MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ANARKULOVA GULNOZA MIRZAXMATOVNA

ANARKULOVA GULNOZA MIRZAXMATOVNA

Pedagogika fanlari nomzodi, Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti

Anarkulova Gulnoza Mirzaxmatovna 1966-yili 2-iyulda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida  tug‘ilgan.

1973-1983-yillarda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar 15-maktabda tahsil olib, u yerni oltin medal bilan tugatgan.

1983-1988-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlar institutining “Kasb ta’limi” yo‘nalishida tahsil olib, u yerni ham qizil diplom bilan tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1988-yilda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 14- hunar texnika bilim yurtida maxsus fan o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1989-yilda O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutiga kunduzgi aspiranturaga o‘qishga kirdi. Aspiranturada qishloq xo‘jaligi bilim yurtlarida kasblarga tayyorlash muammosi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishi olib bordi. 1992-yilda aspiranturani tamomlab  O‘rta Osiyoda “Ishlab chiqarish pedagogikasi” ilmiy tadqiqot institutiga ilmiy xodim bo‘lib ish faoliyatini boshladi.

Ilmiy tadqiqot institutidagi faoliyati davomida respublika o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida ta’lim jarayonini tashkil etish o‘quv me’yoriy hujjatlari davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlar yaratish ustida ishladi.

2003-yilda “Научно-методические основи подготовки младших спесиалистов для селского хозяйства” (на примере подготовки фермеров-растениеводов) 13.00.08.-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha. nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.

2004-yildan 2010-yilgacha O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ilmiy kotib, “Amaliy kasbiy ta’lim” kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat olib bordi. 2004-yili 30.11.-5.12. davrida O‘zbekiston Respublikasi nomidan Germaniya davlatida tashkil etilgan “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida ayollar” mavzusida tashkil etilgan Islom dialogi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

2006-yilda Oliy Attestatsiya komissiyasining “Dotsent” lik diplomini oldi. 2008-yilda o‘rta maxsus kasb–hunar ta’limi a’lochisi ko‘krak  nishoni bilan taqdirlandi. 2010-yildan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida “Pedagogika, psixologiya  va o‘qitish metodikasi” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyatini davom etdi. 2016-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Kasb ta’limi metodikasi” kafedrasida kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi.

2019-yil sentyabr oyidan universitetda 2 ta kafedra birlashganligi tufayli kafedra nomi “Texnologik ta’lim” deb o‘zgartirildi ,kafedra dotsenti lavozimiga o‘tdi. 2021-yildan Professional ta’lim metodikasi kafedrasi tashkil etilda shu vaqtdan e’tiboran kafedra dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

O‘z ilmiy pedagogik faoliyati davomida 60 dan ortiq talabalarning  diplom ishlariga rahbarlik qildi.  10 nafar magistrlarga ilmiy rahbarlik qildi va hozir ham rahbarlik qilmoqda. Bir necha doktorantlarga maslahatchi bo‘ldi.. 60 dan ortiq ilmiy maqolalar respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirgan, 100 dan ortiq respublika va xalqaro konferensiyalarda maqolalar va tezislar bilan qatnashgan.

Butun ilmiy faoliyati davomida 4 marta respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar tashkil etgan. Nizomiy nomidagi TDPU dani faoliyati davomida 1 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamining mas’ul muharriri bo‘lgan. 1 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar muallifi bo‘lgan. 1 ta skopus jurnalida 5 ta yuqori impakt faktorli xorijiy jurnalda, maqolalari chop etilgan.