MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ABDULLAYEVA NARGIZA NASILLAYEVNA

ABDULLAYEVA NARGIZA NASILLAYEVNA

Olmaliq shahar kasb-hunar maktabi oʻqituvchisi

Nargiza Abdullayeva Nasillayevna 1978-yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti tugallangan oliy. Magistr darajasiga ega. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti bakalavriatini 2000-yilda, magistraturasini 2002-yilda tugatgan. Rus tilini mukammal biladi.

Ish faoliyatini quyidagi tashkilotlarda olib borgan:

2000-2001-yillarda  Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 144-o‘rta maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

2001-2007-yillari Toshkent shahar Shayxontohur tumani  Transport Kasb-hunar kollejining ona tili va adabiyoti  fani o‘qituvchisi;

2007-2010-yillarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 144-maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

2016-2019-yillarda Toshkent viloyati Olmaliq Kon-metallurgiya kasb-hunar kolleji ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

2019-2020-yillarda Toshkent viloyati Olmaliq shahar 21-maktabi o‘zbek tili  o‘qituvchisi.

2020-yildan Olmaliq shahar kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyot  va o‘zbek tili fani o‘qituvchisi.

Mehnat staji -22 yil. Mazkur lavozimda 2000-yildan buyon ishlamoqda.

Abdullayeva Nargiza 1996-yil Nizomiy nomidagi TDPU ning filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. 2000-yilda a’lo baholarga bitirib, 2000-yil shu universitetining magistraturasiga qabul qilingan, 2002-yilda magistraturani bitirgan.

Ish faoliyatini 2000-yildan boshlagan. Dastlab 2000-yil TDPUning filologiya va tarix fakultetlarida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 144-maktabda, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida, Transport kasb-hunar kollejida, keyinchalik esa Toshkent viloyati Olmaliq shahar Kon-metallurgiya kasb-hunar kollejida,  Olmaliq shahar 21-umumta’lim maktabida o‘qituvchilik vazifasida ishlab kelgan. Hozirgi kunda Olmaliq shahar kasb-hunar maktabida ona tili va adabiyot fanidan dars berib kelmoqda.

Abdullayeva Nargiza Nasillayevna o‘zining ish faoliyatida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar bilan juda samimiy, doimo shogirdlar davrasida o‘z hurmat va e’tiboriga ega. Tashkiliy ishlarda ham hamisha faol ishtirok etadi, tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, o‘quvchilarni qiziqtirib tadbirlar uyushtirishda qiynalmasdan o‘quvchilarni jalb qila olish qobiliyatiga ega. Har qanday o‘quvchilarni ham o‘z atrofiga yig‘a oladi.

Ularni jalb qilib turli xildagi tanlovlar o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatadi.

Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, innovatsiyalar yaratib, zamon talabiga asoslangan holda o‘quvchilarni fikrini jalb qilib, qiziqtirishga harakat qiladi. O‘z ustida ko‘proq ishlashga, izlanishga harakat qiladi.

N.Abdullayeva o‘zining o‘tkir salohiyati, ilm sohasidagi izlanishlari bilan hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda va shu bilan birga, o‘z fanining rivojlanishiga  boy ilmiy tajribasi bilan yanada qiziqishlari bilan o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda. U ko‘p yillik tajribaga ega ilg‘or pedagog sifatida hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda.

N.Abdullayeva ta’lim bergan o‘quvchilar o‘tkazilgan fan olimpiadalarida, zakovat, tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan.

U o‘zining mohir pedagogligini, tashkilotchiligini, ilm-fanga jonkuyarligini va mehribon tarbiyachi ekanligini ish faoliyati davomida ko‘rsatdi.

N.Abdullayeva talaba-yoshlar uchun  malakali pedagog, mehribon ona, fidoyi va jonkuyar inson sifatida hamkasblari va mahalla ahli o‘rtasida hurmat qozongan.  Hozirgi kunda “Nodirabegim-forsiy ijodi” nomli dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.