Adilov Zarifjon Nimmatovich 1975-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Yoshligidan ilmga bo‘lgan muhabbati tufayli dastlab, Samarqand qishloq xo‘jalik institutida tahsil olgach, ilmiy izlanishlarni davom ettirish maqsadida, 2000-2004-yillar taqdir yo‘llari Toshkent shahriga yetakladi va o‘z ish faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘simlik moddalari kimyosi instituti kichik ilmiy xodimi lavozimida ish boshladi. 2005-2007-yillarda O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutining aspiranturasida tahsil oldi. 2010-yil “Insektisid faollikka ega bo‘lgan xlorat tutuvchi defoliantlar olishning kimyosi va texnologiyasi” mavzusida tayyorlangan dissertatsiyasini himoya qilgan
2016-yildan boshlab Toshkent arxitektura qurilish institutida “Interyer va landshaft dizayni” kafedrasida dotsent bo‘lib, talabalarga o‘zlarining bilimlarini berishni boshladilar. 2019-yilga borib kafedra professori. 2021-yil “Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo” xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi prezidiumining akademigi. 2022-yillar Toshkent arxitektura qurilish universiteti Rayonlashtirish, Shaharsozlik, Qishloq turar joylarini rejalashtirish, Landshaft arxitekturasi, bino va inshootlar arxitekturasi yo‘nalishida DSc doktoranti.
O‘z hayotlarini yosh kadrlarga bilim berish, yurtimizning ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shish va rivojlantirishga baxshida qilib kelmoqdalar. Pedagogik faoliyati jabhasida fidokorona xizmatlari ila talabalar va universitet pedagoglari o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lganlar.
2019-yil 1-iyuldan boshlab qurilish jarayonining barcha ishtirokchilari (buyurtmachi, loyihalovchi, pudratchi) uchun BIM texnologiyalarini qo‘llashga bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlangan. Ushbu farmon ijrosini ta’minlashda institut tomonidan bir guruh professor-o‘qituvchilar qatori Qozog‘iston Respublikasida BIM texnologiyalari bo‘yicha o‘quv kurslarini tugatib sertifikat olgan.
Rahbarligida magistr va bakalavr talabalari nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar:
· O.U.Abdurazzoqov 3-darajali diplom. Landshaft va interyer dizayni Online Fan Olimpiadasi 2020;
· E.A.Rizayev 2-darajali diplom. Eng yaxshi landshaft dizayni.Yangi asr iste’dodlari 2018 respublika ko‘rik tanlovi;
· M.Meliyev 1-darajali diplom. Eng yaxshi landshaft va interyer dizayni uchun. Yangi asr iste’dodlari 2019 respublika ko‘rik tanlovi;
· D.M.Tajibayeva 3-darajali diplom. Eng yaxshi landshaft va interyer dizayni uchun. Yangi asr iste’dodlari 2019 respublika ko‘rik tanlovi;
· N.Shodiyev 2-darajali diplom. Architectural Design. IX International Festival of Architectural, Civil Engineering and Design Schools of Eurasia.
Bugungi kunda arxitektura qurilish universitetining“Архитектура, қурилиш ва дизайн илмий-амалий журнали” mas’ul kotibi hamda “O‘zbekiston shaharlari landshaft muhitini dizaynini kompleks tashkil etish tamoyillarini takomillashtirish” mavzusidagi arxitektura fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish maqsadida bir qator izlanishlar olib bormoqdalar. Arxitektura sohasini rivojlantirishga salmoqli hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabr kunidagi PF-6119-sonli Farmonining 7-bandida belgilangan: 2022-yil 1-iyulgacha shahar muhiti elementlarining maqsadi, an’anaviy arxitektura va madaniyati, shuningdek, joyning tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududiy “dizayn-kod”ning ishlab chiqilishi va joriy etilishi orqali O‘zbekiston shaharlari hududlarini o‘ziga jalb etuvchi estetik ko‘rinishga ega bo‘lgan arxitektura muhiti dizaynini yaratish, kichik me’moriy qurilmalar tizimini har bir hududning an’anaviy arxitektura, madaniyati va madaniy meros elementlar asosida ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Olim sifatida zalvorli arxitektura fani solnomasida ularning uzluksiz ta’limga oid ilmiy-arxitekturaviy pedagogik yondashuvlari xalq ta’limi modernizatsiyalash va rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyasi yuksak e’tirofga sazovor.
Ustozning chop etilgan o‘quv uslubiy ishlari soni 5 tani tashkil qiladi. 1 ta monografiya, sanoat namunasiga 14 ta patent. Mualliflik guvohnomalari soni 20 dan ortiq. Ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalari shulardan 3 tasi Q3 Scopus va 20 dan ortiq yuqori IF jurnallarida chop etilgan. Bir qator izlanishlardan cheklanmay qolmay pedagogik amaliyotda foydalanib kelayotgan bir qator ishlari nashrdan chiqqan. O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan. U doimo o‘z ustida ishlab, o‘zining kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratadi. Hozirgi kunda ko‘plab shogirdlarning sevimli ustozi. Ularga o‘z ilmiy va kasbiy mahoratini o‘rgatib kelmoqda.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Архитектура, қурилиш ва дизайн илмий-амалий журнали” mas’ul kotibi.
Oilali, ikkita farzandning otasi.