MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ABBAZOV  ILXOM  ZAPIROVICH

ABBAZOV ILXOM ZAPIROVICH

Texnika falari bo‘yicha falsafa doktori, Jizzax politexnika institutining “Sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani, dotsent

Abbazov Ilxom Zapirovich  1986-yil 11-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1993-2000- yillari 33-umumta’lim maktabi, 2000-2002- yillarda 1-son ixtisoslashtirilgan litsey, 2002-2005-yillari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. 2005-2009-yillari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichi va 2009-2011-yillari “Paxtaga dastlabki ishlov berish” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichi, 2017-2018-yillari tayanch doktoranturada tahsil olgan.

2008-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ta’sis etilgan vazirlik stipendiyasi tanlovi g‘olibi. 2010-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining ichki Akademik X.A.Raxmatulin stipendiyasi sohibi. 2015-yil Yoshlarning innovatsion g‘oyalari Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan. 2016-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Respublika fan olimpiadalarining institut bosqichida iqtidorli talabalarni munosib tayyorlagan. 2016-yil Yoshlarning innovatsion g‘oyalari Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan. 2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi BEST IP – 2018 “Eng yaxshi ixtirochi” nominatsiyasi g‘olibi. 2019-yil BEST IP – 2019 Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari uchun tanlovining “Eng yaxshi foydali model” nominatsiyasi bo‘yicha II darajali diplom sohibi. 2021-yil “Bir million o‘zbek dasturchilari” onlayn platformasini muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

2005-2008-yillar Respublika tashxis markazining monitoring bo‘limi operatori, 2009-2011-yillar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Mehnat muhofazasi” kafedrasi  laboranti, 2011-2011-yillar Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Yangiyo‘l” paxta tozalash korxonasi   chilangari, 2011-2014-yillar  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi assistenti, 2014-2016-yillar  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti, 2018-2019-yillar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti, 2019-2020-yillar Jizzax politexnika institutining “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi v.b. dotsent, 2020-2021-yillar Jizzax politexnika institutining “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish” kafedrasi mudiri. 2021-yildan hozirgi kungacha Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Abbazov Ilxom Zapirovich paxtaga dastlabki ishlov berish mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.

U 2018-yil “Paxtani qayta ishlash jarayonidan chiqayotgan havoni tozalashning samarali texnologiyasini yaratish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serqirra bo‘lib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya to‘plamlarida 100 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. I.Abbazov Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir. Bundan tashqari Respublika va xalqaro loyihalarda ishtirokchi bo‘lib, 2015-2016-yillarda “Разработка высоко эффективных текстивных филтров”  xalqaro grant loyihasida ijrochi M/O‘ZB-KHR – 16/2015  “O‘zbekiston – Xitoy 2015” loyihasi hajmidagi Xalqaro granti tomonidan 217 million  so‘m moliyalashtirilgan;

2015-2016-yillarda “Paxta xom ashyosini quritishni samarali texnologiyasini ishlab chiqarishga tatbiq etish” mavzusidagi  № IOT-2015-2-20. innovatsion loyihasida ijrochi. 2015-yil uchun moliyalashtirish hajmi 50 million so‘m. 2016-yil uchun moliyalashtirish hajmi 50 million  so‘mni tashkil qiladi;

2016-2017-yillarda “Paxtani havodan ajratish jarayonida uning tabiiy xususiyatlarini saqlash qurilmalarini joriy qilish” mavzusidagi №I-2016-2-10 innovatsion loyihasida ijrochi. 2016-yil uchun moliyalashtirish hajmi 65 million so‘m. 2017-yil uchun moliyalashtirish hajmi 73,515 million so‘mni tashkil qiladi.

2017-2018-yillarda “Paxtani qayta ishlash jarayonidan chiqayotgan chang havoni tozalashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi №VA-OT-A3-002 amaliy loyihasida asosiy ijrochi.  2017-yil uchun moliyalashtirish hajmi 45 million so‘m. 2018- yil uchun moliyalashtirish hajmi 45 million so‘mni tashkil qiladi.

2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturining 618930-EPP-1-2020-1-EL-EPPKA2-CBHE-JP YeL (O‘zbekiston va Qozog‘iston OTMlarida charm va charm buyumlarini masalalarini kuchaytirish / Reinforcing capacities of HEIs for leather producs in Uzbekistan) loyihasida Jizzax politexnika institutida asosiy ijrochi. 2022-yil uchun moliyalashtirish hajmi 72 ming YeUR, 2023-yil uchun ming YeUR moliyalashtirilgan.

