MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ZIYATOV MUSULMAN PANJIEVICH

ZIYATOV MUSULMAN PANJIEVICH

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti “Sug‘orish texnologiyalari” laboratoriyasi mudiri • Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim • Qishloq xo‘jaligi fidoyisi • Oilali 2 nafar farzandning otasi • 4 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya, 1 ta patent mahalliy va
Ziyatov Musulman Panjiyevich 1988-yilning 31-oktyabr sanasida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida xizmatchilar oilasida dunyoga kelgan. 1995-yildan 2006-yilgacha Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi 2-o‘rta maktabda tahsil olgan. Birinchi ustozi Hamrayeva Gulsara bo‘lib, o‘rta maktabda tahsil olish davrida ilmga bo‘lgan muhabbatini oshirib borganlar. O‘rta maktabni tamomlaganidan so‘ng, 2007-yilda Toshkent davlat agrar universitetining “Fermer xo‘jaligini boshqarish” fakultetiga o‘qishga kirib, 2011-yilda tamomlagan. 2012-yilda O‘simlikshunoslik “Paxtachilik” yo‘nalishiga magistraturaga o‘qishga kirib, muvaffaqiyatli bitirgan. Ziyatov Musulman Panjiyevich 2013-yilda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Sug‘orish texnologiyalari bo‘limi laboranti, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan. Hozirgi vaqtda Sug‘orish texnologiyalari laboratoriyasi mudiri bo‘lib ishlab kelmoqda. Ziyatov Musulman Panjiyevich ilmiy faoliyatini 2013-yilda ustozi professor A. S. Shamsiyev boshchiligida G‘o‘zani sug‘orish va oziqlantirishda suv va resurstejochi texnologiyalarni takomillashtirish Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlar sharoitida ilmiy ishlar olib borib, 2020-yilda qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2021-yilda 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim unvonini hamda 2025-yilda (DSc) qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Katta ilmiy xodim M. P. Ziyatovning ilmiy izlanishlari g‘o‘zani sug‘orishda suv va resurstejamkor texnologiyalarni samarali boshqarishning ilmiy asoslari bo‘yicha izlanishlarni o‘z ichiga oladi. Ilmiy izlanishlarida g‘o‘za parvarishlashda suv va resurstejochi texnologiyalarning samaradorligi va uni boshqarishning ilmiy asoslari takomillashtirilgan. Respublikaning (markaziy va janubiy mintaqalari) turli tuproq-iqlim sharoitlarida g‘o‘zani turli qator oralarida parvarishlashda, egatlab va egiluvchan quvurlar orqali hamda tomchilatib sug‘orish, tuproq yuzasini qora polietilen plyonka bilan mulchash kabi yuqori suv tejamkorlikni ta’minlashga qaratilgan kompleks agrotexnologik tadbirlarni chuqur tadqiq qilish, ularni qo‘llash hamda samarali boshqarish tatbiq etilgan.

Katta ilmiy xodim M. P. Ziyatov ish davri jarayonida respublikaning paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga hamda paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarining mas’ul xodimlariga g‘o‘zani sug‘orishda suv va resurstejamkor texnologiyalar bo‘yicha dala bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etib, o‘zining bor bilimlarini sarflab ilmiy-amaliy yordam berib kelmoqda. Bundan tashqari, M. Ziyatov O‘zbekiston Respublikasi olimlari tomonidan yaratilgan g‘o‘za navlarini xorijiy davlatlarda, jumladan Myanma, Afrika, Afg‘oniston, Tojikiston Respublikalarida экиsh va uni parvarishlash bo‘yicha izchil hissa qo‘shib kelmoqda. M. P. Ziyatov tomonidan so‘nggi o‘n yilda 6 ta davlat granti asosidagi ilmiy loyihalarda loyiha rahbari hamda mas’ul ijrochi bo‘lib ilmiy izlanishlar olib borgan. O‘zining qishloq xo‘jaligi fani borasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlari natijalari asosida 68 dan ortiq ilmiy ishi chop etilgan. Jumladan, 50 ta ilmiy maqola jurnallarda, shundan 10 tasi nufuzli xorijiy (Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston) jurnallarda, 3 ta monografiya, 5 ta qo‘llanma, 15 dan ortiq tavsiyanomalar nashr etilgan. M. Ziyatov “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi hisoblanadi.

Shu bilan birga, ko‘plab xorijiy va mahalliy jurnallarda sohaga oid ilmiy maqolalarni e’lon qilish bilan birga “Paxtachilik va donchilik”, Agro Biznes Inform jurnallarida hamda FINLANDIYA FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities tahririyati a’zosi sifatida ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Katta ilmiy xodim M. P. Ziyatov Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Sug‘orish texnologiyalari laboratoriyasi mudiri sifatida hamda shu institut huzuridagi ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.