MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ABDULLAYEVA NILUFARXON MAXAMADJANOVNA

ABDULLAYEVA NILUFARXON MAXAMADJANOVNA

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti

Abdullayeva Nilufarxon Maxamadjanovna 1977-yil 14-mayda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 36-sonli o‘rta maktabni Oltin medal bilan muvaffaqiyatli o‘qib bitirgan. 1999-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (kunduzgi) o‘zbek tili va adabiyoti qo‘shimcha turk tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligini tamomlagan. 2000-2001-yillarda Andijon davlat universiteti “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi zamonaviy ilmiy adabiyotlar bo‘yicha aspiranturada  tahsil olgan. Abdullayeva N.M. 1999-yildan 2000-yilga qadar “Namangan davlat universiteti kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi” uslubchisi, 2001-yildan 2022-yilga qadar Namangan davlat      universitetining “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 2019-2020- yillarda Namangan davlat universitetining “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri, 2020-2021-yillarda Namangan davlat universiteti Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti dekani lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan. 2021-yildan   Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Abdullayeva N.M. 2020-yilda Namangan davlat universiteti qoshidagi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Namangan davlat universiteti, huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ixtisoslashgan ilmiy kengashda “Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan texnologiyadan foydalanish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli  himoya qildi.

Abdullayeva N.M. jamiyatimiz taraqqiyot yo‘lini rivojlantirishda o‘z ish faoliyati davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar va yurtimizda kechayotgan ijtimoiy–siyosiy jarayonlar, Vatanimiz ma’naviy-madaniy hayotidagi yangilanishlar va voqealarida faolligi, yosh avlodni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalash, ularga ixtisoslik fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni berish, ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy axborot vositalarini qo‘llash,  ustoz-shogird tizimi asosida olib borayotgan ijodiy faoliyati va ilmiy tadqiqot ishlari orqali pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishda o‘z hissasi bilan ishtirok etib kelmoqda.

Abdullayeva N.M. o‘z ilmiy-ijodiy faoliyati davomida xalqaro, respublika miqyosida umume’tirof etilgan jurnallar va ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilingan, shu jumladan, 20 dan ortiq o‘quv adabiyotlar, 1 ta monografiya, 2 ta patent guvohnomasi muallifi.

Abdullayeva N.M. jamiyatning faol a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshqaruv kengashi a’zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati, Namangan viloyati olima ayollar uyushmasi a’zosi  sifatida samarali mehnat qilgan.

Abdullayeva N.M. tashabbusi bilan uning boshchiligida yosh olimlar, magistrant va bakalavriat yo‘nalishi talabalari, akademik litsey va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlari o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhiti, kelgusida ilmiy mintaqada ilmiy salohiyatli kadrlar “Oltin fondi” ni shakllantirish, o‘zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratish va ularni fan-texnika taraqqiyoti yo‘lida birlashtirish maqsadida “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari”,  “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalari” va “Ilm-fan yutuqlari –taraqqiyotning muhim omili”, “O‘zbekistonda uchinchi renessans uyg‘onish davri boshlanayotganida yoshlarning o‘rni”  mavzularida 10 ga yaqin respublika va mintaqa miqyosida ilmiy-texnik konferensiyalar yuqori saviyada o‘tkazilgan va konferensiya materiallari to‘plamlari hamda Namangan viloyati olimlari va iqtidorli yoshlari tomonidan yaratilgan Innovatsion ishlanmalar katalogi chop etilgan.

Namangan viloyatida mavjud ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish, uni rivojlantirish, ilmiy hajmdor mahsulotlar va xizmatlarning yangi turlarini  kengaytirish maqsadida o‘nlab davlat granti asosida yosh olimlar amaliy fundamental, innovatsiya yo‘nalishida davlat granti asosidagi loyihalarni amalga oshirilishida ko‘maklashilgan va loyihalarda ishtirok etgan. Abdullayeva N.M. o‘nlab magistratura mutaxassisligi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi talabalariga ilmiy rahbarlik qilgan, hozirda uning ilmiy rahbarligida ilmiy tadqiqotchilar “Innovatsion pedagogika”, “Ta’lim menejmenti” ixtisosliklari bo‘yicha doktorlik dissertatsiya ishlari ustida ilmiy izlanishlar olib borib, ilmiy tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilmoqdalar. Uning faoliyati davomida nomli davlat stipendiyalar tanlovlari, respublika tanlovi hamda musobaqalarida g‘olib yoshlar yetishib chiqqan.

Hozirgi kunda Abdullayeva N.M.  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika  universiteti talabalarining  ilmiy salohiyatini ko‘tarish, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning ilmiy ijodiy ishlariga ko‘maklashish, ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish orqali talabalarning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, o‘quv jarayoni sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar tarkibini malakasini oshirish, o‘quv adabiyotlar yaratish, ilmiy tadqiqot izlanishlariga jalb etish va xorijiy tillarni bilish darajasini ko‘tarish, kafedraning xalqaro hamkorlik, ta’lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish   barkamol avlodni tarbiyalash   borasida salmoqli hissa qo‘shib, faol mehnat qilib kelmoqda.

Abdullayeva Nilufar ishbilarmon, tashkilotchi, o‘z mustaqil fikriga ega, tashabbuskor, izlanuvchi, olima rahbar sifatida tanilgan bo‘lib, o‘zining 30 yilga yaqin serqirra mehnat faoliyatini mamlakatimiz ta’lim, ilm-fan sohasining rivojiga, yoshlarning malakali kadr bo‘lib yetishishiga va xalqiga xizmat qilishga bag‘ishlab kelmoqda.