Loyihalarda rahbar sifatida.

2018-2019 yillarda “Havo, mineral zarracha va tolali chiqindilardan tashkil topgan aralashmalarni chang ushlash majmuasidagi harakat qonunlarini tadqiq qilishning nazariy asoslarini ishlab chiqish” yosh olimlar fundamental loyihasi rahbari № YoOT-Ftex-2018-54. Loyihaning moliyalashtirish hajmi 2018-yil uchun 62 million so‘m. 2019-yil uchun 62 million so‘mni tashkil qiladi.

Abbazov Ilxom Zapirovich rejali o‘quv yuklamasidan tashqari ilmiy-pedagogik faoliyati davomida quyidagi ishlarni ham amalga oshirib kelmoqda.

U tomonidan 5321200 – Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi hamda 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalar uchun jami 10 dan ortiq “Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlar”, “Tolali materiallarni quritish va namlash”, “Tadqiqot uslub va vositalari”, “Konstruksion materiallar texnologiyasi”, “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash”, “Mashinalarni loyihalash asoslari” hamda “Korxonalarni loyihalash” fanlaridan o‘quv uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanma chop etgan va bu yuqoridagi fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni olib borish, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish hamda kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalar vazifasini bajarib kelmoqda.

Abbazov Ilxom Zapirovich o‘quv ishlari bilan birgalikda institutda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va tadbirlarda faol ishtirok etadi. Jumladan  u tomonidan 2019-yilda institutning 5321200 – Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi hamda 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarning ishlab chiqarishning rahbarlari va mutaxassislari bilan  davra suhbatini tashkil etdi.

Jamoada  o‘tkazilgan anketaviy sotsiologik so‘rovlar ma’lumotlariga ko‘ra Abbazov Ilxom Zapirovichga o‘qitishning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini zamon bilan hamnafas targ‘ib qilib, milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillari bilan hamohang holda talabalarga saboq berib keladigan ustoz sifatida tavsif berilgan.

I.Z.Abbazov kafedrada iqtidorli talabalar bilan samarali ishlab kelmoqda. Kafedradagi iqtidorli talabalarni tanlab, ularni ilm, fan va ilmiy-tadqiqotlarga jalb etib, har yili institutda o‘tkazilayotgan an’anaviy ilmiy konferensiyalarda ular bilan birgalikda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

So‘nggi uch yil davomida: 5321200 – “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta)” ta’lim yo‘nalishida hamda 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 15 dan ortiq bakalavriat talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilgan. Bundan tashqari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 5A321201 – “Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan magistrlarga maslahatchi bo‘lib kelgan.

2015-yil Xidirov Axror Abdujabborov “Paxtani qayta ishlash jarayonida changli havoni tozalashning tadqiqoti” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasiga  maslahatchi;

2016-yil Raximov Akbar Xolmurodovich “Paxtani qayta ishlash jarayonida chang havoni tozalashning samarali tizimini yaratish” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasiga maslahatchi;

2018-yil Ulug‘murodov Xamroz “Paxtani qayta ishlash jarayonidagi chang havoni tozalashda samarali resurs tejamkor texnologiyani yaratish” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasiga maslahatchi.

Jizzax politexnika instituti huzuridagi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash kotibi va shu kengash qoshida tashkil qilingan seminar a’zosi hisoblanadi.

Dissertatsiyasi himoyasidan keyingi o‘tgan davr mobaynida uslubiy qo‘llanmalar, ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha 8 ta dalolatnomalar, ilmiy jurnallarda 100 ta ilmiy maqolalar, shu jumladan xalqaro “Web of Science Core Collection” va “Scopus” ma’lumotlar bazasida indekslangan jurnallarda 14 ta, xorij nashrlarida – 15 ta, OAK  jurnallarida 31 ta maqolalar chop etgan. Respublika va xalqaro konferensiya ilmiy to‘plamlarda chop etilgan maqolalar 53 ta. Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va ishlanmalarning fundamental tadqiqotlar asosidagi amaliy dasturlar doirasida bajariladigan 2 ta davlat granti rahbari va 4 ta davlat grantida hisobotlarida mas’ul ishtirokchisi.