Umumiy mehnat staji 25 yil. Texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
2020-yilda ustozlari professor X.X.Turaev hamda professor X.S.Beknazarov rahbarligida Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/30.12.2019.T.78.01 raqamli ilmiy kengashda 02.00.13-noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.14-organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha “Mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan oltingugurt olish texnologiyasini ishlab chiqish va uni oltingugurtli beton olishda qo‘llash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Nodira Davlyatovna so‘nggi besh yil ichida jami 70 ta ilmiy ishlar chop ettirgan bo‘lib, shulardan: 10 tasi Rossiya, 8 ta Respublika ilmiy jurnallarida, 52 tasi esa Respublikamiz ilmiy jurnallari va xalqaro konferensiyalar materiallarida chop etilgan.
N.D.Amanova universitetning kimyo laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash va malakali kadrlar tayyorlashda o‘zining iqtidorli va talabchan olim ekanligini yaqqol namoyon qilgan. Mustaqil Respublikamiz xalq xo‘jaligi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlashda u doimo oldingi saflarda bormoqda. Uning bevosita rahbarligida M. Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiati va “Yurt kelajagi” Respublika yoshlar tanlovi g‘oliblari yetishib chiqqan.
N.D.Amanovaning ish faoliyati davomida kimyo ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
N.D.Amanova fakultetning barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
U 2021-yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan matematika, kimyo, biologiya, geologiya fanlari yo‘nalishi bo‘yicha stipendiyali tanloviga ishtirok etib tanlov g‘olibi bo‘lgan. I.M.Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetiga 18.10-18.12.2021.gacha 2 oy malaka oshirib keldi. Iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini hamda aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish maqsadida respublikamizda bir qancha ishlar olib borilmoqda. Innovatsion vazirligi tomonidan viloyatimizning Oltinsoy tumanini innovatsion rivojlantirish borasidagi chora tadbirlarga “Neft-gaz sanoati korxonalari chiqindi oltingugurti asosida modifikatsiyalangan oltingugurtli beton mahsulotlarini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy loyihasi bilan ishtirok etgan. U ushbu ilmiy loyiha rahbaridir.
Dotsent Amanova Nodira Davlyatovnaning 2022-yil 9-15-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi N.S.Kurnakov nomidagi Rossiya fanlar akademiyasiga qarashli Umumiy va noorganik kimyo institutida “Tadqiqot natijalarini statistik hisoblash” dasturi bo‘yicha malaka oshirish
N.D.Amanova fidoyi, kamtarin inson, jonkuyar olima, Vatanimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni jahon talablariga mos yetuk kadrlar qilib tayyorlashda, ularning Vatanimizga sodiq va fidoyi farzandlar bo‘lib etishishida doimo o‘z kuchi va qudratini, bilimini, qolaversa huzur-halovatini ayamaydigan, yurtimiz shon-shuhratini, fan va ta’limini yuksaklarga ko‘tarishda, xalqimiz baxt-saodati va manfaatlari yo‘lida fidokorona mehnat qilish uchun kuch va g‘ayratga, bilim va malakaga ega bo‘lgan oliyjanob insondir.
U universitet jamoasi orasida hurmat qozongan, Respublikamiz va MDH davlatlari kimyogar olimlari o‘rtasida katta obro‘ga ega bo‘lgan olimadir.