MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

AJABOV ABDURAZZOQ QAYUMOVICH

AJABOV ABDURAZZOQ QAYUMOVICH

Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri. Qarshi davlat universiteti “Nazariy va eksperimental fizika” kafedrasi dotsenti (oʻrindoshlik asosida). Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Ajabov Abdurazzoq Qayumovich 1966-yil 1-dekabrda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

1973-1983-yillarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 53-o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.

1983-yili Samarqand Davlat Universiteti fizika fakultetining 1-kursiga o‘qishga qabul qilingan.

1984-1986 yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan.

1986 yili 2-kursdan o‘qishni davom ettirgan.

1988 yili Toshkent Davlat Universitetiga o‘tib o‘qishini davom ettirgan.

1990 yili Toshkent Davlat Universitetining fizika fakultetini “Yadro fizikasi va kosmik nurlar” ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan va yo‘llanma bilan Qashqadaryo viloyatidagi Kitob Xalqaro Kenglik Stansiyasiga ishga yo‘naltirilgan.

1990-1992 yillar davomida Kitob Xalqaro Kenglik Stansiyasida kuzatuvchi muhandis lavozimida faoliyat yuritgan. Faoliyati davomida Xalqaro kenglik o‘zgarishiga oid tadqiqotlar bilan shug‘ullangan.

1992-1995 yillar davomida Samarqand Davlat Universitetida aspiranturada tahsil olgan.

1995-2001 yillar davomida SamDU Yadro fizikasi laboratoriyasi ilmiy xodimi,            

2002-2004 yillar davomida SamDU Yadro-fizikasi laboratoriyasida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.

2004-2013 yillar mabaynida SamDU qoshidagi “Astronomiya o‘quv-ilmiy markazi” rahbari; (SamDU Fizika fakulteti Astronomiya kafedrasi dotsenti (o‘rindoshlik asosida)) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 2013-2016 yillar davomida SamDU Fizika fakulteti “Astronomiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

2016-2019 yillar davomida SamDU “Astronomiya o‘quv-ilmiy markazi” rahbari; SamDU Fizika fakulteti Astronomiya kafedrasi dotsenti (o‘rindoshlik asosida)) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019-2021 yillar davomida Qarshi Davlat Universiteti Fizika kafedrasi dotsenti, 2021-2022 yillar davomida Qarshi Davlat Universiteti “Nazariy va eksperimental fizika” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

2022 yil sentyabr oyidan to hozirgacha: Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti “Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shu jumladan: O‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanmalar, fanlarga oid o‘quv-uslubiy majmualar, uslubiy ko‘rsatmalar muallifi hisoblanadi.