MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

XASANOVA GULSANAM XUSANOVNA

XASANOVA GULSANAM XUSANOVNA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Xorijiy tillar maktabi Professori, Pedagogika fanlari doktori (DSc) • “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni sohibi. • 30 dan ortiq ilmiy maqola, 3 ta monografiya, 1 ta darslik 5 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. • 1 ta xalqaro
Xasanova Gulsanam Xusanovna 1982-yil 28-fevralda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida xizmatchilar oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. 1999-yilda Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 1-litsey internatini imtiyozli tamomlagan. 1999-2003-yillarda Andijon davlat tillar pedagogika instituti bakalavriat Ingliz tili yoʻnalishida davlat granti asosida tahsil olgan va muvaffaqiyatli tamomlagan. 2007-2009-yillarda Namangan davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligini davlat granti asosida tamomlagan. 2014-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi davlat boshqaruvi magistratura mutaxassisligini davlat granti asosida tamomlagan. 2017-2019-yillarda Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi boʻlgan. 2019-yil Namangan davlat universiteti huzuridagi kengashda 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2020-yil pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2022-yil Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi yoʻnalishi boʻyicha dotsentlik unvonini olgan. 2023-2025-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi boʻlgan. 2025-yil Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi kengashda 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 2026-yil 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan Oliy attestatsiya komissiyasining professorlik unvonini olgan. 2003-2006-yillarda Andijon viloyati Jalolquduq agrosanoat kasb-hunar kolleji ingliz tili fani o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2006–2010-yillarda Andijon davlat tillar pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyi ingliz tili fani o‘qituvchisi va xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2010–2024-yillarda Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-akademik litseyi ingliz tili fani o‘qituvchisi va xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2014-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi. 2017-2018-yillarda Andijon viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti Til va adabiyot ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2018-2019-yillarda Andijon davlat universiteti huzuridagi Andijon viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2019-2020-yillarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Medialingvistika kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2020-2025-yillarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2025-hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Xorijiy tillar maktabi professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. 2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. 2021-2022 yillarda Amerika Elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan kichik grantlar dasturi doirasida amalga oshirilgan SUZ80021GR3137 raqamli “Developing English writing skills at upper-intermediate level” xalqaro amaliy loyihasi rahbari va koordinatori. 2021-2022 yillarda IZ-202102272 raqamli "Bolalarning bilish jarayonlari va matematik tasavvurlarini rivojlantiruvchi “Aqlli bogʻcha elektron portalini yaratish” nomli innovatsion loyihada katta ilmiy xodim. 2023-2025-yillarda amalga oshirilgan AL-672205602 raqamli Ko‘zi ojizlar uchun “Spelling audio dictionary” audio qo‘llanmasini yaratish nomli amaliy loyihasi rahbari. 2025-yildan Ozarbayjon Respublikasi BZT-Turon Akademiyasi fahriy professori. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi hamda ish faoliyatida bir qancha yutuqlarga erishgan. Saylov qonunchiligiga doir mavzularda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, mahallar fuqarolar yig‘inlarida, korxona, tashkilot, muassasalarda, akademik-litseylar, talabalar turar joylarida turli dolzarb mavzularda suhbatlar o‘tkazgan. Ilmiy faoliyati bo‘yicha jami 70 dan ortiq ilmiy ish, jumladan 3 ta monografiya, 1 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar, nufuzli halqaro bazalarda indeksatsiyalangan jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Bir qator xalqaro-ilmiy anjumanlarda moderator sifatida ishlagan. So‘nggi yillarda ilmiy-pedagogik yo‘nalishda 20 ta xalqaro-ilmiy konferensiyalarda qatnashgan. 2019-yilda Latviyaning Lambert Akademik nashriyoti bilan hamkorlikda “Vocational education systems of Uzbekistan and Japan: a comparative analysis” nomli oʻquv qoʻllanmasi chop etildi. Xirsh indeksi -12. 2022-2024-yillarda 24-noyabrda O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti, Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning muammolari va istiqbollari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkilotchisi. Muntazam ravishda turdosh OTMdan yuborilgan risolalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va magistrlik dissertatsiyalarga taqriz va xulosalar berib boradi. Tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik imtihonlarida, maxsus va malakaviy imtihonlari komissiyalari faoliyatida faol ishtirok etib keladi. Bugungi kunda G.Xasanova ilmiy rahbarligida 6 nafar tadqiqotchilar doktorlik ishlarini tayyorlamoqda. 10 nafardan ortiq magistrlik dissertatsiyalari tayyorlangan. Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi. O‘z faoliyati davomida Respublika, viloyat hamda akademiya fakultetlarida o‘tkaziladigan intellektual o‘yinlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida ham ko‘pgina chiqishlari bilan ishtirok etib, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy jarayonlarga o‘z munosabatini bildirib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashadi, topshirilgan vazifalar ijrosini bajarishda mas’uliyatli hamda muammoli masalalarni hal etishda o‘zining mustaqil fikriga ega mutaxassisdir.