv Markazida Amerika Xalqaro Sog‘liqni Saqlash uyushmasi va Richmond shahri (AQSH, Virdjiniya) shoshilinch yordam xizmati Shahar Boshqarmasi ko‘magida tashkil etilgan “Shoshilinch holatlarda yordam ko‘rsatish” 30 soatli maxsus o‘quv kursini bitirdi.
2014 yil 1 apreldan 28 aprelgacha O‘ZMU huzuridagi Mintaqaviy markazida 144 soatli “Gumanitar va ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan.
2015 yil 2 fevraldan 23 maygacha Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQT va ularning MO TM da 576 soatli “Pedagogik” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan.
2018 yil 5 sentyabrdan 30 oktabrgacha Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQT va ularning MO TM da 288 soatli “Pedagogika va psixologiya” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan.
2021 yil 4 noyabrdan 28 dekabrgacha Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQT va ularning MO TM da 288 soatli “Pedagogika va psixologiya” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan.
2023 yil Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan “Kredit –modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish”, “Yoshlarning odam savdosi va majburiy mehnat bilan bog‘liq jinoyatlarini oldini olish”,”English (Beginner), “Raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot” masofaviy kursini to‘liq o‘zlashtirdi.
Yosh ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashda o‘zining ilmiy maktabini shakllantirayotgan salohiyatli olimlardan biri hisoblanadi. U o‘z zimmasiga yuklatilgan har bir topshiriqni vijdonan yondashgan holda o‘z vaqtida to‘laqonli bajaradi. 2017 yildan beri kafedrada iqtidorli talabalarga mo‘ljallangan “Pedagogik mahorat” to‘garak ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
N.A.Aripova Toshkent arxitektura qurilish institutida, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy-amaliy va ishlab chiqarish anjumanlarida, hamda oliy ta’lim muassasalararo ilmiy-texnika anjumanlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. Ilmiy-uslubiy ishlari natijalarini o‘quv jarayonida va amaliyotda samarali qo‘llab kelmoqda. Shuning uchun u respublika va xalqaro ilmiy maqolalari uchun diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan, jumladan: 2023 yil International scientific journal of “Science and Innovation”, 2019 yil “Qurilishda innovatsion texnologiyalar” Respublika ilmiy-texnik anjumanda ishtiroki uchun; 2019 yil “Tendensii i perspektivi razvitiya nauki i obrazovaniya v usloviyax globalizatsii» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etgani uchun; 2018 yil “The role of art and art education in spiritual modernization of contemporary society” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok uchun; 2018 yil “Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan: nauka, obrazovaniya i vospitaniya molodyoji” ilmiy-amaliy seminarda ishtiroki uchun; 2018 yilda “KNAUF” o‘quv markazida KNAUF texnologiyalarini o‘rganganligi uchun; 2015 yilda O‘zbekistondagi Xalqaro Universitetlar Nemis Assotsiatsiyasi filialida “Interaktivnie metodi obucheniya” seminar - treningida ishtirok etganligi uchun; 2010 yilda “Oliy o‘quv yurtida ta’lim texnologiyasini loyihalashtirish, rejalashtirish va uni amalga oshirish” mavzusidagi o‘quv seminarida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun; 2008 yilda “Milliy g‘oya ta’limi va targ‘ibotning yangi texnologiyalari” mavzusidagi seminar – treningni to‘la o‘zlashtirgani uchun sertifikat va guvohnomalar bilan taqdirlangan.
N.A.Aripova o‘z ustida tinimsiz ishlaydi, mehnatsevar, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi, jonkuyar ustoz, mohir pedagog, shu bilan birga o‘ziga nisbatan o‘ta talabchan, kasbdoshlari va talabalar orasida e’tibor qozongan. U tajribali tashkilotchi, malakali pedagog, o‘z faoliyati davomida ilmiy-pedagogik salohiyati va tajribasini yosh avlodga ilm berish va ularni tarbiyalashga bag‘ishlab kelmoqda.