XOLBOYEVA NODIRA XABIBDJON QIZI
• Davlat va sohaviy mukofotlar: “Vafo va sadoqat uchun”medali (2023) hamda “Yuksak e'tirof” medali (2026) bilan taqdirlangan.
• Ta'lim va ilmiy faoliyat: Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Tibbiyot muhandisligi” yo'nalishi bo'yicha magistraturani a'lo baholarga tugatgan; Buxoro davlat texnika universitetida doktoranturaga (PhD) qabul qilingan.
• Xalqaro sertifikatlar va hamkorlik: Germaniya
Nodira Xolboyeva Xabibdjon qizi 1990-yil 4-noyabrda Farg‘ona shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1996–2005-yillarda Farg‘ona shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim olgan. 2005–2008-yillarda Farg‘ona pedagogika kollejida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan. 2010–2014-yillarda Farg‘ona politexnika institutining “Kimyo, oziq-ovqat texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni tamomlagan. 2015–2017-yillarda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 409-MTMda musiqa rahbari lavozimida ishlagan. 2017–2021-yillarda Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Uchtepa tuman bo‘limining Sanitariya-gigiyena laboratoriyasida mehnat gigiyenasi bo‘yicha vrach-laborant lavozimida faoliyat yuritgan. 2021–2023-yillarda Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Sanitariya-gigiyena laboratoriyasida mehnat gigiyenasi vrach-laboranti lavozimida ishlagan. 2022–2023-yillarda Toshkent shahar Tibbiyot xodimlarining kasbiy rivojlantirish markazida (Vrachlar malakasini oshirish institutida) Sanitariya-gigiyenik laborator tekshiruvlari mutaxassisligining ixtisoslik kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2024–2026-yillarda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tibbiyot muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani a’lo baholarga tugatgan. Magistratura davrida, 2025–2026-yillar mobaynida Germaniya va O‘zbekiston hamkorligi bo‘yicha xalqaro loyihalar hamda GIZ kompaniyasi rahbari Anne Christine Hanser tomonidan biotibbiyot muhandisligi hamda tibbiy-biologik apparatlar bo‘yicha 10 dan ziyod xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlangan. 2023-yilda “Vafo va sadoqat uchun” medali, 2026-yilda “Yuksak e’tirof” medali bilan taqdirlangan. 10 dan ziyod ilmiy va metodologik maqolalar muallifi hamda tibbiyotga oid xalqaro konferensiyalarda o‘zining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Uning ilmiy maqolalari nufuzli tibbiyot jurnallarida chop etilgan. “Yuksak e’tirof” respublika kitobida “Prospects for application of dna computing in robotic technologies in medicine” nomli ilmiy maqolasi chop etilgan. 2026-yilda Buxoro davlat texnika universitetining “Texnologik mashinalar, robotlar, mexatronika va robototexnika” yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturaga (PhD) o‘qishga kirgan. U tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar faoliyati bo‘yicha pedagog-tadqiqotchi. Uning bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qish va kitoblar yig‘ish alohida o‘rin egallaydi. U bolaligida musiqaga bo‘lgan qiziqishi sababli Farg‘ona shahridagi Mukarrama Turg‘unboyeva nomli musiqa maktabining ashula va dutor sinfida 2001–2005-yillarda o‘qib, faxrli guvohnoma bilan tugatgan va 2008-yilda Koreya Respublikasining Yongin shahrida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rik-tanlovda “Do‘ppi tikdim” milliy qo‘shig‘ini ijro etib, faxriy yorliq bilan taqdirlangan. Uning sevimli hayotiy shiorlari: 1) “Iqtidorli inson barcha sohada iqtidorli bo‘ladi” (Lion Feyxtvanger, nemis yozuvchisi); 2) “Insonda har narsa go‘zal bo‘lishi kerak: yuzi ham, kiyimi ham, qalbi ham” (A. P. Chexov, rus klassik yozuvchisi); 3) “Aql, yurak va irodani uyg‘unlashtira olgan ayol butun bir mamlakat taqdirini o‘zgartirishga qodir” (Shirin Ayubova, birinchi o‘zbek ayol akademigi); 4) “Kitobning ko‘rinishi yoki eskiligi emas, kitobning eng sifatli va qayta-qayta kerakligi muhimdir”