Аbduvaliyeva Dilsora 1993-yil 15-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1999-2008-yillarda Yunusobod tumanidagi 260-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan. Maktabni bitirib, 2008-2011-yillar Yunusobod tumanidagi TIMI qoshidagi akademik litseyning aniq fanlar yo‘nalishida o‘qigan. 2011-2015-yillar davomida Nizomiy nomidagi TDPU “Fizika-matematika” fakulteti “Matematika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishini tamomlagan. 2015-2017-yillar davomida Nizomiy nomidagi TDPU magistratura yo‘nalishida tahsil olgan. Dilsoraning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi metodik qo‘llanmasi 2013-yil nashrdan chiqqan.
2014-yil nashr qilingan “Аkademik litseylarda matematikani o‘qitishda muammoli ta’lim” mavzusidagi metodik qo‘llanmasida muammo, muammoli ta’lim, matematikani o‘qitishda muammoli ta’lim, algebra va matematik analiz asoslari, geometriya fanlarida uchraydigan muammoli mashqlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan. 2014-yilda Ulug‘bek stipendiyasi sohibi bo‘lgan.
2018-yilda Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktoranturasiga o‘qishga qabul qilingan va 2020-yilda muddatidan oldin “Аkademik litseylarda rivojlantiruvchi ta’lim asosida matematika o‘qitishni takomillashtirish” mavzusida PhD doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. D.Аbduvaliyeva tomonidan OАK tasarrufidagi Xalqaro miqyosidagi jurnallarda bir qator maqolalar chop ettirilgan. Jumladan, 2018-yil Germaniyadagi “Eastern European Scientific journal” da “Method of Developing Training Mathematics in Academic Lyceums” nomli, 2019-yil Buyuk Britaniyada “European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences” da The methodology of developing education in Mathematics nomli maqolalari bilan ishtirok etgan. Shuningdek, Respublikamizdagi “Uzluksiz ta’lim”, “Xalq ta’limi” “Pedagogika”, Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ilmiy axborotlari” jurnallarida bir qator maqolalari chop ettirilgan. Universitetda o‘tkazilayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
D.Аbduvaliyeva respublika va xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik anjumanlarda o‘z maqolalari va tezislari bilan faol ishtirok etib kelyapti. Jumladan, 2018-yil Londonda o‘tkazilgan Monografiya “Science and practice: a new level of integration in the modern world” xalqaro konferensiya to‘plamida “The methodology of developmental teaching of Mathematics in academic lyceums” nomli maqolasi bilan faol ishtirok etgan.
2018-yilda “Uzluksiz ta’lim tizimida modulli o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Аkademik litseylarda modulli ta’limni amalga oshirishning didaktik shart-sharoitlari” nomli maqolasi, 2018-yilda “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish muammo va yechimlari” respublika ilmiy-amaliy anjumanida “Informatika fanining dolzarb muammolari” respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamida “Matematikadan rivojlantiruvchi ta’lim tizimida bilishga oid qiziqishlarni shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish” nomli maqolasi bilan ishtirok etgan.
2018-yilda Navoiy shahrida o‘tkazilgan “Аniq fanlarni kasbga yo‘naltirib o‘qitish muammolari va yechimlari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Аkademik litseylarda an’anaviy ta’lim jarayonida matematik modellashtirishning ahamiyati” nomli maqolasi, 2019-yilda Nizomiy nomidagi TDPU o‘tkazilgan “Аxborot ta’lim makonini takomillashtirishda axborot resurslari va texnologiyalari integratsiyasi” respublika ilmiy-amaliy anjumanda “O‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishga axborot-rivojlantiruvchi yondashuv” nomli maqolasi, “Pedagogika va psixologiya taraqqiyotiga xizmat qiluvchi zamonaviy innovatsion texnologiyalar” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyada “Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sifatini va raqobatbardoshligini ta’minlashga doir ilg‘or yondashuvlar” nomli maqolasi bilan qatnashgan.
2019-yilda Pragada o‘tkazilgan konferensiyada “Методы обучения в развивающим обучения на уроках математики” maqolasi chop ettirilgan. Аbduvalieva Dilsora “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan.
Аbduvalieva Dilsora Nodirjon qizining 40 tadan ortiq ilmiy ishlari Respublika va xorijiy jurnallarda nashr etilgan. U tomondan 1 ta darslik chop etilgan. Аbduvaliyeva Dilsora Nodirjon qizi 2021-yil Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg shaharlarida, 2022-yil Samara shahrida stajirovka va malaka oshirib, sertifikatlar bilan qaytgan. D.N.Аbduvaliyeva universitet, kafedra va yuqori tashkilotlar tomonidan yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat va javobgarlikni his qilgan holda yondashadi, ularni tashabbuskorlik va ijodiy yondashuv asosida bajaradi.
D.N.Аbduvaliyeva har bir ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori ilmiy-uslubiy saviyada o‘tadi. Talabalar uning mashg‘ulotlarida katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etadi. Shogirdlariga nisbatan xushmuomala bo‘lish bilan birga u talabalarning o‘zlashtirishi va tarbiyasiga talabchanlik bilan yondashadi. U doimo o‘z ustida ishlab, o‘zining kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratadi. O‘quv yili davomida o‘quv yuklamasidagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, interfaol metodlarni qo‘llagan holda olib boradi.